Yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta’limning mavjud davlat standartlariga va ishchi o‘quv dasturlariga mos keladi


Mavzu:YArim o‘tkazgichli diod xarakteristikasini tekshirish



Download 2,46 Mb.
bet2/27
Sana03.02.2022
Hajmi2,46 Mb.
#427898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Электроникадан (Lotincha)

Mavzu:YArim o‘tkazgichli diod xarakteristikasini tekshirish


Ishning maqsadi: YArim o‘tkazgichli diod (YAD) asosiy xarakteristikalarini hamda ularga tashqi muhit temperaturasining ta’sirini tekshirish.


1. Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik:
YAD – n va r turli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan ikkita yarim o‘tkazgichlar kontaktidan iborat bo‘lgan hamda bir tomonlama o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan elektron asbob. YAD VAXsi 1.1-rasmda keltirilgan. Bu erda 1- nazariy xarakteristika, 2- real asbob xarakteristikasi (bu xarakteristika YADning yarim o‘tkazgich strukturasidagi hajmiy qarshilikni va tashqi kontaklar qarshiligini, YADdan tok oqib o‘tganda undan ajralib chiqayotgan qo‘shimcha issiqlikni va x.z.larni hisobga oladi).

1.1 – rasm VAX si

1.2. Real yarim o‘tkazgichli diod VAXsi 1.1- rasmda keltirilgan. Punktir chiziq bilan quyidagi tenglamaga mos keluvchi ideal VAX ko‘rsatilgan:




(1.1)
T=300 K da UT=26 mV.

Xarakteristikalar yarim o‘tkazgichli diod asosiy xossalarini namoyon etadi. Ochiq holatda yarim o‘tkazgichli dioddan ma’lum miqdorda to‘g‘ri tok ( ) oqib o‘tadi; bu holat yarim o‘tkazgichli diodga to‘g‘ri kuchlanish berish natijasida ta’minlanadi:





Berk holatda yarim o‘tkazgichli dioddan juda kichik teskari tok ( ) oqib o‘tadi. Bu tokning qiymati germaniyli diodlarda 10-5 – 10-6A, kremniyli diodlarda esa 10-9 – 10-12A tartibga ega. YArim o‘tkazgichli diodning berk holati unga teskari kuchlanish berish natitijasida amalga oshiriladi:



1.1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, real yarim o‘tkazgichli diod VAXsining to‘g‘ri shohobchasi nazariy xarakteristikaga nisbatan bo‘sag‘aviy kuchlanish qiymati bilan ifodalanadigan sezilarli to‘g‘ri tok yuzaga keladigan ancha yuqori to‘g‘ri kuchlanish sohasiga siljigan. Germaniyli diodlarda V, kremniyli diodlarda - V. bo‘lganda VAX to‘g‘ri shohobchasining egilishi diod baza sohasining qarshiligi bilan aniqlanadi.


YArim o‘tkazgichli diod VAXsiga tashqi muhit temperaturasining ta’siri 1.2-rasm bilan tushuntiriladi. Temperatura ortganda to‘g‘ri va teskari tok ortadi.



1.2 - rasm yarim o‘tkazgichli diod VAXsiga tashqi muhit temperaturasiga bogligligi


YArim o‘tkazgichli diodga temperatura ta’sirini hisobga oladigan asosiy parametrlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:


Kuchlanishning temperaturaviy koeffitsinti αt




(1.2)

va teskari tokni e martaga o‘zgarishiga mos keluvchi temperatura t* :




(1.3)

2. Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:


2.1. Laboratoriya ishini bajarishdan avval sxema (1.3-rasm), o‘lchash usullari, qo‘llaniladigan o‘lchov asboblari bilan tanishib chiqish kerak.
2.2. YArim o‘tkazgichli diod VAXsining to‘g‘ri shohobchasi ni o‘lchang (1.1-rasm). Tajribani ikki turdagi - germaniyli va kremniyli diodlar uchun bajaring.



1.3-rasm. Laboratoriya ishini bajarish qurilmasi sxemasi.

Tajriba bajarish uchun tavsiyalar:


YArim o‘tkazgichli diod to‘g‘ri toki ( ) kuchlanishga kuchli ravishda bog‘liq (1.1- rasm) bo‘gani sababli tokni cheklash uchun yarim o‘tkazgichli diodga ketma – ket chegaralovchi qarshilik R=560 Om ulash kerak (1.3- rasm). YArim o‘tkazgichli diod VAXsini amalda o‘lchash qulay, buning uchun diodga kerakli tok qiymatini berib borib, unga mos keladigan kuchlanish qiymat yozib boriladi.
Tajriba vaqtida bo‘sag‘aviy kuchlanish qiymati ni ( bo‘lganda) yozib olish kerak.
O‘lchash natijalarini jadvalga yozib oling va olingan bog‘liqlik grafigini chizing.
2.3. YArim o‘tkazgichli diod VAXsining teskari shohobchasini germaniyli diod uchun o‘lchang (1.1- rasm).
YArim o‘tkazgichli diod teskari toki ( ) kuchlanishga kuchli bog‘liq bo‘lmaydi (1.1- rasm), shuning uchun VAXning teskari shohobchasini kuchlanish qiymati 0 dan qiymatgacha oraliqda o‘lchash maqsadga muvofiq. Bu kuchlanish qiymatlariga mos keluvchi tokni o‘lchash vaqtida, dan V oralig‘idagina tok kuchli ravishda o‘zgarishini inobatga olish kerak.



Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish