1. Budjet soliq siyosati amalga oshirish turli xil siyosiy muammolar bilan
to`qnash keladi. Hukumat faoliyati, makroiqtisodiy barqarorlashtirishdan tashqari,
barqarorlashtirish vazifasiga zid kelishi mumkin bo`lgan boshqa maqsadlarni ham
ko`zlaydi. Budjet-soliq siyosatidan juda tez siyosiy natijalaiga erishish (hokimiyat
tepasiga kelish, hokimiyatni qo`ldan bermaslik) uchun foydalaniladi. Soliq
yukining kamayishi davlat xarajat-larining ko`payishi, odatda turli xil saylov oldi
tadbirlari boshlanishi bilan muvofiq kelishi awaldan ko`zga tashlanib keladi.
Bundan tashqari, budjet siyosatini doimo hammaning ko`z o`ngida saylovchilar
madadiga tayanmoqchi boigan siyosatchilar (hatto, buni iqtisodiy zaruriyat talab
qilganda ham) soliqlarni ko`paytirishga yoki ijtimoiy ehtiyojlar uchun zarajatlarni
kamaytirishga jur'at eta olmaydilar.
2. Makroiqtisodiy prognozlash muammosi mavjud. Qarorni o`z vaqtida qabul
qilishda va ijroning o`z vaqtida amalga oshirish zarurligini e'tiborga olganda,
byudjet soliq siyosatining muvaffaqiyati makro darajada bo`lg`usi vaziyatni
oldindan bashorat qilish mumkinligiga bog`liqdir. Masalan, 2002-yilda
respublikamizda o`tkazilgan «Ichki iste'mol bozorini sifatli mahsulotlar bilan
to`ldirish va savdo ustidan bank nazoratini o`rnatish»ga qaratilgan bozorlarni
yopish siyosati pul kredit tizimining nomuvofiqligiga, tovarlar aylanishining
sekinlashuviga, byudjetga tushumlar miqdorini kamaytirishga naqd pul massasini
chetga chiqishiga, ishsizlik darajasining ortishiga sabab bo`lib budjet-soliq siyosati
va makroiqtisodiy barqarorlikka o`zining salbiy ta'sirini ko`rsatdi. Har bir
makroiqtisodiy siyosat o`zining natijalarini kamida yarim yildan keyin beradi.
Lekin yarim yildan so`ng iqtisodiyot tushkunlik holatida bo`ladimi, rivojlanadimi
yoki bizning siyosatimiz inflatsiya to`lqinini yanada kuchaytirib yuboradimi?
Afsuski, ilm-fanning hozirgi holati makroiqtisodiy siyosat uchun aniqlik bilan
uzoq muddatli va o`rta muddatli prognozlar qilish imkonini ber-maydi. Odatda,
qisqa muddatli (2-3 oyga) prognozlargina muvaffaqqiyatli bo`ladi.
3. Faol makroiqtisodiy siyosatning hozirgi ba'zi muholiflari o`z dalil
isbotlarida Lukas tanqidi (ratsional kuzatishlar nazariy maktabining asos-chisi
RXukas nomi bilan atalgan) degan konsepsiyadan foydalanadilar. Lukas tanqidi
shundan iboratki, iqtisodiy siyosat natijalarini baholash usullarini uning iqtisodiyot
subyektlari umidlarini shakllantirishga ta'sirini hisobga olmaydi. Vaholanki, ushbu
umidlar ulkan o`rin egallab, makroiqtisodiy siyosatni ko`pincha ma'nosiz qilib
qo`yadi. Chunonchi, hukumat tomonidan rag`batlantiruvchi siyosat o`tkazilganda
iqtisodiyot subyektlari muayyan vaqt o`tgandan so`ng inflatsiya sakrashi yuz
berishini tushunadilar. Shuning uchun ular o`z rejalarini yangi vaziyatni hisobga
olib tuzadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: