fondidagi yerlari, qishloq xo`jaligi va urmon xo`jaligi sohasidagi ilmiy-tadkikot
tashkilotlari hamda o`quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o`qkuv-
tajriba xo`jaliklarining bevosita ilmiy va o`quv maqsadlari
uchun foydalaniladigan
yerlari;
14) yangi o`zlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari
olib borilayotgan sug`oriladigan yerlar-loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin
ishlar boshlanganidan e'tiboran ko`pi bilan besh yilga;
15) zaxiradagi yerlar;
16) rekreatsion ahamiyatga molik yerlar (aholining ommaviy dam olishi va
turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalarga berilgan yer-lar: o`rmon
bog`lari, bogiar, hiyobonlar, plyajlar va boshqalar);
17) sog`lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (kasalliklarning oldini olish va
odamlarni davolash ishini tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga ega bo`lgan
yerlar);
18) yakka tartibda uy-joy kurish va shaxsiy yordamchi xo`jalik yuritish uchun
qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan
yerlar -yer uchastkalari
berilgan paytdan e'tiboran ikki yil muddatga.
Yerlardan o`z o`rnida foydalanilmagan taqdirda ushbu moddada belgilangan
imtiyozlar qo`llanilmaydi.
Soliq kodeksining 102-moddasiga asosan quyidagi yuridik shaxslar yer
solig`idan ozod qilinadilar:
1) tijorat bilan shug`ullanmaydigan yuridik shaxslar (budjetdan mo-liyaviy
ta'minlanadigan boshqaruv organlari va ilmiy-tadqot muassasalari bundan
mustasno), yer uchastkalaridan tadbirkorlik faoliyati yo`lida
foydalanayotganlaridan tashqari;
2) madaniyat, maorif, sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot muas-sasalari,
bo`ysunuvidan qat'i nazar,
o`z zimmalariga yuklangan vazifalarni amalga oshirish
uchun ularga ajratilgan yer uchastkalari uchun;
3) dehkon (fermer) xo`jaliklari - davlat ro`yxatidan o`tkazilgan
payt-dan
e'tiboran ikki yil muddatga;
4) chet el iivestitsiyalari ishtirokidagi, ishlab chiqarish faoliyati bilan
shug`ullanuvchi yuridik shaxslar - ro`yxatdan o`tkazilgan paytdan e'tiboran ikki yil
mobaynida;
5) nogironlar ijtimoiy birlashmalari, «Nuroniy» jamgarmasi, O`zbe-kiston
chernobilchilar uyushmasi tasarrufida bo'lgan,ishlovchilari umumiy sonining
kamida ellik foizini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik
ta'minot-sotish va tayyorlov faoiiyati bilan shug`ulla-nuvchi
yuridik shaxslar
bundan mustasno;
6) «Sog`lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg`armasi, O`zbekiston
Respublikasi Qizil Yarim Oy jamiyati, «Nuroniy» jamg`armasi korxonalari,
bo`shatib olinayotgan mablag`lardan o`zlarining ustavda belgilangan vazi-falarini
bajarish uchun foydalanish sharti bilan;
7) Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan
turistik faoliyat bilan shug`ullachuvchi yuridik shaxslar - tashkil etilgan paytdan
e'tiboran birinchi foyda olguniga qadar, biroq bu muddat ular ro`yxatdan
98
o`tkazilgan paytdan e'tiboran
uch yildan oshmasligi lozim.
Soliq kodeksi 102-moddasining birinchi qismi 3 va 4-bandlarida ko`rsatilgan
yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrdan keyin bir yil o`tguniga
qadar
tugatilgan taqdirda, soliq summasi ularning butun faoliyat davri uchun to`liq
miqdorda undiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: