Qonunchilik texnikasi-huquq ijodkorligining muhim nazariy-amaliy masalalaridan biri hisoblanib,qonunchilik faoliyatining sifatli bo’lishi,samaradorligi va bartaraf tashkillashtirilishi ko’p jihatdan unga bog’liq.11
Qonunchilik texnikasining muhim ahamiyatga molik jihatlaridan yana biri qonunning tili,ifoda uslubi masalasidir.Qonunchilik tili-davlat hokimiyati o’z fuqarolari bilan aloqa bog’laydigan rasmiy tildir.Aynan til vositasida davlatning irodasi,u yuritayotgan siyosatning mazmuni va mohiyati xalqqa yetkaziladi.12
5.O’zbekistonda qonun ijodkorligi jarayonining o’ziga xos xususiyatlari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Oly Majlis palatalarining qo’shma majlisida ta’kidlaganlaridek,o’tgan davrda qonun ijodkorligi jarayoni kengaygani va murakkablashgani normativ-huquqiy hujjatlarning asoslanganligiga va sifatiga nisbatan talablar sezilarli darajada oshgani bu sohada qonuniylikni ta’minlashning yangi va yanada samarali mexanizmlarini yaratishni,qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning qonunlarga,sotsial-iqtisodiy,ijtimoiy-siyosiy oslohotlar ehtiyojlariga mos bo’lishini taqozo etmoqda.Istiqlol yillarida qonunchilik hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish,parlament mustaqilligini ta’minlash,uni erkin va demokratik davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko’lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.13
Xulosa
Prezidentimiz I.Karimov tashabbusi bilan mamlakatimizda parlament islohotlari o’tkazildi.2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to’g’risida”gi va “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to’g’risida”gi konstitutsiyaviy qonunlar ikki palatali parlamentning,ya’ni yuqori hududiy vakillik palatasi-Senat va professional,doimiy faoliyat ko’rsatuvchi palata-Qonunchilik palatasidan iborat qonunchilik organi shakllantirilishiga olib keldi.Mazkur islohotlar pirovardida davlat va jamiyat uchun muhim bo’lgan qonunlarga markaz va hududlar manfaatlarining uyg’unligiga erishish,ularning sifatini takomillashishiga va ishlash samaradorligini oshirish ko’zda tutildi.Ikki palatali parlamentning tashkil topishi demokratik rivojlanishning muhim omili sifatida keng jamoatchilik e’tibor va e’tirofiga sazovor voqea bo’ldi.Parlament palatalarining ixtisoslashgani natijasida qonun ijodkorligi jarayonining yangi darajaga ko’tarilishiga turtki bo’ldi.Mustaqil rivojlanish davrida mamlakatimizda 700 dan ortiq qonunlar qabul qilindi.Agarda raqamlarga nazar tashlaydigan bo’lsak,mustaqillik kunidan boshlab ikki palatali parlament shakllanishiga qadar,ya’ni 400 dan ortiq qonunlar qabul qilingan bo’lsa,ikki palatali parlament davrida 300 ga yaqin qonunlar qabul qilindi.2006-yili 11-oktabrdagi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to’g’risida”gi Qonunning kuchga kirishi qonun ijodkorligi faoliyati mexanizmining asosiy qismini bir aktda mujassam etib,endi bir-ikkita normativ aktlar bilan amalga oshirilmoqda.Lekin bu yutuqlar bilan cheklanmaslik kerakliligi Konsepsiyada o’z aksini topgan tashabbus,ya’ni davlat va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega. “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi bugungi kundagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning rivojlanishini taqozo etmoqda.Yurtboshimizning 12.11.2010.dagi Konsepsiyada ishonch bildirganlaridek,O’zbekistonni isloh etish va modernizatsiya qilish borasida qariyb 20 yil oldin boshlagan jarayonni davom ettirish bo’yicha Oliy Majlis tomonidan uzoq muddatli aniq harakat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun asos bo’ldi.Mazkur dastur albatta sifatli va samarali qonun ijodkorligi yordamida amalga oshiriladi. “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to’g’risida”gi Qonunida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonunlar loyihalarini tayyorlash sohasidagi vakolati belgilangan.Mazkur qonunga binoan Adliya vazirligi o’z vakolati doirasida, qonun ijodkorligi va huquqning qo’llanilish amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati olib borilishini,qonun ijodkorligi faoliyatining takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlarini ishlab chiqishni,ularning amalga oshirilishini ta’minlashi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga binoan va o’z tashabbusi bilan qonunlar loyihalarini ishlab chiqishi hamda ko’rib chiqish uchun belgilangan atrtibda kiritishi,davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonun loyihalarini tayyorlash masalalari bo’yicha takliflarini ko’rib chiqish va umumlashtirish,qonunlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o’tkazishi,ularning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,shuningdek,qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi to’g’risida xulosa berishi,qonun hujjatlarini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqlashtirish to’g’risida huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini ta’minlash to’g’risida takliflar ishlab chiqishi,qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflarini tahlil qilishi va umumlashtirishi hamda ularni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ko’rib chiqish uchun kiritishi,qonun jihatlarini kodifikatsiyalash ishlarini amalga oshirishi,qonunlar loyihalarini tayyorlash zaruratiga oid masalalarni davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari bilan oldindan kelishib olishi belgilangan.Yuqoridagilardan xulosa chiqarilsa,Konsepsiyada ilg’or surilgan vazifalarni amalga oshirilishi mamlakatimizda qonun ijodkorligining mukammal bo’lishi bilan chambarchas bog’liq bo’lib,unda Adliya vazirligiga mazkur sohada yuqori mas’uliyat yuklangan.
Farobiyning:qonun yaratish eng mashaqqatli ish bo’lib,qonuт yaratuvchidan yuksak ilm va san’at talab qiladi”-degan fikrini nazarda tutish lozim.14
Qonun zamonda amal qiladi.Umumiy qoidaga ko’ra,qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega emas.O’zbekistonda jinoyat yoki ma’muriy javobgarlikni yengillashtirish bilan qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega. O’zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonun yoki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-avgustidagi farmoniga muvofiq 2008-yil 1-yanvardan o’lim jazonining bekor qilinishi jinoyatchilarga nisbatan insonparvarlik tamoyillariga muvofiqlashtirib yengillashtirilganining yaqqol isboti hisoblanadi.Qonunlar butun mamlakat hududida amal qiladi.
Qonun hujjatlari shaxslararo doirada amal qiladi,ya’ni qonunlar muayyan hududdagi barcha fuqarolar,chet el fuqarolari,fuqaroligi bo’lmagan shaxslar,yuridik shaxslar,davlat organlari,korxonalar,tashkilotlar va muassasalar uchun majburiydirlar.Ayrim fuqarolarga tegishli bo’lgan qonunlar ham bor. “Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi qonun faqat O’zbekiston fuqarolariga tegishli. O’zbekiston Respublikasida referendumda faqat O’zbekiston Respublikasi fuqarolari qatnashish huquqiga ega.O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy mamlakatlar diplomatiya va konsulligi elchixonalariga amal qilmaydi.Ular xalqaro huquq normalariga amal qiladi.Yuqorida ko’rib chiqqan fikr-mulohazalarimiz ikki palatali Oliy Majlis sharoitida qonun ijodkorligi jarayoni to’g’risidagi tartib qoidalarini kengroq tushunib olishimizga yordam beradi degan xulosa chiqarishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |