XIII bob. YURIDIK SHAXSLARDAN UNDIRILADIGAN YER SOLIG`I
l-§. Yer solig`ini soliq tizimiga joriy etishning asosiy sabablari va uning
iqtisodiy mohiyati
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar
o`rtasida vujudga keluvchi obyektiv majburiy to`lovlarga asoslan-gan moliyaviy
munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy muno-sabatlar maxsus ijtimoiy
harakteiga ega bo`ladi, milliy daromadning bir qismi bo`lgan pul mablag`larini
davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda soliq tushunchasiga quyi-dagicha
ta'rif berish mumkin: «Soliqlar davlat va jamiyatning pul mablag`-lariga bo`lgan
extiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo`yilgan
holda va
o`rnatilgan muddatda jismoniy va yuridik shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy
ravishda undirib olinadigan to`lovlardir.
Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib chi-qadi.
Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat
qilayotganligini ko`rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab,
soliq
mohiyatini ko`rsatib turishi zarur. Bugun paydo bo`ladi, ertaga yo`q bo'-ladi,
ketadigan holatlar soliq funksiyasi bo`la olmaydi. Demak, funksiya kategoriyasi
doimiy, qafiy takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy
yondashishdan kelib chiqib soliqlar ftinksiyasini aniqlash kerak.
Soliqlarning funksiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin
yagona bir fikrga kelingan emas. Ko`pchilik iqtisodchilar
soliqlarga fiskal,
boshqaruvchi, rag`batlantiruvchi, nazorat funksiyalari xos deb ta'rif berishadi.
Soliqlarning birinchisi funksiyasi yordamida davlat byudjetining da-romadi
tashkil etilsa, ikkinchisini ham amalga oshira borib, davlat ishlab chiqarishga uning
o`sishini rag`batlantirishi yoki vaqtinchalik sekinlash-tirishi, sarmoya jamg`arish
jarayonini kuchaytirishi yoki qisqartirishi kabi tadbirlarni
amalga oshirishi
mumkin.
Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning uchta usuli mavjud:
1. Kadastrli.
2. Daromad manbaidan.
3. Daromad egasi daromadni olganidan so`ng (deklaratsiya bo`yi-cha).
Birinchi usul- bevosita real soliqlarni hisoblash uchun foydalaniladigan
obyektlar (yer, imoratlar va shu kabilar)ning bahosi va o`rtacha daromad-liligi
to`g`risidagi ma'lumotlarga ega bo`lgan kadastr yoki reestrdan foyda-lanilishini
taqwozo etadi.
Oliy belgilariga ko`ra tasniflanadigan obyektning tavsifnomasi kadast-rning
qurilishiga asos bo`ladi. Masalan, yer kadastrini tuzishda
turli tu-manlardagi ayni
bir xildagi yer uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foyda-lanilishi va boshqa
belgilariga ko`ra guruhlanadi. Har bir guruh uchun maydon birligining qator yillar
uchun o`rtacha daromadliligi belgilanadi. Boshqa hamma yer
uchastkalari maydon
birligidan soliq stavkasi belgi-langan u yoki boshqa toifaga tenglashtiriladi.
Soliq to`lashning kadastrli usulining o`ziga xos xususiyati sifatida shuni
ajratib ko`rsatish kerakki, soliqning to`lanish payti daromadning olinishi payti
90
bilan aslo bogiiq bo`lmaydi, chunki bunday usulda mol-mulk uning taxmin
qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida baholanadi.
Obyektning ana shunday belgilarga asoslanadigan o`rtacha daromad-liligi
uning haqiqiy daromadliligidan
jiddiy farklanishi mumkin, shuning uchun bunday
usul ko`p jihatdan tarixiylik tusiga ega bo`lishi mumkinki, undan soliq apparati
uncha rivojlanmagan holatda qo`Uaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: