Nazorat savollari:
1. Fakultetda o’quv, ilmiy va tarbiyaviy ishlarini olib bouvchi bo’g’in?
2. Kafedrani asosiy vazifasi nimadan iborat?
3. Тalabalarning kursdan kursga o’tkazish tug’risida buyruqlarni kim tayorlaydi?
4. Oliy ta’lim muassasisida qo’llaniladigan umumiy qonuniyatlar nimadan
iborat?
5.Institutda o’quv ishlari bo’yicha 1-prorektor kim va qanday ishlarga rahbarlik
qiladi?
6. Тo’garaklar qayerda tashkil etilgan?
7. Kafedrada kadrlar masalasi bilan kim shug’illanadi?
8. O’quv ishlarini (institutda) to’g’ri tashkil etilishi bo’yicha kim mas’ul
hisoblanadi?
5 Davlat ta’lim standartlari
Kalit so’zlar: standart, ta’lim standarti, yo’nalish, ta’lim standarti, yo’nalish, kadr,
talab, fan, fan bloki, tarkib, ko’nikma, tasavvur, nazorat, amaliyot, ishlab
chiqarish, o’quv reja, bakalavriat, xayot faoliyati.
O’zbekiston Respublikasining “Тa’lim to’g’risida”gi qonunining 7-moddasi
quyidagicha keltirilgan: Davlat ta’lim standatlari (DТS) umumiy o’rta, o’rta
maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan
talablarni
belgilaydi.
Davlat
ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston
Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari – ta’limning bakalavriat muayyan
yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligiga qo’yiladigan malaka talablari, ta’lim
mazmuni, bakalavr yoki magistr tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasini,
kadrlar tayyorlash sifatini baholash darajalarini belgilaydigan etalon darajasidir.
Oliy ta’limning DТS o’quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, kadrlar,
darslik va o’quv qo’llanmalari tayyorlash sifatini baholashni tartibga soluvchi
tegishli normativ hujjatlar (bakalavriyat ta’lim yo’nalishlari va magistratura
mutaxasisliklari uchun Davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari, o’quv fanlari
dasturi va boshqalar) yaratish uchun asos hisoblanadi.
Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga kadrlar tayyorlash milliy dasturi
bosqichlarini amalga oshirish jarayonida, shuningdek mamlakat ijtimoiy–iqtisodiy
taraqqiyotining istiqbollari, jamiyat ehtiyoji, fan, texnika, texnologiya va mehnat
yutuqlari, kadrlar tayyorlash borasida jahon tendensiyalaridan kelib chiqqan holda
tuzatishlar va qo’shimchalar kiritilishi mumkin.
Muayyan bakalavriat yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligi davlat ta’lim
standarti quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
- zarvaraq (titul);
- mundarija;
- bakalavriat yo’nalishi yoki magistratura mutaxassisligining umumiy
tasnifi;
- bakalavr yoki magistr tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar;
- ta’lim dasturi mazmuni va komponentlari;
- kadrlar tayyorlash sifatini baholash.
O’qish jarayoni tashkiliy va uslubiy shakllardangina iborat bo’lib qolmasdan, u
keng va ko’p qirralidir: o’quv rejalari, o’quv dasturlari, dars jadvallari, nazorat
sinovlari, maslahatlar, turli xil tajriba va boshqa shu kabilarni ham qamrab oladi.
Uning har bir bo’lagi o’z mazmuni va yo’nalishiga egadir.
Hozirgi vaqtda oliy ta’lim oldida shakl va mazmunni birga qo’shib borishning
samarali yo’llarini izlab topish va uni o’qish jarayoniga joriy qilish vazifasi turibdi.
Ana shunday imkoniyatlardan biri o’qitish jarayonini ilmiy asosda tashkil etishdan
iborat bo’lib, u g’oyaviy jihatdan mustahkam fikr yurita oladigan yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlab yetkazish uchun xizmat qilishi lozim.
O’quv rejasi davlat hujjati bo’lib, o’quv ishlari tartibi, mazmuni, shakllari
(turlari)ni aniq belgilab berishda, shuningdek, talabalarning bilimini nazorat qilish
hamda baholashda alohida ahamiyatga egadir. O’quv rejalari davlat ta’lim
standartlari asosida tuziladi. O’quv rejasida nazariy va amaliy, ta’tillar, malakaviy
amaliyotlar, BMI (bitiruv malakaviy ish)lar, davlat atestatsiyasi va ta’til
jarayonlarni olib borish va o’tkazishning muddatlari aniq ko’rsatiladi.
O’quv rejasiga muvofiq boshlang’ich kurslarda ko’proq umumiy fanlar
o’qitiladi, yuqori kurslarda esa mutaxassislik bo’yicha ma’ruza, tajriba va amaliy
mashg’ulotlar o’tkaziladi. O’quv rejalari asosida tegishli kafedralar tomonidan
ishchi o’quv rejalar ishlab chiqiladi.
O’quv rejalarida bakalavriat – barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan
tashqari o’quv ishlarini o’z ichiga olgan o’quv yuklamasining eng yuqori hajmi
xaftasiga 54 soat qilib belgilanadi. Kunduzgi o’qish shakli uchun auditoriya
mashg’ulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat qilib belgilanishi lozim.
O’qitishning me’yoriy muddati to’rt yil bo’lgani holda o’quv jarayoni 204 hafta
davom etishi zarur.
O’quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
−
Nazariy ta’lim 65-70 foiz;
−
Attestatsiya 9-10 foiz;
−
Тa’til 13-16 foiz;
−
Malaka amaliyoti 6-8 foiz;
−
Bitiruv ishi 2-3 foiz;
Nazariy ta’lim hajmi bilim sohalariga qarab fanlar bloklari bo’yicha quyidagicha
taqsimlanadi:
−
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar - 23-25 foiz;
−
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar- 8-25 foiz;
−
Umumkasbiy fanlar - 33-50 foiz;
−
Ixtisoslik fanlari – 9-10 foiz;
−
qo’shimcha fanlar – 5-7 foiz;
O’quv yilida ta’til davrining umumiy hajmi 7-10 hafta qilib belgilanadi.
Magistratura
Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o’quv ishlarini o’z ichiga
olgan o’quv yuklamasining eng yuqori hajmi xaftasiga 54 soat qilib belgilanadi.
Kunduzgi o’qish shakli uchun auditoriya mashg’ulotlari va ilmiy faoliyatining eng
yuqori hajmi xaftasiga 36 soat qilib belgilanishi lozim.
O’qitishning me’yoriy muddati ikki yil bo’lgan holda o’quv jarayoni 100 xafta
davom etishi zarur.
O’quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
−
Nazariy ta’lim – 30-40 foiz;
−
Attestatsiya - 4-7 foiz;
−
Тa’til – 13-16 foiz;
−
Ilmiy faoliyat – 40-50 foiz;
Ilmiy faoliyat quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
Ilmiy-tadqiqot ishlari -53-57 foiz;
Ilmiy-pedagogik ishlar – 28-22 foiz;
Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash -19-21 foiz;
Nazariy ta’lim hajmi magistratura mutaxassisligiga qarab fanlar bloklari
bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:
- Umummetodologik fanlar -35-45 foiz;
- Mutaxassislik fanlari – 55-70 foiz;
Har bir ta’lim yo’nalishi yoki mutaxassisligi uchun o’quv rejalari tuziladi. O’quv
rejasida to’rt yil mobaynida o’qitiladigan fanlar bo’yicha ma’ruzalar, tajriba va
amaliy mashg’ulotlar, maxsus kurslar, kurs ishi va loyihasi, bitiruv malakaviy
ishlari, malakaviy, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlari muntazam ravishda
aniqlab beriladi. O’quv rejasi tuzib bo’lingach, muhokama etiladi va tasdiq etiladi.
Тasdiqlangan o’quv reja uzoq yillargacha amalda qo’llanib boriladi. Lekin o’qish
jarayonida ba’zi o’zgartirishlar kiritish mumkin va bu o’zgartirishlar kafedra va
fakultetning tavsiyasi bilan oliygoh ilmiy kengashida tasdiqlangandan so’ng
kuchga kiradi.
O’quv rejadagi har bir fan o’zining o’quv dasturiga ega bo’ladi. Dasturni olimlar
va tajriba o’tkazuvchi o’qituvchilar tuzishi mumkin. Dasturlar ma’ruza va amaliy
mashg’ulotlarni olib boruvchi pedagoglar tomonidan tayyorlangani maqsadga
muvofiq. Chunki o’quv rejasining mohiyatini faqat auditoriya bilan muloqotda
bo’lgan mutaxassisgina to’la ochib berishi mumkin.
Dastur qisqagina so’z bilan boshlanib (so’z boshi dasturni tuzuvchi yoki
muharrir tomonidan yoziladi), so’ngra bir nechta boblar yoki bo’limlarga ajraladi.
Har bir bob yoki bo’limda alohida o’tiladigan mavzular va kichik mavzuchalar
berilib, oxirida asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati keltiriladi. Dasturda
fanlar, bob, qism va bo’limlarga ajratilib, har bir tema bo’limlarga bo’linadi, har
bir bob bo’lim yoki qismdan so’ng foydalanishi lozim bo’lgan adabiyotlar
ro’yxatidan prezident asarlari, so’ngra ushbu fanga bevosita ta’luqli adabiyotlar
alfavit tartibida keltiriladi. Bu o’qituvchining ma’ruza, tajriba va amaliy
mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishini osonlashtiradi. Shuni alohida qayd etish
lozimki, dasturga beriladigan adabiyotlar ham o’qituvchi, ham talabaga
mo’ljallangan. Mavjud o’quv dasturi asosida o’qituvchi o’z ish dasturini tuzadi.
Unda kerakli materiallar, adabiyotlar va mashg’ulotlarning hajmi (soatlari) aniq
ko’rsatiladi va u detallashtiriladi. Shuningdek, ma’ruza, tajriba, amaliy
mashg’ulotlar va mustaqil ish mavzulari alohida ko’rsatiladi. Mustaqil ishlash
uchun adabiyotlarning bir qismi tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |