Yo’nalishi


Tijorat banklarida kreditga layoqatlilikni baholashning joriy xolati



Download 390,84 Kb.
bet5/7
Sana25.06.2022
Hajmi390,84 Kb.
#704694
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi

Tijorat banklarida kreditga layoqatlilikni baholashning joriy xolati.


Umuman har bir sohada, xoh u ijtimoiy xoh ilmiy bo‘lsin uning ajralmas qismalridan biri undagi ma’lum bir tushunchalarning klassifikatsiya qilinishidir. Chunonchi kreditlash va kredit berishdagi bir biridan farq qiluvchi yondashuvlar va metodlarning mavjudligi o‘laroq “kreditlash shakllari”, “kreditlash usullari” kabi kredit berish usullarini anglatuvchi tushunchalar shakllangan bank sohasida. Kredit turlari bilan kreditlash shakllarini adashtirib yubormaslik lozim. Kreditning turi deganda uning ma’lum belgilariga ko‘ra o‘ta aniqlikda shakllantirilgan tavsifi tushuniladi. Kreditning muddatiga ko‘ra, obyektiga ko‘ra, qaysi iqtisodiy tarmoqqa yo‘nalganligiga ko‘ra, ta’minlanganligiga ko‘ra va boshqa jihatlariga ko‘ra turlarini ajratish mumkin. Biz bularga to‘xtalmaymiz va kreditlash shakllarini tavsiflashga o‘tamiz
Tijorat banklarining faoliyatida kreditlashning quyidagi shakllari qo‘llaniladi:

  1. Mijozni alohida ssuda hisobraqamidan bir marotabali kreditlash shakli.

Ushbu shakl O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari faoliyatida keng qo‘llaniladigan kreditlash shakli hisoblanadi.
Kreditlashning ushbu shaklida mijozga kredit berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan keyin ssuda hisobraqami ochiladi va kredit bir marotabalik to‘lov shaklida mol yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchiga tashlab beriladi.
Kreditning maqsadlilik prinsipi mavjud bo‘lganligi sababli, kredit summasini kredit oluvchining joriy hisobraqamiga tashlab berishga ruxsat etilmaydi.
Mijozni alohida ssuda hisobraqamidan bir marotabali kreditlash shaklining asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat:12

  • kreditdan foydalanish samaradorligi ta’minlanmasligi mumkin, ya’ni mol yetkazib beruvchi tomonidan tovar o‘z vaqtida yetkazilmay qolishi mumkin, mijoz esa, kredit uchun foiz to‘layveradi;

  • berilgan kreditdan foydalanilishi ustidan nazorat qilishning iloji yo‘q. Chunki Kredit summasi to‘liq mol yetkazib beruvchining joriy hisob raqamiga tashlab beriladi.

  1. Mijozni kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash shakli.

Kreditlashning ushbu shaklida mijozga kreditlash limiti ajratiladi va


ushbu limitdan foydalanish davri belgilanadi. Shuningdek, kreditning foiz stavkasi va mijozdan undiriladigan bir marotabalik komission to‘lov stavkasi


belgilanadi.

Mijozdan qo‘shimcha ravishda undiriladigan komission to‘lov kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlashda tijorat banki uchun likvidlilik riskining mavjudligi bilan belgilanadi. Chunki, mijoz talab qilgan har qanday vaqtda bank kreditni chiqarib berishi shart.


Kredit liniyasining quyidagi turlari mavjud:



  1. qayta tiklanadigan kredit liniyasi (revolver kredit deb ham ataladi) ;




  1. qayta tiklanmaydigan kredit liniyasi;

V) bitimning ma’lum shartlariga asoslangan kredit liniyasi.


Iqtisodchi olim V.Usoskin o‘zining “Zamonaviy tijorat banki: operatsiyalari va boshqarish” nomli monografiyasida tijorat banklari kreditlash amaliyotining asosiy jihatlarini tadqiq qilgan. U tadqiqot natijalariga asoslangan holda, bir qator ilmiy xulosalarni shakllantirgan. Ana shunday muhim xulosalardan biri mijozni bank tomonidan kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash orqali kredit riski darajasini sezilarli darajada pasaytirish mumkinligidir13. Uning fikriga ko‘ra, kredit liniyasi orqali mijozni kreditlashda kompensatsion qoldiqdan foydalanish orqali mijozni nisbatan past foiz stavkasida kreditlash mumkin. Bu esa, kredit riskini kamayishiga, kreditni qaytish ehtimolini oshishiga olib keladi.


Tijorat banki va mijoz o‘rtasida tuzilgan bitimning ma’lum shart- lariga asoslangan kredit liniyasi, odatda, ma’lum davrda yetkazib berila- digan tovarlar haqini to‘lash hamda ma’lum davrda amalga oshiriladigan xarajatlarni moliyalashtirishda qo‘llaniladi.
Kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlash shakli bir qancha afzallliklarga ega, ular quyidagilar:

  • mijoz har safar kredit so‘rab bankka murojaat qilish zaruriyatidan xolos bo‘ladi;

  • ajratilgan kreditlash limitining faqat foydalanilgan qismi uchun foiz to‘lanadi;

- bank ma’lum davr mobaynida barqaror foizli daromad oladi;
- tijorat banki kreditlash shartnomalari shartlarining bajarilishi ustidan nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Agar kredit shartnomasi shartlarining mijoz tomonidan buzilishi yuz bersa, bank kredit liniyasini vaqtinchalik yopib qo‘yishi mumkin.
Bizning mamlakat bank amaliyotida xorijiy banklar kredit liniyalari orqali mijozlarga kredit ajratish tajribasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Kreditlashning keng tarqalgan shakllaridan yana biri overdraft krediti hisoblanadi. Kreditlashning overdraft shakli ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda (Angliya, Shotlandiya, Irlandiya, Uels, Kanada) yaxshi rivojlangan.
Overdraft krediti doimiy pul tushumiga ega bo‘lgan ishonchli mijozlarga beriladi va ular faoliyatida yuzaga keladigan qisqa muddatli pul mablag‘lari yetishmovchiligiga barham berish maqsadida beriladi.
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamini debetli qoldig‘i summasiga beriladi. Tijorat banki va mijoz o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga ko‘ra, mijozga bank tomonidan kreditlash limiti ajratiladi. Mijozning joriy hisobraqamida pul mablag‘larining yetishmaslik holati yuzaga kelganda, ya’ni debetli qoldiq hosil bo‘lganda, bank ajratilgan limit doirasida overdraft krediti ajratadi.14
Overdraft kreditida ssuda hisobraqami ochilmaydi. Kompyuter dasturi berilgan overdraft kreditini mijozlar toifasi bo‘yicha avtomatik ravishda hisobga oladi.
Overdraft krediti mijozning joriy hisobraqamiga pul kelib tushishi bilan avtomatik ravishda qoplanadi.
Overdraft kreditining foiz stavkasi muddatli kreditlaming foiz stavkasidan yuqori bo’ladi. Buning sababi shundaki, overdraft kreditlari ta’minlanmagan kreditlar bo’lib, ulaming risk darajasi nisbatan yuqoridir.
Overdraft kreditlarida garov ta’minotining mavjud emasligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:

  • kredit oluvchining joriy hisobraqamida qachon pul mablag‘lari yetishmasligini oldindan bilish qiyin;

  • kredit oluvchining joriy hisobraqamida qancha miqdorda pul mablag‘lari yetmay qolishini oldindan bilib bo‘lmaydi.

Bizning bank amaliyotimizda ushbu kreditlash shakli mavjud va u 2017-yil 10-iyunda Markaziy bank tomonidan tasdiqlangan “Jismoniy shaxslarga bank plastik kartochkasi orqali overdraft krediti berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan amalga oshiriladi. Ko‘rinib turganidek hozircha tijorat banklari overdraft kreditini faqat jismoniy shaxslarga taqdim etmoqdalar.
Kreditlashning yana bir shakli kontokorrent bo‘lib nemis tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda (Germaniya, Avstriya, Shveytsariya) yaxshi rivojlangan.15
Kreditlashning kontokorrent shaklida mijozning joriy hisobi yopiladi va uning o‘miga kontokorrent hisobraqami ochiladi.
Kredit olgan mijozning faoliyatidan keladigan barcha tushumlar kontokorrent hisobraqamining kreditida aks etadi, uning majburiyatlari yuzasidan barcha to‘lovlari kontokorrent hisobraqamining debetida aks etadi.
Kontokorrent kreditida mijozga kreditlash limiti ajratiladi kontokorrent hisobraqamining debetli qoldig‘i summasiga beriladi vakrediti kontokorrent hisobraqamiga pul mablag‘lari kelib tushishi bilan avtomatik ravishda qoplanadi.
Kontokorrent krediti kredit to‘lo‘viga layoqatliligi bo‘yicha birinchi toifaga mansub bo‘lgan mijozlarga garovsiz beriladi. Buning sababi shundaki, kontokorrent risk darajasi yuqori bo‘lgan kreditlash shakli hisoblanadi.
Kontokorrent kreditining debetli qoldig‘i uchun mijoz bankka, uning kreditli qoldig‘i uchun bank mijozga foiz to‘laydi. Bunda mijoz bankka kredit uchun foiz to‘laydi, bank esa. mijozga talab qilib olinadigan depozit hisobraqamlari qoldig‘iga to‘lanadigan foiz darajasida (0,5-1,0%) foiz to‘laydi.
Shunisi ahamiyatliki, kontokorrent krediti qaytarilmaydigan moliyalashga aylanib qolmasligi lozim. Shu sababli, kreditlashning ushbu shaklida kredit riskini chuqurlashishiga yo‘1 qo‘ymaslik maqsadida quyidagi choralar qo‘llaniladi:

  • mijozning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini 80-90 foizi o‘z kapitali hisobidan qoplanishi lozim;

  • kontokorrent krediti bo‘yicha qarzdorlikni keyingi oyga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Buning uchun mijozga har oyning so‘nggi ish kunida kontokorrent hisobarqamining kreditli qoldig‘ini ta’minlash sharti qo‘yilishi lozim.

Kontokorrent krediti odatda mijozning joriy ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga mo‘lljallangan. Ammo amaliyotda kontokorrent kreditidan uzoq muddatil investitsion loyihalar bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim xarajatlarni qisqa muddatli moliyalashtirishda ham foydalaniladi. Ushbu maqsadlarga berilgan kontokorrent krediti uzoq muddatli kredit berilishi bilan so‘ndiriladi.16
Mamlakatimiz bank amaliyotida kreditlashning kontokorrent shaklidan foydanilmaydi, shuning uchun huquqiy asosi ham mavjud emas.
Kreditlashning keng tarqalgan shakllaridan yana biri faktoring bo‘lib, bu kreditlash shaklida tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari tijorat banki tomonidan diskont stavkasi bo‘yicha regress huquqi bilan yoki regress huquqisiz mol yetkazib beruvchidan sotib olinadi.
Tovar hujjatlari yoki tijorat veksellari regress huquqi bo‘yicha sotib
olinganda, agar sotib oluvchi to‘lovga noqobil bo‘lib qolsa, tijorat bankida to‘lab berilgan summani mol yetkazib beravchidan undirish huquqi saqlanib qoladi. Ko‘rinib turganidek regress huquqi tijorat banklari manfaati uchun ayni muddao hisoblanadi va banklar uchun faktoring operatsiyalari riskini kamaytiradi. Regress huquqisizda esa buning aksi.
Faktoring mol yetkazib beruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarga bir qator afzalliklari mavjud, u lahzali likvidlilikni ta’minlaydi, ya’ni biror majburiyatni bajarish vaqti kelsayu, mablag‘ yetarli bo‘lmasa debitorlik qarzini sotish orqali muddatidan oldin mablag‘ni olish mumkin, va faktoring biznes faoliyatining uzliksizligini ta’minlaydi.17
Faktoring kreditlash shaklida kreditning foizidan tashqari, faktoring xizmati ko‘rsatganligi uchun mijozdan qo‘shimcha komission to‘lov undiriladi.
«Xalqaro faktoring to‘g‘risida»gi xalqaro konventsiyaga (UNIDRUA) asosan operatsiya faktoring operatsiyasi sifatida tan olinishi uchun quyidagi 4 talabdan kamida 2 tasi bajarilishi lozim:

  1. Qarz majburiyatlarini oldindan to‘lash shaklidagi kreditlashning mavjudligi.

  2. Mol yetkazib beruvchining buxgalteriya hisobini yuritish.




  1. Mol yetkazib beruvchining debitor qarzdorligini inkassatsiya qilish.

  2. Mol yetkazib beruvchini kredit riskidan sug‘artalashning mavjudligi.

Mamlakatimizda faktoring kreditining huquqiy asoslari yaratilgan ular: “Fuqarolik kodeksi”ning 313-323, 749-758 moddalari va Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligidan 2000-yil 3-avgustda 953-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi hududida tijorat banklari tomonidan faktoring operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomi hisoblanadi.


Kreditlashning yuqorida faktoring shakliga o‘xshash shakllaridan biri bu forfeyting hsoblanadi. Kreditlashning forfeyting shaklida uzatma tijorat veksellari, ya'ni trattalar tijorat banki tomonidan, diskont stavkasi bo‘yicha, mol yetkazib beruvchidan regress huquqisiz sotib olinadi. Forfeyting mol yetkazib beruvchini kreditlash shakli hisoblanadi.
Forfeyting kreditlari tijorat bankiga diskont stavkasi ko‘rinishida daromad keltiradi. Ammo forfeyting kreditlarining risk darajasi yuqoridir. Agar sotib oluvchi to‘lovga noqobil bo‘lib qolsa, zarar to‘liq tijorat bankining zimmasida qoladi. Chunki, tijorat bankida mol yetkazib beruvchidan toiovni undirish huquqi boimaydi. Shu sababli, sotib oluvchining to‘lovga qobilligini tahlil qilish va baholash kreditlashning forfeyting shaklidagi kredit riski darajasini pasaytirishning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi.18
Forfeyting kreditlari mol yetkazib beruvchilarning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi bank amaliyotida kreditlashning forfey- ting shakli mavjud emas. Buning asosiy sababi — trattalar muomalasining mavjud emasligidir.
Yirik investitsion loyihalar, ya‘ni umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihalarini kreditlashda bir necha yirik banklar ishtirok etishi mumkin. Bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash shakli esa sinditsiyalashtirilgan kredit deyiladi. Bunday yirik loyihani moliyalashtirish uchun ikki yoki undan ortiq banklar o‘rtasida o‘zaro kelishadi va bank sindikatini tashkil qilishadi. Sinditsiyalashtirilgan kreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta‘minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida kredit shartnoma bo‘yicha faqat yuridik shaxslarga beriladi.19
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari tomonidan sinditsiyali kreditlashni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2005-yil 16-iyuldagi 613-sonli “Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sinditsiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomasi asosida amalga oshiriladi. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005-yil 20-avgustda 1509-raqam bilan ro‘yxatga olingan.
Sinditsiyalashtirilgan kredit berish muddati, foiz stavkasi miqdori yirik investitsiya loyihalarining qoplanish muddatiga, tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga asosan kredit shartnomasida belgilanadi. Zarar bilan ishlaydigan, nolikvid bo‘lgan, samarasiz investitsiya loyihalarini taqdim qilgan mijozlarga sinditsiyalashtirilgan kreditlar berilmaydi.20 Bu kredit turiga amaliy jihatdan keying bobda batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz
Mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan keng qo‘llaniladigan kredit shakllari sifatida jismoiiy shaxslarga (iste'molchiga) uning iste'mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan iste’mol kreditini, (bu kreditning huquqiy asosi 2005-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonun hisoblanadi) ob’ekti ko‘chmas mulk hisoblangan ipoteka krediti (huquqiy asosi 2006-yil 28-iyunda qabul qilingan “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonun hisoblanadi) va oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt shartnomasi asosida tahsil oluvchi talabalarga taqdim etiluvchi ta’lim kreditini (Vazirlar Mahkamasining 2001-y 26-iyuldagi 318-sonli qaroriga muvofiq qabul qilinngan “Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish u chun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida”gi nizomiga asosan tartibga solinadi) aytish mumkin.

  1. Mijozni kreditga layoqatliligini baholashning xorij tajribasi.

Kreditlash borasida xorijiy amaliyot va tajribaga nazar tashlar ekanmiz, ko‘p mamlakatlarda xususan rivojlangan mamlakatlarda yoki yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ega mamlakatlarda kreditlash amaliyotining ancha rivojlanganligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan bir qator g‘arbiy yevropa mamlakatlari: Germaniya, Fransiya, va Buyuk Britaniyad - bozor iqtisodyoti va bank tizimi o‘ta rivojlangan davlatlarda so‘ngi yillarda banklar va boshqa moliyaviy institutlar tomonidan taqdim etilgan barcha kreditlarning umumiy miqdorining ular yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 150 % ni tashkil etadi, iqtisodiyoti qudratli Xitoyda bu ko‘rsatkich 200% dan ortiq, Yaponiyada 350%, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham yuqori – YaIM ga nisbatan 2 baravardan ortiqni tashkil etadi.21 (taqqoslash uchun - bizning mamlakatda bu ko‘rsatkich 2020-yil yakuni bo‘yicha 44% ga teng)22 Yuqoridagi ma’lumotlar bu mamlakatlarda kreditlsh amaliyotining anchayin kengligidan va rivojlanganligidan dalolat beradi.23
Jahonda keng qo‘llaniladigan kreditlash shakllaridan biri sifatida faktoringni ta’kidlash mumkin, bu kreditlash shakli jahon amaliyotida Tovar va xizmatlar yetkazib beruvchining pul mablag‘lari bilan taminlashda eng maqbul moliyaashtirish usullaridan biridir va muddati ham qisqaligi (asosan 90 kungacha) faktoring bilan shug‘ullanuvchi banklar va kompaniyalar uchun juda qulaylik tug‘diradi. Rivojlangan mamlakatlarda banklardan ham ko‘ra bu kreditni faktoring kompaniyalari ko‘plab taqdim etadilar, 2020 yilda 2.3 trln yevrodan ortiq, 2021 yili esa 2.4 trln yevrodan ortiq faktoring kreditlari ajratilgan.24




  1. rasm. Jahon faktoring bozorida mintaqalar ulushi 2021-y25


Mintaqalar borasida olib qaraydigan bo‘lsak faktoring Yevropada juda rivojlangan kreditlash shakli hisoblanadi (jahon faktoring bozorining qariyb 67% ulushi shu mintaqaga hissasiga to‘g‘ri keladi), keying o‘rinda esa Osiyo mintaqasini aytish mumkin (Osiyo minyaqasining jahon faktoring bozoridagi ulushi 24% ni tashkil etadi).26


Jahonda faktoring juda keng qo‘llaniladigan mamlakatlar sifatida Buyuk Britaniya (320 mlrd yevrodan ortiq yilik faktoring krediti summasi) va Xitoyni (yillik 300 mlrd yevrodan ortiq faktoring krediti summasi) misol qilib keltirish mumkin, chunki bu mamlakatlar so‘ngi yillarda faktoring kreditlari hajmi bo‘yicha o‘z mintaqalarida ham dunyoda ham yetakchilik qilmoqda. 2011-2014 yillarda Xitoy karvonboshilik qilgan bo‘lsa undan keyin Buyuk Britaniya Jahonda yetakchi bo‘lib turibdi. Xitoyda faktoring bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar juda ko‘p bo‘lib ularning soni 5600 tadan oshadi.

  1. rasm. Osiyo-okeaniya mintaqasi faktoring bozorida mamlakatlar ulushi27


Yuqorida berilgan diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinadiki eksport salohiyati jahondagi eng yuqori bo‘lgan davlat Xitoy Osiyo qit’asidagi jami faktoringning yarmidan ko‘pini amalga oshiradi. Buyuk Britaniya esa Yevropada amalga oshiriladigan Faktoring kreditlarining qariyb 20% dan ortiq qismini o‘zida jamlaydi, bu borada Fransiya va Germaniya davlatlari undan keyingi o‘rinlarni band etadi bu mamlakatlarda ham bu kredit turi keng qo‘llaniladi. Jahon amaliyotida overdraft kreditlash shakliga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu kreditlash turning ingliz tilida gaplashuvchi mamlaktlarda keng tarqalganini kuzatamiz. Xususan Buyuk Britaniya banklari tomonidan bu kreditlash turi keng qo‘llaniladi. Britaniya banklari overdraft kreditlari uchun foiz stavkalarini har xil belgilaydilar, albatta, bu pul bozoridagi holat raqobatchi banklar stavkalari va boshqa juda ko‘plab omillarni hisobga olgan holda belgilanadi. Umumiy olib qaraganda overdraft kreditlarining Birlashgan Qirollik banklari tomonidan 12 foizdan tortib to 20 foizgacha bo‘lgan oraliqda taqdim etiladi, banklar foizdan tashqari har oy ma’lum miqdorda mijozdan badal ham undirishi mumkin. Buyuk britaniyada yiliga 13 millionga yaqin jismoniy shaxslar bu kreditlash turiga murojaat etadi, ularning 2 million nafari esa doimiy ravishda, ya’ni yil davomida bu kreditdan foydalanadi va banklarning ulardan oladigan foydasi o‘rtacha 1.3 milliard funt sterlingni tashkil etadi.28 Overdraft krediti britaniyada yaxshi rivojlangani bilan, jismoniy shaxslar kredit kartalardan nisbatan ancha ko‘p foydalanishadi deyarli uch - to‘rt barobar ko‘proq.



  1. rasm. Buyuk Britaniya bank kreditlarining turlar bo‘yicha ulushi29


Mamlakatdagi yirik banklar overdraft kreditlari berishda yetakchi hisoblanadi va ular tomonidan berilgan bunday kreditlar miqdori so‘ngi yillarda 8 milliard funt sterlingga teng va umumiy jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar tarkibida tutgan ulushi deyarli 7-8% ga teng.30


Yaponiya tijorat banklari kreditlash amaliyotiga nazar tashlar ekanmiz yuqorida berilgan diagrammalardan ma’lumki faktoring kreditlari berish bo‘yicha bu mamlakat Osiyoda Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi va yiliga 50 milliard yevroga yaqin faktoring kreditlari taqdim etiladi bu mamlakatda, faraz qilish uchun - bu summa yevroning so‘mga nisbatan kursi bo‘yicha oladigan
bo‘lsak, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidan ikki barobar ko‘p deganidir, bu esa mamlakatda kreditlash amaliyoti kengligidan belgi beradi
Yaponiyada veksellar muomalasi ha rivojlanganligi bois veksellar garovi ostidagi, veksellarni qayta hisobga olgan holda amalga oshiriladigan kredit shakllari yaxshi rivojlangan. Overdraft kreditlari ham keng tarqalgan kreditlash usullaridan hisoblanadi.31

Download 390,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish