4.3-rasm. 2-GMZ oltin quyish tsexi. 2- GMZ da kombinat oltin qazish bo‘linmalaridan keltiriladigan yarim
tayyor mahsulotdan oltinni affinajlash amalga oshiriladi.
4.4-rasm. 2-GMZ 2009
yilda
London
Quymalar
Bozori
Assosiasiyasi
tomonidan
o‘tkaziladigan monitoring natijalariga ko‘ra Muruntov oltiniga “Optimal yetkazib
berish” maqomi berildi. Oltin quymalaridagi O‘zbekistonning tovar belgisi yuqori
sifatli mahsulotni ifodalovchi sifatida butun dunyoda tan olinadi.
Uran ma’dan bazasining kamayishi bilan bog‘liq holda, 1994 yilda 1-GMZ
da ma’danni qayta ishlash sxemasi uranli ma’danlarni qayta ishlashdan tarkibida
oltin mavjud ma’danlarni qayta ishlashga o‘zgartirildi, yarim mahsulotli oltin
ishlab chiqarish boshlandi. Texnik qayta jihozlash va amaldagi texnologik