Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarini joylashuvi Quvib o‘tish To‘xtash va to‘xtab turish



Download 28,13 Mb.
bet4/6
Sana09.07.2022
Hajmi28,13 Mb.
#763411
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 7 mavzu Harakatlanish tartibi va chorraxalarda harakatlanish qoidalarini

TO’XTASh VA TO’XTAB TURISh


Haydovchining kundalik ish faoliyati transport vositalarining harakatlanishi, to’xtashi va to’xtab turishi bilan bog’liq.
To’xtash – transport vositalarining harakatini 10 daqiqadan kam vaqtga to’xtashi (harakatsiz holatga keltirish).
To’xtab turish – transport vositalarining unga yo’lovchi chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog’liq bo’lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko’proq vaqtga atayin to’xtatish.
Serqatnov yo’llarda transport vositasining yo’l chekkasida to’xtashi yoki to’xtab turishi ma’lum darajada harakatlanishga to’sqinlik qiladi, o’zga haydovchi va boshqa yo’l ishtirokchilariga ko’rinishni cheklaydi va harakatlanish xavfsizligiga tahdid soladi. Shuning uchun to’xtash va to’xtab turish yo’l harakati qoidasiga asosan ma’lum tartibda bajariladi.
1. Transport vositalariga yo’lning o’ng tomonidagi yoqasida, u bo’lmaganda esa qatnov qismining chetida to’xtash va to’xtab turishga ruxsat beriladi (1 rasm).


(1 rasm) (2 rasm)
Aholiyashaydiganjoylardayo’lningchaptomonidato’xtashvato’xtabturishgaharyo’nalishdakamidabittadanharakatlanishbo’lagibo’lganvao’rtadatramvayizibo’lmaganhamdaharakatfaqatbirtomonlamabo’lganyo’llardaruxsatetiladi(2 rasm).
Ruxsat etilgan to’la vazni 3,5 tonnadan ko’p bo’lgan yuk avtomobillari harakat bir tomonlama bo’lgan yo’llarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to’xtashlari mumkin.
Bunday avtomobillar yo’lning chetki bo’lagiga chapga burilish va orqaga qayrilish uchun chiqishlari mumkin.
2. Transport vositalarini qatnov qismining cheti bo’ylab bir qator qilib, kajavasi bo’lmagan ikki g’ildirakli transport vositalarini esa ikki qator qilib qo’yishga ruxsat etiladi.
Yo’lning qatnov qismi kengaygan ayrim joylarda boshqa yo’l harakati qatnashchilariga xalaqit bermaslik sharti bilan transport vositalarini boshqacha tartibda ham qo’yishga ruxsat etiladi. (4 rasm)
( 3 rasm) (4 rasm)
Piyodalar harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat engil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga to’xtab turishga ruxsat etiladi (3 rasm).
3. Sutkaning qorong’i vaqtida aholi yashamaydigan joylarda yo’llarni ustunlarga o’rnatilgan fonarlar bilan yoritish ko’zda tutilmagan. Bunday yo’llarda gabarit chiroqlarisiz yo’lda to’xtab turgan transport vositalari ko’rinmaydigan yoki yomon ko’rinadigan to’siqqa aylanib qolishadi.
Shu sababli aholi yashaydigan joylardan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda to’xtab turish faqat buning uchun ko’zda tutilgan maydonchalarda yoki yo’ldan tashqarida ruxsat etiladi.
4. Quyidagi joylarda to’xtash taqiqlanadi:

– tramvay yo’llarida, shuningdek, bevosita ularga yaqinroqda, agar bu to’xtash tramvaylar harakatlanishiga xalaqit beradigan bo’lsa;


– tonellarda, temir yo’l kesishmalarida;


– bir yo’nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo’lagi bo’lgan ko’priklar, osma yo’l (estakada)lar osma ko’priklar va ularning ostida;


– to’xtagan transport vositasi bilan sidirg’a chiziq (qatnov qismining chetini belgilagan chiziqdan tashqari) orasidagi masofa 3 metrdan kam bo’lgan joylarda;


– piyodalar o’tish joylarida va ularga 5 metrdan kamroq masofa qolganda;


– qatnov qismining xavfli burilishlarida va ko’rinish 100 metrdan kam bo’lgan yo’l do’ngliklari yaqinida;

– qatnov qismlari kesishmalarida va kesilayotgan qatnov qismi chetiga 5 metrdan kamroq masofa qolganda (qarama-qarshi harakat yo’nalishlari sidirg’a chizig’i yoki ajratuvchi bo’lak bilan ajratilgan yo’lda, unga yondan tutashgan yo’lning qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);


– bekat maydonchalariga, ular bo’lmaganda esa harakatga xalaqit beradigan bo’lsa, belgilangan yo’nalishdagi transport vositalari yoki taksining to’xtash joyi ko’rsatkichlariga 15 metr qolganda;




– transport vositasi svetofor ishoralari, yo’l belgilarini boshqa haydovchilardan to’sib qo’yadigan yoki boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishga) imkon qoldirmaydigan va piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda;


– «To’xtash taqiqlangan» yo’l belgisi (3.27) hamda chizig’i (1.4)ning amal qilish hududida.
14.5. To’xtab turish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
– to’xtash taqiqlangan joylarda;

– aholi yashaydigan joylardan tashqarida 2.1 belgisi bilan belgilangan yo’llarning qatnov qismida;


– temir yo’l kesishmalariga 50 metr qolganda;

– to’xtash va to’xtab turishni taqiqlovchi yo’l belgilari (3.27,3.30) va chiziqlari (1.4, 1.10) amal qilish hududida.


14.6. To’xtash taqiqlangan joyda majburiy to’xtagan haydovchi transport vositasini bu joydan olib ketishning barcha choralarini ko’rishi kerak. Agar buning iloji bo’lmasa YHQning 9,8 bandiga asosan, falokat yorug’lik ishoralarini yoqish, u bo’lmaganida yoki buzuq bo’lganida falokat sababli to’xtash belgisini darhol o’rnatish kerak.
14.7. Agar boshqa yo’l harakati qatnashchilarining harakatiga xalaqit beradigan bo’lsa yoki xavf tug’dirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi. Bu talab haydovchiga ham, yo’lovchiga ham taalluqli.
14.8. Haydovchi transport vositasini o’z-o’zidan harakatlanishini yoki o’zi yo’qligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko’rgandan keyingina o’z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin. To’xtash tormozi nosoz bo’lsa yoki yaxshi ishlamasa nishabliklarda turgan transport vositasi o’z-o’zidan harakatlanib ketib xavfli vaziyatni vujudga keltirishi mumkin.
Transport vositasini tark etayotgan haydovchi o’zi yo’qligida undan foydalanishni istisno qilish uchun eshiklarni qulflashi, kerak bo’lsa rul boshqarmasi, tormoz pedali va shu kabilarni blokirovka qilishdan foydalanishi kerak.

Download 28,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish