Imperiyaning yuksalishi. XVI asr boshlarida butun imperiya vilo-yatga, viloyatlar esa sanjoq (tuman)larga bo‘lingan edi. Viloyatlarni vali, sanjoqlarni esa sanjoqbey boshqarardi. Imperiyaning asosiy tayanchi uning qo‘shini edi.
Imperiya bosib olgan hududlardagi dehqonchilik yerlari davlat mulki deb e'lon qilindi. Sulton bu yerlarni o‘z sipohiy (otliq as-kar)lariga harbiy majburiyat evaziga taqsimlab berdi. Ularning miq-dori har xil edi. Sipohiylar shu tariqa o‘z xo‘jaliklariga ega bo‘ldilar. Ular o‘z yerlarini dehqonlarga ijaraga berar edi. Ayni paytda harbiy harakatlardaqatnashish sipohiylar zimmasiga, zarurat tug‘ilganda sul-ton farmonini ijro etish esa sanjoqbeylarga yuklatilgan. Shuningdek, ular o‘z yeridan oladigan daromadi miqdoriga mos ravishda qurolli askarlar ham olib kelishi shart edi. Sipohiy xo‘jaligining daromadini ijarachi dehqondan olinadigan soliq tashkil etardi. Bundan tashqari, imperiyaning muntazam piyoda qo‘shini — yanicharlar (yangi qo‘shin), shuningdek, kuchli harbiy dengiz floti ham bor edi. Bu omillar XVI asrda ham Usmoniylar imperiyasiga keng ko‘lamda bosqinchilik urushlari olib borish imkonini berdi.
Bu davrda Eron imperiyaning Osiyodagi eng yirik raqibiga aylangan edi. Sulton Salim I 1514-yili Eron shohi Ismoil Safaviy qo‘shinini tor-mor etdi. Bu g‘alaba sultonning Eron shohi ittifoqchisi bo‘lgan Misr sultonligiga qarshi yurish boshlashiga yo‘l ochdi. Sulton Salim I dastlab Suriya va Falastinni bosib oldi.4 1517-yili esa Misr poytaxti Qohira shahri egallandi.
Imperiya nafaqat Osiyo va Yevropada, hat-to Afrikada ham mustamlakalarga ega bo‘ldi. Imperiya hududining kengayishi yirik savdo yo‘llarining ham Turkiya nazorati ostiga o‘ti-shiga olib keldi. Bu omillar imperiya markaziy hokimiyatining hamda harbiy qudratining yanada kuchayishini ta'minladi. Oqibatda, Turkiyaning savdo yo‘nalishidagi xalqaro nu-fuzi Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlari o‘rtasida yanada ortdi.
1.2. Fan, madaniyat va san’at.
Fan, madaniyat va san'at. XVII asrdan Yevropaning ilg‘or g‘oyalari ta'siri ostida yirik shaharlar, asosan, poytaxt Istanbulda dunyoviy fan-larni rivojlantirishga harakat boshlanadi. Bu davrda buyuk turk olimi Koshib Chalabiy, matematika va astronomiya sohasida Xizr Xalifa Tabariy, Mulla Mehmet Chalabiy, Mustafo Koshipzoda kabi olimlar unumli faoliyat olib bordi.
Shu davrda turk adabiyotida ham o‘ziga xos faollik kuzatildi, yirik asarlar yaratildi. Shulardan Avliyo Chalabiyning «Sayohatnoma» asari tarixiy-etnografik manba sifatida alohida ahamiyatga ega.
Me'morchilikda ham XVII asr oxiri — XVIII asr boshlarida tushu-narsiz, milliylikdan ancha yiroq bo‘lgan qorishiq uslublar yaratildi. Vaholanki, XV—XVII asrlarda turk me'morlari buyuk tarixiy obida-larni yaratishgan edi. Ayniqsa, XVI asrning buyuk me'mori Sinon o‘zining betakror binolari bilan turk me'morchiligi rivojiga katta hissa qo‘shdi.
XVII asr turk me'morchiligining ajoyib namunalari sifatida sul-tonning To‘pqopi saroyidagi Bag‘dod va Ravon ko‘shklarini ham aytib o‘tish lozim. Bu davrda naqqoshlik va miniatura san'ati ham yaxshi rivojlandi. Naqqoshlikda bezak vositasi sifatida, asosan, miniatura rasmlaridan va yozuvlardan foydalanilar edi.
Yevropa madaniyatining ta'siriga qaramasdan, Yangi davrda turk madaniyati, asosan, milliylik va o‘ziga xoslikni saqlab qola oldi. Ammo imperiyada boshlangan siyosiy va iqtisodiy inqiroz madaniyat rivojiga ham ta'sir etmasdan qolmadi. Xullas, O‘rta asrlarning qudratli imperiyasi bo‘lgan Usmoniylar davlati Yangi davrga kelib, keng miqyosli inqirozni boshidan ke-chirdi. Bir qator islohotlarni amalga oshirish uchun bo‘lgan uri-nishlarga qaramasdan, mamlakat G‘arb davlatlarining yarimmus-tamlakasiga aylanib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |