I.Karimovning
PQ №1958
sonli qarori O’zbekistonda meliorativ tizimni yanada takomillashtirish va suv
resurslaridan mukammal foydalanish to’g’risida qarori qabul qilingan. U 2007 yil
oktabr oyida imzolangan
Prezident
farmonining (PF №3932) mantiqiy davomi
sifatida bajarilmoqda. Bularning asosida O’zbekiston aholisining avvalo oziq –
ovqat va umuman iqtisodiy-ijtimoiy muhofazasi ko’zda tutilgan.
Agrar sohaning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishda quyidagilarni
hisobga olish kerak: mavjud yer–suv resurslaridan samarali foydalanish;
qishloqning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish; qishloq
joylarida jadal sur’atlar bilan o’sib kelayotgan mehnat resurslarining bandligini
oqilona tarzda ta’minlash; tashqi bozorga chiqish maqsadida ishlab chiqariladigan
qishloq xo’jalik mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish; fan-texnika
yutuqlarini keng joriy qilish; qishloq xo’jalik maxsulotlari ishlab
chiqaruvchilarga bozor iqtisodiyoti talablari doirasida ishlash ko’nikmalarini va
mulkdorlarni haqiqiy sinfini shakllantirish; agrar sohaning iqtisodiy salohiyatini
kengaytirish kabi masalalar bayon etilgandir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakatni ijtimoiy
iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni
chuqurlashtirishning
ustivor
yo’nalishlariga
bag’ishlangan
majlislarida
mamlakatimiz Prezidenti
Islom Karimov
qishloq va suv xo’jaligi vazirligi,
xo’jaliklar sohaga yetarli e’tibor bermayotganliklarini ta’kidlab, hozirgi paytda
mamlakatimizda 50 foizga yaqin sug’oriladigan yerlarning meliorativ holati
yaxshilanishga muhtojligini, bunga e’tibor qaratilmasa, kelajakda bu yerlarning
unumdorligi keskin pasayishini ko’rsatib o’tdilar. Ushbu masalaga javoban,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «qishloq xo’jaligida islohotlarni
chuqurlashtirishning eng muhim yo’nalishlari to’g’risida»gi farmoniga asoslanib
zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish va ularni qishloq xo’jaligiga
joriy etish va yer unumdorligini oshirish kabi konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda.
So’nggi ma’lumotlarga e’tibor berilsa sug’oriladigan yerlarning 62,7 % dan
ko’prog’i sho’rlanganligini kuzatiladi.
Demak yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni yerlarning meliorativ holatini
yaxshilamasdan amalga oshirish mumkin emas. Bunday ishlarni amalga oshirish
melioratsiya va qurilishda qo’llanilayotgan mashina va mexanizmlar tizimini
boshqarishni avtomatlashtirish, ularga texnik xizmat ko’rsatish, hamda ishlatish
oliy toifali yetuk mutaxasis kadrlarni talab etadi. Bunga esa melioratsiya tizimida
va qurilishda qo’llanilayotgan mashina va mexanizmlarni puxta bilish, ulardan
maqsadli va samarali foydalanish, kadrlar malakasini oshirish, mashinalar texnik
darajasini yaxshilash orqali erishish mumkin. Hozirda va kelgusida oliy o’quv
yurtlarining roli ortmoqda va ortib boradi. Chunki ular halq xo’jaligining barcha
tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar, ilmiy–tadqiqot institutlari uchun
mutaxassis tayyorlash bilan birga, ilm-fanning hamma jabhalarida yirik
tadqiqotlarni amalga oshirmoqdalar.Ushbu sohadagi ijodiy – ilmiy ishlarni har
tomonlama sermahsul qilish uchun talabalarni oliy maktab xayotiga tezroq
odatlantirish, oliy maktab mezonlarini o’zlashtirib va uning sirlarini mukammal
bilib olish kabilarni to’laroq amalga oshirish maqsadida “Yo’nalishga kirish” fani
o’quv jarayoniga kiritilgan.
Odamlarning sihat-salomadligi mamlakat iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir
ko’rsatadigan faktor hisoblanadi. Uning asosida ijtimoiy-iqtisodiy muhofaza
masalalari turadi. Ular xaqidagi umumiy tushunchalarni mazkur fan o’rgatadi.
Shular bilan birgalikda o’quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, vaqtdan unumli
foydalanish, mustaqil ishlashga o’rganish, kitob o’qish usullaridan samarali
foydalanish, aqliy mehnat gigiyenasi va madaniyati, ilmiy tadqiqot ishlarining
bajarishni bilib olish, o’qitish jarayonini asosiy shakllarini nimalar tashkil etishi,
o’quv mehnati va turmush nafosati, materiallarni o’zlashtirish mezonlari, talabalar
bilimini baholashda reyting tizimi va test usullarining mazmuni kabi muhim
masalalar “Yo’nalishga kirish” fani orqali o’rganiladi. Kitobning ayrim
mavzularini tayyorlashda ТIMI ХFХ kafedra o’qituvchilaridan dotsent
S.Gazinazarova (3.4;1.6), dotsent G.Abdiyeva (2.1) va katta o’qituvchi
E.Ibragimovlar (3.6) ishtirok etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |