4-§. Jismoniy shaxslarni daromad solig`i bo`yicha imtiyozlari
O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga binoan quyidagi jismoniy shaxslar
daromad solig`idan ozod etiladi. I. To`laligacha:
- xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarning boshliqlari va a'zolari
hamda konsullik muasssalarning mansabdor shaxslari, ulaming o`zlari bilan birga
yashaydigan oila a'zolari, agar ular O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmasi,
O`zbekiston Respublikasidagi mansablaridan olinadigan diplomatik va konsullik
xizmati bilan bog`liq bo`lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari
bo`yicha;
- xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarning
ma'muriy-texnik xodimlari va ularning o`zlari bilan birga yashaydigan oila a'zolari,
agar ular O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmasa yoki O`zbekiston
Respublikasida
doimiy yashamasa, - O`zbekiston Respublikasidagi manbalardan
olinadigan, diplomatik va konsullik xizmati bilan bog`liq bo`lmagan
daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo`yicha;
- xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga
xizmat ko`rsatadigan xodimlar tarkibiga kiigan shaxslar, agar ular O`zbekiston
Respublikasi fuqarosi bo`lmasa yoki - O`zbekiston Respublikasida doimiy
yashamasa, o`z xizmati yuzasidan olingan barcha daromadlari bo`yicha;
- hukumatga qarashli bo`lmagan xalqaro tashkilotlarning mansabdor
shaxslari, agar ular - O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`Imasa,
ushbu
tashkilotlarda olgan daromadlar bo`yicha;
- xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsulning muassasalari
xodimlarining uylarida ishlovchilar agar ular O`zbekiston Respublikasi fuqarosi
bo`lmasa yoki O`zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, o`z xizmati
yuzasidan oladigan barcha daromadlar bo`yicha;
- mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, milliy
xavfsizlik xizmatining
harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari va bojxona
organlarning oddiy xizmatchilari va boshliqlari tarkibiga mansub shaxslar,
shuningdek o`quv yoki sinov yig`inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar-
xizmatni o`tash (xizmat vazifasini bajarish) munosabati bilan olgan pul ta'minoti,
pul mukofotlari va boshqa to`lov summalari bo`yicha;
- gastrol-konsert faoliyati bilan shug`ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi
bo`lgan shaxslar, gastrol-konsert faoliyatidan olingan daromadlar bo`yicha;
- prokuratura organlarining daraja unvonlariga ega bo`lgan hodimlar. II. Har
bir to`liq oy uchun eng kam ish haqining turt barobari miqdorida:
- «O`zbekiston Qahramoni», «Sovet Ittifoqi qahramoni», «Mehnat
Qahramoni» unvonlariga sazovor bo`lgan shaxslar, uchchala darajali Shuhrat
ordeni
bilan taqdirlangan shaxslar, urush nogironlari yoxud 1941-45-yillardagi
urush davrida yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog`ida
yaralanish, kontuziya bo`lish yoki shikastlanish oqibatida yoxud frontda bo`lish
bilan bog`liq kasallik tufayli nogiron bo`lib qolgan harbiy xizmatchilar jumlasidan
bo`lgan boshqa nog`ironlar, sobiq partisanlar jurnlasidan bo`lgan nogironlar,
shuningdek, pensiya ta'minotj bo`yicha mazkur toifadagi harbiy xizmatchilarga
tenglashtiriladigan boshqa nogironlar;
51
- xizmatni harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va
muassasalarda o'tagan
harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan bo`lib,
fuqarolar urushi va 1941-45-yillardagi urush, sobiq SSSRni himoya qilish bo`yicha
boshqa jangovor operatsiyalarning qat-nashchilari, 1941-45-yillardagi urush davri
mehnat frontining faxriylari va konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;
- Leningrad qamali paytida 1941-yil 8-sentabrdan 1944-yil 27-yanvargacha
bo`lgan davrda Leningrad shahrida ishlagan fuqarolar;
- ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatchilari jumlasidan
bo`lib, xizmat vazifalarini bajarish chog`ida yaralanish, kontuziya bo`lish va
shikastlanish oqibatida nogiron bo`lib
qolganlar;
- bolalikdan nogiron bo`lib qolganlar, shuningdek, I va II guaih nogironlari;
- qahramon onalar, o`n va undan ortiq bolalari bo`lgan ayollar;
- sobiq SSSRni himoya qilish yoxud harbiy xizmatning boshqa
majburiyatlarini bajarish chog`ida yaralanish, kontuziya bo`lish
yoxud
shikastlanish oqibatida yoki frontda bo`lish bilan bog`liq kasallik tufayli halok
bo`lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va rafiqalari;
- xizmatni Afg`oniston Respublikasida va jangovor harakatlar olib borilgan
boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo`lgan qo`shinlarning cheklangan kontingenti
tarkibida o`tagan harbiy xizmatchilar hamda o`quv va sinov yig`inlariga
chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar;
- Chemobil AESdagi falokat oqibatida jabr ko`rgan shaxslar;
- ikki va undan ortiq o`n olti yoshga to`lmagan bolalari bor yolg`iz onalar;
- ikki va undan ortiq bolasi bor va boquvchisining yo`qotganlik uchun
pensiya
olmaydigan beva ayol va beva erkaklar;
- bolalikdan nogiron bo`lgan va doimiy parvarishni talab qiladigan farzandi
bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onasidan biri;
- korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va o`quv
yurtlari tomonidan qishloq
xo`jaligi ishlariga yuborilgan fuqarolar - ushbu ishlarini bajarganlik uchun olgan
daromadlari bo`yicha. Bu imtiyozlarni olish uchun jismoniy shaxslarning
imtiyozlariga bo`lgan huquqlarini hujjat orqali tasdiqlashlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: