Yo‘l-transport hodisaning chizmasida qanday ma’lumotlar aks ettiriladi va kim tomonidan imzolanadi?
hodisaning chizmasida transport vositalarining hodisadan keyingi holatini tiklash imkonini beruvchi aniq ma’lumotlar (ularning muqim ob’ektlarga nisbatan holati) ko‘rsatiladi hamda chizma uni chizgan mansabdor shaxs, haydovchilar, guvohlar yoki xolislar tomonidan imzolanadi.
Yo‘l-transport hodisa sodir bo‘lganda transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladimi?
Yo‘l-transport hodisa sodir bo‘lganda, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladi va bu haqda ma’muriy bayonnomaga, shuningdek talonga yozib qo‘yilib, talon huquqbuzarga qaytarib beriladi.
Agar, huquqbuzarda milliy haydovchilik guvohnomasining plastik shaklda tayyorlanadigan yangi namunasi bo‘lsa, milliy haydovchilik guvohnomasiolib qo‘yiladi va bu haqda ma’muriy bayonnomaga yozib qo‘yilib, huquqbuzarga vaqtinchalik ruxsatnoma beriladi.
Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi oqibatida yo‘l-transport hodisa sodir bo‘lganda, ularga nisbatan qanday chora qo‘riladi?
Haydovchilar yo‘l harakati qoidalarini buzishi oqibatida yo‘l-transport hodisasini sodir etganda ularga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi:
jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan (1,2 mln so‘m) 7 baravarigacha (1,7 mln so‘m) miqdorda jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan 1 yildan 3 yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi; (bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdoridan oshib ketgan zarar ancha miqdordagi moddiy zarar hisoblanadi)
transport vositalari, yo‘l harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan (490 ming so‘m) 4 baravarigacha (980 ming so‘m) miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oydan 1 yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi;
badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha (12,2 mln so‘m) miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi;
miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi;
odam o‘lishiga sabab bo‘lsa muayyan huquqdan mahrum qilib, 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
odamlar o‘limiga, halokatga, boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa muayyan huquqdan mahrum qilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari (3,6 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi;
yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar ushbu yo‘l-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (7,3 mln so‘m) miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan 1 yil muddatga mahrum etishga yoxud 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |