«Yol qurilish iqtisodi va ishni tashkil qilish» fanidan 5580600 «Тransport inshootlaridan foydalanish» va 5580200 «Bino va inshootlarini qurish»



Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/35
Sana25.06.2022
Hajmi0,9 Mb.
#702287
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35


UZBEKISТON RESPUBLIKASI OLIY VA ORТA MAХSUS ТA’LIM 
VAZIRLIGI 
ТOShKENТ AVТOMOBIL-YOLLAR INSТIТUТI 
«Yol qurilish iqtisodi va ishni tashkil qilish» 
fanidan 5580600 «Тransport inshootlaridan foydalanish» va
5580200 «Bino va inshootlarini qurish» 
MA’RUZA MAТNI 
I - qism 
«Ishni tashkil qilish» 
Тoshkent 2006 y. 



Ma’ruza matni «Y+I va M» kafedrasining «____»_________2006y (bayonnoma 
№___) majlisida muxokama qilingan va ma’qullangan. 
 
 
Kafedra mudiri 
prof. Saidov Z.Х. 
ТAYI maxsus fanlar boyicha (MFB) ilmiy-uslubiy Kengash tomonidan 
tasdiqlangan. «____»_________2006y____son majlis bayoni. 
MFB IUK raisi 
dots. Musajonov M.Z 
Тuzuvchi:
kat.oqit. Asqarova Sh.A 
Тaqrizchilar: «Uzavtoyol» DAK ijro
apparati boshqarmasi bosh
mutaxassisi S.Yu. Тolaganov 
dots. Darabov M 
Mavzu -1. Yol xojaligi - mamlakat iqtisodiyotining tashkiliy tarmogidir

Reja: 



1.1. Mamlakatning avtomobil-yol majmui haida. 
1.2. Yol xojaligining tarkibi va uning rivojlanish qonuniyatlari. 
1.3. Yol xojaligidagi ishlab-chiqarish faoliyatlari. 
1.4. Yol xojaligidagi iqtisodiy munosabatlar tizimi. 
Asosiy atamalar va tushunchalar:
AТK, yuklashtirish, yol xojaligi, fan va 
loyihalashtirish, mashinasozlik, moddiy texnik resurslari, ta’lim, boshqaruv, umum 
foydalanish yollari, qurilishi, ta’mirlash, yollarni yaroqli holda ushlab turish, yollarning 
eskirishi (yetilishi), tabiiy - iqlim sharoitlari, transport - tasarruf, loyihalashtirish, qurilish 
va yol tasarruf omillari; iqtisodiy munosabatlar, yol fondi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy muammolarga kompleks yondashuv, ularning tarmoqlararo 
va rayonlararo miqyosida yechimini talab qiladi. Bunday yondashuv tarmoqlararo 
aloqalarga bogliq bolmagan ozaro boglanishlarni hisobga olish imkonini yaratadi. 
Haqiqatdan ham, tarmoqlarning rejalarida boglovchi zanjir sifatida miqdor 
korsatkichlarining alohida olingan bir tarmoq miqyosida ozib borishi hisobga olinadi. 
Kompleks yondashuvda esa iqtisodiy tizim faoliyati, oraliq natijalarga emas, balki oxirgi 
natijaga erishishga yonalgan bolib, xalq xojaligi talablariga qaratiladi. 
Avtomobil transporti - bu texnik-iqtisodiy tizim. Faoliyat korsatish maqsadi, 
tarkibiy tuzilishi, foydalaniladigan resurslar va natijalarni baholash nuqtai nazaridan 
qaralganda, u alohida, nisbatan bir-biriga bogliq bolmagan kichik tizimlarning 
majmuidan iborat. Ana shunday kichik tizim (podsistema)larning biri «Avtotransport 
korxonasi» (AТK) bolib, uni faoliyat korsatishining asosiy maqsadi tashish jarayonini 
texnik jihatdan soz harakatlanuvchi qism bilan ta’minlashdir. Ushbu maqsadga erishish 
darajasi birinchi navbatda transport vositalarining soni, harakatlanuvchi qism narxining 
tarkibiy tuzilishi, hamda texnik va tasarruf xizmatlarining faoliyatlariga bogliq boladi. Bu 
xizmatlarning birinchisi umumiy maqsadga erishishda kerak boladigan avtomobillarning 
tashishda kerak boladigan avtomobillarning tashishga tayyorgarligini ta’minlash bolsa, 
ikkinchisi esa, harakatlanuvchi qism ishini rejalashtirish, hisobga olish, nazorat qilish va 
foydalanish samaradorligini ta’minlashdan iborat boladi. 
Boshqa kichik tizim (podsistema) - «Yuklarni qayta ishlash» - yuklarning ortishi 
va tushirilish jarayonlarini amalga oshiradi; 
Bu podsistemaning faoliyati samaradorligi asosan yuklash-tushirish vositalarining 
soni, joylanishi va texnikaviy saviyasiga bogliq boladi. 



Avtomobil transporti alohida tizim sifatida barcha kichik tizimlar (podsistemalar) 
maqsadlarining yagonaligi, ya’ni xalq xojaligini tashishga bolgan talablarini qondirish 
bilan tavsiflanadi. 
Avtomobil transportining umumlashtiruvchi xarakteristikasi uncha tegishli bolgan 
barcha kichik tizimlar (podsistemalar) ishini, ularning ozaro boglanishlarini, hamda 
ularning faoliyat korsatuvchi imkoniyatlarni hisobga oluvchi korsatkich-uning ishining 
ishonchligi hisoblanadi. 
Avtomobil transporti ishining ishonchliligi tushunchasi oz ichiga xalq xojaligining 
transporti bolgan talablarini belgilangan muddatlar va tasarruf korsatkichlari miqyosida 
va belgilangan vaqt oraligida qondirishdan iborat. Тashish ishonchliligining miqdoriy 
xarakteristkasi bolib, belgilangan hajmdagi yukni belgilangan vaqt mobaynida tashib, 
ya’ni yetkazib berish tushuniladi. Shu sababli, avtomobil transporti faoliyatini 
rejalashtirish, belgilangan vaqt mobaynida talab etilayotgan transport xizmatlarini 
betoxtov bajarilishini ta’minlashga qaratilgan texnik-iqtisodiy korsatkichlari bolishi 
kerak. 
Avtomobil transportining (ishonchli) uzluksiz ishlashini turli tashkiliy va texnik 
tadbirlar yordamida erishish mumkin: harakatlanuvchi qism tarkibini va avtokorxonaning 
katta-kichikligini ozgartirish hisobiga, yuklash-tushirish vositalarining sonini va 
unumdorligini oshirish hisobiga va hokazo. Bunday tadbirlarning har qaysisi oziga 
yarasha xarajatlar talab qiladi, shuning uchun avtomobil transportining faoliyat 
korsatishini va rivojlanishini ta’minlash uchun tadbirlarning iqtisodiy jihatdan eng qulay 
variantini tanlash kerak boladi.
Avtomobil transportining regional texnik-iqtisodiy tizimida yana bir (kichik tizim) 
podsistema - «Yol xojaligi» (YХ) ham faoliyat korsatadi. U tashish jarayonini transport 
kommunikatsiyalari bilan ta’minlaydi, avtomobil transporti harakatlanuvchi tarkibining 
ish unumdorligini oshirish uchun zarur bolgan shart sharoitlarni yaratadi, avtomobil 
yullarning zichligini ozgartirish, geometrik omillariga va ularni avtomobil transporti 
tomonidan tasarruf etilishi intensivligiga bogliq ravishda ularning texnik-tasarruf 
holatlarini ta’minlaydi.
Mamlakat transporti kompleksida - avtomobil transporti foydalaniladigan yer 
transport kommunikatsiyalarining nomi tilga olinmagan yagona transport turi 
hisoblanadi. Albatta, bu yerda gap faqat nomlanish haqida emas, balki juda kop 



regionlarda avtomobil transporti va yo xojaligi ozaro bir-birlaridan ajratib qoyganligi 
haqida bormoqda. Bu esa oz navbatida shunga olib keldiki, avtomobil transporti 
avtomobil yollarining rivojlanishida oz xojaliklari daromadidan faqat 2% ajratma berish 
bilangina ishtirok etadi. Natijada bir tomondan transportning rivojlanishi jarayoni, 
ikkinchi tomondan «Yol xojaligi» va yollarning rivojlanishi u hyoki ozaro bir-biriga 
bogliq bolmagan jarayonlar kabi bormoqda, xolbuki ular ob’ektiv ravishda bir-birlarini 
taqozo etadilar. 
Avtomobil transporti boshqa transport turlaridan bir qator oziga xos bolgan 
farqlarga ega, xususan, unga doimo yangi yuk turlarini ozlashtirib borishga togri keladi. 
Avtomobil transportida ishlab chiqarishni AТK yoki YХ (kichik tizimlarida) 
podsistemalarida konsentratsiyalashtirish ob’ektiv jihatdan chegaralangan. Boshqa 
transport turlaridagiga nisbatan avtomobil transportida yuk jonatuvchi va yuk qabul 
qiluvchi punktlarning xududiy joylashuvi farq qiladi. Bu oz navbatida kop miqdordagi 
avtotransport va yol korxonalarining mavjud bolishligini taqozo qiladi. Natijada ozaro 
bir-biri bilan bogliq bolgan koplab masalalarni joy-joyida tezkorlik bilan hal etish uchun, 
xududiy jihatdan tarqoq joylashgan koplab korxona va tashkilotlarni boshqarish tizimini 
va uslublarini ishlab chiqishga ehtiyoj tugiladi. 
Shu bilan birga, bir vaqtning ozida, avtomobil transporti tizimiga kiruvchi, yagona 
texnik – iqtisodiy siyosat va resurslar balansiga asoslangan barcha birlamchi zvenolar 
xududiy-tarmoq kompleks boshqaruvining tashkiliy qismlari bolishlari kerak boladi. 
Bunda shuni hisobga olmoq kerakki, avtomobil transporti boshqa mamlakatlar bilan 
iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish omili hamda mamlakat iqtisodiy potensialining 
muhim elementlardan biri sanaladi. 
Avtomobil transportida xududiy-tarmoq boshqaruvining kompleks tizimini tashkil 
etish xalq xojaligining bir qator tarmoqlari va shaxobchalarini yagona avtomobil – yol 
kompleksiga birlashtirishni talab qiladi (rasm 1.1.) 
Mamlakatning avtomobil-yql kompleksini rejalashtirish va boshqarish, uning 
faoliyat korsatishi va rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari va barcha 
shaxobchalarning birligini hisobga olgan holda pirovard maqsadni kozlagan holda 
amalga oshirishi kerak. 
Avtomobil yol kompleksi barcha elementlarining umumiy maqsadi xalq xojaligi 
va ahvolining yuklar va yolovchilar tashishga bolgan ehtiyojini qondirishdan iborat. Bu 



maqsad xalq xojaligi va aholining alohida transport xizmati turlariga va resurslarga 
bolgan talablarni qondirish boyicha xususiy maqsadlarining umumiy majmuidan tashkil 
topadi. Majmuaning hamda kompleksning tarkibi transportga bolgan talabni koz 
oldimizga keltirishga toliq mos keladi. 
Avtomobil – yol kompleksi faoliyati va rivojlanishining mezoni sifatida 
transportga bolgan talablarni qondirish uchun sarflanadigan ijtimoiy (jonli va 
buyumlashgan) mehnat miqdori qabul qilinishi mumkin. 
Korib chiqilayotgan kompleksda tarmoqchalar orasida ma’lum bir ozaro 
boglanishlar mavjud, masalan, harakatlashuvchi qism soni bilan avtomobil yollarining 
transport-ekspeditsion korsatkichlari orasida, yuk tashish hajmining (ma’lum 
chegaralarda) osishi bilan avtomobillar ishlab chiqarish ortasida (tabiiyki, AТKning katta 
kichikligi ortasida), hamda yollarning umumiy uzunligi ortasida. Avtomobil yollari 
zichligining ortishi tashish masofalarining qisqarishiga va shu orqali yuklarni yetkazib 
berish tezligining ortishiga olib keladi. Natijada bir avtokorxona (soni va tarkibi 
ozgarmagan holda) koproq hajmdagi yukni tashish imkoniyatiga ega boladi. 
Shunday qilib, yol xojaligini samarali olib borish, butun avtomobil – yol 
kompleksining ishlashini, ishlab chiqarish va moddiy resurslar tejamini ta’minlab, 
ijtimoiy ishlab chiqarishning intensivlashuviga, ya’ni hududlarning (birinchi navbatda 
qishloq xojaligi) ozlashtirilishiga, hududiy ishlab chiqarish komplekslarining va sanoat 
korxonalarining rivojlanishiga imkon yaratadi.
Yol xojaligi oz tarkibiga shahardan tashqarida bolgan barcha umumfoydalanish 
avtomobil yollarini, hamda bu yollarni ta’mirlash va yaroqli holatda bolishligini 
ta’minlovchi korxona va tashkilotlarni oladi. Shahar ichida bolgan kocha va yollar shahar 
obodonlashtirish tashkilotlari bilan birgalikda uy-joy kommunal xojaligi va aholiga 
maishiy xizmat korsatish tarkibiga kiradi. 80-yillarning ortalarida shahardan tashqarida 
bolgan umumfoydalanish yollarining uzunligi 1 mln. km.ni tashkil etar edi. Bu yollarning 
asosiy qismi qattiq qoplamaga ega.
Umum foydalanish avtomobil yollaridan tashqari, mamalakatimizda sanoat, 
qishloq xojaligi va notransport tashkilotlarga kirib borish uchun xizmat qiladigan 
korxona va idoralarga tegishli yollar ham mavjud. Bunday yollarning umumiy uzunligi 
shaharlardan tashqaridagi umum foydalanish yollari uzunligining 1g3 qismini tashkil 
etadi. Bu yollarning ham kopchilik qismi qattiq qoplamaga ega. Idora va tashkilotlarga 



tegishli bolgan yollar yol xojaligi tarkibiga kirmaydi. Ular tegishli tashkilot va 
korxonalarning mulki sanalib, ulardan inshoot sifatida foydalaniladi. Bu yollarni 
ta’mirlash va yaroqli holda ushlab turish shu korxonalarning zimmasiga yuklatilgan. 
Shuni ham e’tiborga olmoq kerakki, avtomobillarda foydalanilayotgan juda kop 
yollar egasiz bolib, statistika organlari tomonidan hisobga olinmagan. 
Juda kop qishloq aholi punktlari uchun bunday yollar yagona aloqa yollari bolib, 
ularning kop qismi qattiq qoplamaga ega emas va avtomobillardan foydalanishda 
me’yordagi shart sharoitlarga ega emas. Тransportning kompleks muammolari 
institutining muammolariga kora Rossiyada ana shunday hisobga olinmagan shahardan 
tashharidagi yollarning umumiy uzunligi 2,8 mln. km.ni tashkil etadi. Kelajakda xuddi 
shunday yollarning hisobiga, umumfoydalanish korxona hamda idoralarga tegishli yollar 
uzunligining ortishi kutiladi. 
Shaharlardan tashqarida joylashgan umumfoydalanish avtomobil yollarining 6,8 % 
umumdavlat ahamiyatiga egalari esa mos ravishda 12,8; 15,2 va 65,2% ni tashkil etadi.
Ekspertlarning baholashicha mamlakat miqyosida avtomobil transportida 
bajariladigan yuk oborotining 65% shaharlardan tashqaridagi avtomobil yollarida 
bajariladi. Yollardan esa bir maromda foydalanilmaydi. Umumdavlat va Respublika 
miqyosida ahamiyatga ega bolgan yollarning umumiy uzunligi 19,6% ni tashkil etgan 
holda shaharlardan tashqarida bajariladigan transport ishining 60% shu yollarda 
bajariladi. Shaharlardan tashqarida joylashgan umumfoydalanish yollarida transport 
ishining taqsimlanishi quyidagi korinishga ega.: 
-yollarning eng kop yuklangan 20% uzunligida shahardan tashqaridagi transport 
ishining 80% ish bajariladi. Yollar uzunligining 60% da transport ishining 95% ga yaqini 
bajariladi. Yollarning 17% maksimal otkazish qobiliyatiga yaqin bolgan intensivlikka 
ega. Yollarning anchagina qismida qoplamaning mustahkamligi yol qoyilishi mumkin 
bolgan minimaldan past. 
Avtomobil yollarining aholi harakatlanuvchi qismining u yoki bu turidan 
foydalanish imkoniyatiga (umumiy yuk kotarish qobiliyati, oqlarga togri keladigan 
yuklanish, gabariy olchamlar, harakatlanish tezligi), yonilgi – moylash materiallari 
harajati, avtomobillarning va ularning qismlarining yeyilishi, mehnat unumdorligi, 
harakat xavfsizligi va tashish tannarxiga nihoyatda katta ta’sir korsatadi. Shu sababli 
avtomobil yollarining transport-tasarruf korsatkichlarining yaxshilanishi harakatlanuvchi 



qismini tasarruf etishga boladigan xarajlarning kamayishiga va aksincha, ularning 
kamayishiga avtomobil yollari tizimini kengaytirishga hamda ularni yaroqli holda tutib 
turishga 
mablaglar 
yetishmasligi, 
harkatlanuvchi 
qismning 
ishlash 
sharoitini 
yomonlashuvchi qismning ishlash sharoitini yomonlashuviga va transport hamda boshqa 
turli xarajatlar va yoqotishlarning ortishiga sabab boladi. 
Masalan, tashish tannarxining ortacha qiymati bilan qattiq qoplamaga ega bolgan 
yollar miqdori ortasida quyidagi korrelyatsion bogliqlik aniqlangan: S q60,78-0,19*Х 
Bu yerda: S –region boyicha ortacha 10t km ning tannarxi; 
Х – yollarning umumiy uzunligida qattiq qoplamaga ega bolgan yollarning 
salmogi, %. 
Avtomobil yollarning rivojlanib borishi, birinchi navbatda barcha turdagi yuklar 
va yolovchilarni nisbatan qisqa masofalarga (200 km gacha) tashish (temir yol, daryo va 
dengiz portlarigacha yetkazib berish), hamda qimmatli va tez buziluvchi yuklarni katta 
masofalarga (1000 km gacha) tashishda harkatlanuvchi qismidan samarali foydalanish 
hamda nisbatan kichik hajmdagi yuk va yolovchi oqimlarini ozlashtirish imkoniyatini 
yaratadi (qishloq aholi punktlarini ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazlar bilan 
boglash). 
Avtomobil yollaridan foydalanishning bu xususiyatlari ularning rivojlanishida 
ba’zi yonalishlarga asos soldi: qattiq qoplamali yollar kopayishida bir turdan boshqa 
turga otuvchi qoplamali yollar hissasining kamayishi, kapital turdagi qoplamaga ega 
bolgan yollar uzunligining ortib borishi, amalda mavjud bolgan eng kop yuklangan yollar 
transport-tasarruf korsatkichlarini oshirib borish, qishloq joylardagi tuproq yollarni tez 
sur’atlarda qattiq qoplamali yollarga almashtirish; Rossiyada avtomobil yollari 
rivojlanishining muhim xususiyatlaridan biri ularni ta’mirlash jarayonida texnik-tasarruf 
korsatkichlarini rejali ravishda oshirib borishdir. 1961 yildan boshlab qattiq qoplamali 
yollar uzunligi ortishining yarmidan kopiga xuddi shu usulda erishilmoqda. 
Yol xojaligiga yonaltirilgan pul mablaglari ikki yonalish boyicha xarajat qilinadi: 
kapital qurilishiga; yollarni ta’mirlash va yaroqli holda tushib turishga. Kapital mablaglar 
hisobiga yangi avtomobil yollari, koprik yol otkazgichlar, transport yechimlari va amalda 
mavjud bolgan avtomobil yollarini yuqoriroq texnik kategoriyaga otkazish maqsadida 
rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Harakatlanuvchi qism va avtomobil yollari 
ortasidagi texnik jihatdan ozaro bogliqlik, ularning iqtisodiy birligi ajratilgan 



mablaglardan foydalanishning shunday variantlarini amalga oshirishni talab qiladiki, 
unda avtomobil yol kompleksi elementlari, avtomobil harakatlanuvchi qismi, yol tasarruf 
tashkilotlari, avtota’mirlash zavodlari, texnik xizmat korsatish stansiyalari boyicha 
xarajatlar minimal bolsin.
Yol xojaligi mamlakatining yagona trasnport tizimida muhim rol oynaydi. Yagona 
transport tizimining tarkibiy qismi bolgan avtomobil transportining samarali ishlashini 
ta’minlaydi. Yagona transport tizimi rivojlanishining tarmoqli masalalarining optimal 
yechilishi, transport turlari boyicha tashishning ratsional taqsimlanishida ham avtomobil 
yollari muhim ahamiyatga ega. 
Yol xojaligi moddiy ishlab chiqarish sohasida (avtomobil transportida yuklarni 
tashish) va ishlab chiqarishdan tashqari sferada (yolovchilar tashish va ijtimoiy – 
madaniy xizmat korsatish) transportga va butun xalq xojaligiga xizmat qiladi. 
Yol xojaligining moddiy-texnik asosini avtomobil yollari va ularga xizmat 
korsatish hamda qayta tiklashga xizmat qiluvchi texnik vositalar tashkil etadi (yol 
mashinalari, asfaltobeton zavodlari va hokazolar). Yol tashkilotlarining ishlab chiqarish 
faoliyati yollarda ularning transport tasarruf korsatkichlari saviyasini ta’minlash boyicha 
turli ishlarni bajarishdan iborat (yollar tizimining zichligi, harakat tezliklari, yol qoyilishi 
mumkin bolgan yuklanishlar, yolning otkazuvchanlik xususiyatlari va hokazo). 
Yol xojaligi tarmoq sifatida xalq xojaligining kopchilik tarmoqlari bilan bevosita 
aloqador. Avtomobil yollari infrastrukturaning eng muhim elementlaridan biri sanaladi. 
Ular haqiqatan ham mamlakat transport tizimini, barcha transport turlariga ozaro bir-
biriga ta’sir etishga va birgalikda ishlashga moddiy – texnika asosini yaratib, alohida 
transport turlarining oxirgi punktlarini (terminallarni), yuk jonatuvchilar va qabul 
qiluvchilarni ozaro boglaydilar. Yagona transport tizimi yoki alohida transport turi 
miqyosida transport jarayonining samarali tashkil etilishi yol xojaligi tomonidan 
korsatiladigan xizmatlar saviyasiga kop jihatdan bogliq boladi. Avtomobil yollarining 
ahvoli bundan tashqarii qishloq xojaligi korxonalari qurilishi, sanoatning juda kop 
tarmoqlari, maishiy xizmat sohalarining ishiga togridan-togri juda katta ta’sir otkazadi. 
Bu yerda teskari aloqa ham mavjud.
Barcha asosiy resurslarni (mablaglar, moddiy va kopincha mehnat resurslarini 
ham) yol xojaligi u xizmat korsatuvchi tarmoq korxonalaridan togridan-togri yoki davlat 


10 
boshqaruvi organlari orqali qayta taqsimlanish orqali oladilar. Yagona xalq xojaligida yol 
xojaligining ob’ektiv roli uni yuqori sur’atlarida rivojlanishiga qaratiladi. 
Yol xojaligi tarmoq sifatida tarmoqdan tashqarida iste’mol etilishiga moljallangan 
ma’lum bir oxirigi mahsulotni yaratadi. Bu mahsulot konkret transport-tasarruf 
korsatkichlari bilan tavsiflanuvchi avtomobil yollari bolib, ular aholi va avtomobil 
transportiga foydalanish uchun taqdim etiladi. Тransport inshooti sifatida yollar ularda 
tashish jarayoni amalga oshirilayotgan vaqtda qilinadi. Ularning ishlab chiqarish 
jarayonida iste’mol qilinishi olchovi ularning yeyilishidir. Avtomobil yullarining axvoli 
ularning moddiy va ma’naviy jioatdan eskirganligi orqali aniqlanadi. 
Yollarning moddiy jihatdan yeyilishi kopdan-kop omillarga bogliq bolib, ularni 
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 
-tabiiy iqlim omillari-joyning relefi, tuproq-geologik va gidrologik sharoit, 
temperatura rejimi, yogingarchiliklar miqdori va xokazo; bu omillarning ta’sir etishi uzoq 
muddatli bolib, shartli doimiy xarakterga ega va yol qurilishida va loyixalashda xisobga 
olinadi; 
-transport tasarruf omillari-xarakat tarkibi va intensivligi, uning vaqt boyicha 
ozgarishi, transport vositalari turlari boyicha xarakatlanish tezliklari, harakatni tashkil 
etilishi, boshqa avtomobil yollari hamda temir yollari bilan kesishishlarning mavjudligi; 
-loyihalash omillari-qabul qilingan loyiha yechimlarining tabiiy iqlim va transport 
tasarruf omillariga mos kelishini aniqlovchi parametrlar kompleksi; 
-qurilish omillari-qurilish sifatini belgilovchi, ya’ni qurilgan yollar va inshootlar 
parametrlarining loyiha talablariga va texnik korsatmalar hamda me’yorlarga mos 
kelishligi. Bu omillarning ta’siri birinchi navbatda yollarning ta’mirlashlar orasidagi 
xizmat muddatida kozga tashlanadi; 
-yol-tasarruf omillari – yollarga va inshootlarga tabiiy – iqlim va transport – 
tasarruf omillarining ta’sir etishini sekinlashtirishga qaratilgan tadbirlar, ya’ni ta’mirlash 
va yollar holatini yaroqli holatda saqlashga xizmat qiluvchi ishlarning oz vaqtida amalga 
oshirilishi. 
Yollar faqat moddiy jihatdan emas, balki texnik progress ta’sirida texnik vositalar 
parametrlarining doimiy osib borishi ta’sirida ma’naviy jihatdan ham eskirib boradilar. 
Avtomobil transporti avtomobil yollarining transport-tasarruf korsatkichlariga yanada 
yuqoriroq talablar qoyadi, bu esa ularni loyihalashtirishda yanada yuqori normativlarning 


11 
kiritilishiga olib keladi. Avtomobil yollarini loyihalashtirishda ishlatiladigan normativ 
xujjatlarning amal qilish muddati yollarning xizmat qilish muddatidan bir necha barobar 
va hatto yolning texnik kategoriyasini belgilashning asosi bolgan loyihalash oxirida 
aniqlanadigan harakat intensivligini belgilovchi effektiv davrdan kam boladi. 
Yangidan amalga kiritilayotgan normativlar nafaqat tegishli kategoriyadagi 
yollarning yuqori texnik saviyasini, balki ulardagi kelajak harakat intensivligini ham 
kozda tutadi. 
Amalda yol xojaligida shuni ham hisobga olinadiki, avtomobil yollarining eng 
qimmat konstruktiv elementi – yol qoplamasi, uning qiymati yol qiymatining deyarli 
60%ini tashkil etadi, va u avtomobil gildiraklarining yolni buzuvchi ta’siri ostida 
oshirilgan sari qoshimcha konstruktiv qatlam bilan kuchaytirilishi mumkin, bu esa 
yollarni bosqichma-bosqich tamoyilda qurib borish mumkinligini korsatadi. Shu sababli 
avtomobil yollarini ta’mirlash paytida nafaqat yolning konstruktiv elementlari tabiiy 
yemirilishi oqibatlarini yoqotishga qaratilgan, balki ularning ma’naviy eskirishi 
oqibatlarini ham yoqotishga qaratilgan ishlar amalga oshiriladi, ya’ni yolni qaysi 
kategoriyaga tegishli deb topilgan bolsa, shu kategoriyaga mos kelmaydigan parametrlar 
me’yorlar talab darajasiga yetkaziladi. Bu esa shuni korsatadiki, yol – ta’mirlash ishlari 
oddiy qayta ishlab chiqarish emas, balki kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish 
xususiyatiga ega. 
Avtomobil yollarini oddiy qayta ishlab chiqarish ishlariga ob’ektlarning 
boshlangich transport – tasarruf korsatkichlarini tiklashga qaratilgan ishlar kiradi, ya’ni 
ularning tabiiy yemirilishi oqibatlarini yoqotish. Bunday ishlar yollarni ta’mirlash paytida 
bajariladi va quyidagilarni oz ichiga oladi: yol qoplamasini mustaxkamlash, suv 
qochiruvchi qurilmalar, bordgorlar, tirgovich devorlar va boshqa yol konstruktiv 
elementlarini tiklash. Bu ishlar yolning inventar qiymatini oshirmaydi, va bu ishlarni 
bajarish sarf-xarajatlari yolning yemirilishini hisobga oluvchi amortizatsiya miqdorini 
buxgalteriya hisobida kamaytirish yoli bilan hisobdan chiqariladi (slisovayetsya). 
Avtomobil yollarini kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlariga yangi 
konstruktiv 
elementlarni 
qurish, 
hamda 
yollarni 
kegaytirish, 
mustahkamlash 
(kuchaytirish) yoki amalda mavjud bolgan elementlarni texnik jihatdan qayta jihozlash 
ishlari kiradi. 
Bu ishlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 


12 
-
yol polotnosi va suv qochiruvchi qurilmalar boyicha – yolga berilgan texnik 
kategoriyaga muvofiq ravishda uning geometrik elementlarini me’yor darajasiga 
yetkazish, yangi suv qochiruvchi qurilmalarni, qirgoqlarni himoyalovchi va eroziyaga 
qarshi inshootlarni, yol kesishmalari joylarida yol polotnosi va suv qochiruvchi 
qurilmalarni qurish, avtobus bekatlari uchun yolni kengaytirish, yolning transportlar 
harakatlanadigan qismidan tashqarida avtomobillarning toxtab turishilari uchun 
maydonchalar qurish. 
-
yol qoplamasi boyicha – yolning qoplamali qismini kengaytirish, yollarning 
qayta qurilayotgan bolaklari, transport yechimlari (razvyazka) hamda avtobus bekatlari 
va avtomobillar uchun toxtab turish maydonchalarini yol qoplamasi bilan qoplash, 
bordyurlar ornatish, qoplamalari yaxshilangan yollarning chetlariga mustaxkamlovchi 
polosalar qurish. 
-
sun’iy inshootlar boyicha – mavjud bolgan kopriklar va yol otkazgichlarni 
(uzunliklari 60m gacha) butunlay yoki qisman qayta qurish yoki yangilarini qurish, 
yogochdan, temirbetondan, gishtdan va polatdan qurilgan kopriklarni kengaytirish va 
kuchaytirish, tog yollarida himoya galereyalari va ayvonlari (naves) qurish. 
Bu ishlarning amalga oshirilishi yol tashkilotlari balansida bolgan yollarning, 
ya’ni asosiy fondlarning, inventar qiymatlarining oshuviga olib keladi. 
Avtomobil yollarini ta’mirlashda uning boshqa elementlari boyicha kengaytirilgan 
qayta ishlab chiqarish boyicha kozda tutilgan ishlar hajmi ta’mirlashga sarflanadigan 
umumiy xarajatning 50-60%ini tashkil etadi. 
Yollarning inventar qiymatlarini ortishiga sabab boluvchi ishlar salmogining 
yuqoriligi avtomobil yollarining amaldagi transport-tasarruf korsatkichlari bilan ularga 
avtomobil transporti tomonidan qoyilayotgan talablar ortasidagi oraliqning katta 
ekanligidan darak beradi. 
Yangidan qurilayotgan va rekonstruksiyalangan ob’ektlarning ishga tushqurilishi 
hisobiga avtomobil yollarining kapitalligi doimiy ravishda oshirib borish bu 
xarajatlarning ta’mirlash ishlaridagi qiymatining kamayib borishida turgun tendensiya 
yaratadi. Hisob-kitoblar shuni korsatmoqdaki, qurilish me’yorlari va qoidalariga toliq 
amal qilingan holda qurilgan yangi avtomobil yollari uchun, yollarni ta’mirlashda 
ularning inventar qiymatlarini oshiruvchi xarajatlar yol qoplamasining turiga qarab, 
ta’mirlash qiymatining 10-50%ini tashkil etadi. 


13 
Korib chiqilgan, yollarning moddiy va ma’naviy eskirishiga sabab boluvchi 
omillar, yollarda otkazilishi kerak boladigan ta’mirlash ishlarining hajmi va muddatlarini 
belgilaydi. Тa’mirlash tadbirlari qiymatiga ish hajmidan tashqarii smeta narxlari omili (8 
bobga qaralsin) va ishlab chiqarish omillari: ishlarning bajarilish texnologiyasi, ularning 
mexanizatsiyalashganligi darajasi, ishlab chiqarish bazasining quvvati va ahvoli, 
mexanizatsiya vositalarining ahvoli, mehnatni tashkil etilish saviyasi, rejalashtirish va 
boshqarish, ishlarning bajarilish muddatlari va sifati ham ta’sir etadi. 
Shunday qilib, yol xojaligi tarmogi oldida turgan ishlab chiqarish masalalari, 
birinchidan, zaruriy texnik-iqtisodiy natija beruvchi optimal muddatlar va hajmda 
ta’mirlash ishlarini bajarish hisobiga «avtomobil yollarining transport-tasarruf 
korsatkichlarini loyiha yechimlarida belgilangan» saviyada ushlab turish, ikkinchidan 
avtomobil transporti talablariga muvofiq ravishda iqtisodiy samaradorligi hisob-kitoblar 
bilan asoslangan holda yol parametrlarini oshirib borish. Ham birinchi, ham ikkinchi 
masalani hal etishda zaruriy ishlarni bajarishga ketadigan xarajatlar, ta’mirlash ishlari 
otkazilayotgan yollarda avtomobil transportida boladigan yoqotishlarni ham birga hoshib 
hisoblanganda minimal bolishiligi kerak. 
Bu masalalarning hal etilishiga, ishlab chiqarish daromadlarini takomillashtirishga, 
ishlab chiqarish faoliyatining yangi iqtisodiy mexanizmiga otishga qaratilgan, tarmoq 
ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy maqsadi sifatida qaramoq kerak. 
Viloyat va mahalliy ahamiyatga ega bolgan avtomobil yollarini qurish va 
rekonstruksiya qilishni odatda yol xojaligi tashkilotlarining ozlari amalga oshiradilar, 
zarurat bolgan hollarda esa ular alohida turdagi ishlarni bajarish uchun oz vazirliklari 
yoki boshqa vazirliklarga qarashli koprik qurish boshqarmalari, koprik otryadlari, koprik 
quruvchi poyezdlar, tonnel otryadlari, mexanizatsiya boshqarmalarini jalb etishlari 
mumkin. 
Yollarni ta’mirlash ishlari odatda yol xojaligi tashkilotlarining kuchlari bilan 
amalga oshiriladi, ammo alohida holatlarda boshqa tashkilotlar tomonidan pudrat usulida 
ham bajarilishi mumkin. Yollarni yaroqli holatda tutish maqsadida bajariladigan ishlar 
yol xojaligi tashkilotlarining oz kuchlari bilan bajariladi. 
Shunday qilib, yol xojaligining mahsuloti ozining murakkabligiga qarab tarmoq 
korxonalarining oz kuchlari bilan, yoki kapital qorilish boyicha turdosh korxonalar bilan 
kooperatsiyalashgan holda yaratiladi. 


14 
Тarmoqdagi iqtisodiy aloqalarning birinchi va asosiy xususiyati tarmoqning 
ikkilanganligi va mahsulotining alohida xususiyatidadir: - bir tomondan olganda yol 
xojaligi – bu avtomobil yollari, ya’ni transport inshootlaridan, boshqa tomondan 
qaralganda esa – mehnat jamoalarining avtomobil yollarini saqlash va rivojlantirish bilan 
bogliq bolgan ishlab chiqarish faoliyatidan iborat. Bunda avtomobil yollari rasman 
tegishli ishlab chiqarish yol tashkilotlarining mulki hisoblanadi, ya’ni ularga xizmat 
korsatuvchi yol tashkilotlarining balansida turadi. Bu holat yol tashkilotlari faoliyatining 
yakuniy natijasi deb, xududiy yollar bilan ta’minlanganligi boyicha ma’lum darajadagi 
potensialni avtomobil transporti ishi orqali amalga oshadigan oziga xos xizmat turi 
potensialini yaratish deb qaralishi mumkin. Bu potensial – avtomobil transporti va butun 
yagona transport tizimining, jamiyat maishiy ehtiyojini qondirish borasida, uning 
samarali faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi moddiy – texnik sharoitlarning 
majmuidan iborat. 
Amalda yollar bilan ta’minlanganlik potensiali avtomobil yollarining texnik ahvoli 
va rivojlanish saviyasi orqali tavsiflanishi mumkin. 
Iqtisodiyotni boshqarishni qayta qurish perspektivasida faqat shu korsatkich, uning 
qiymatini vaqt mobaynida ozgarib borishi, yol tashkilotlari faoliyatini baholashda 
birlamchi mezon bolib ishlatilishi kerak boladi. Shu maxalgacha ishlatib kelingan 
korsatkichlar, bajarilgan ishlar hajmi va sarflangan mablaglar masalasiga kelsak, bu 
korsatkichlar sarf korsatkichlari bolib, ularning tom ma’nosi prinsipial ozgarishi kerak. 
Ular ishlab chiqarish faoliyatining olchamlari sifatida emas, balki ma’lum bir yakuniy 
natijaga erishish yolida sarflangan mablaglar va resurslar olchami sifatida qaralishi kerak. 
Yol xojaligi mahsulotining avtomobil transporti tomonidan iste’mol qilinishi, 
ya’ni yol tashkilotlari tomonidan yaratilgan potensialdan foydalanish, quyidagi omillar 
orqali aniqlanadi: yol tarmogida yollarning mavjudligi va ahvoli, avtomobil transportida 
harakatlanuvchi qismining texnik korsatkichlari va tashish hajmi, transport tizimida 
boshqa transport turlarining mavjudligi va tashish imkoniyatlari va transportdan tashqarii 
sohada tashishga bolgan ehtiyoj. Yol xojaligi mahsulotining iste’mol qilinishi moddiy 
ifodasini yollarning yemirilishi, avtomobil transportida va umuman transport tizimida 
resurslar tejami, milliy daromadning osishida oz ifodasini topadi. 
Ikkinchi xususiyat shu bilan bogliqki, avtomobil yollari transport, sanoat, qurilish, 
qishloq xojaligi va boshqa korxona hamda tashkilotlar va aholi tomonidan tekinga 


15 
foydalaniladi. Ularning yemirilishi tashish tannarxiga kiritilmasdan, avtomobil yollarini 
ta’mirlashga bolayotgan xarajatlar togridan-togri davlat byudjetidan yoki korxona va 
tashkilotlar tomonidan belgilangan qat’iy me’yorlar asosida ajratilayotgan mablaglar 
hisobiga moliyalashtiriladi. Shu sababli yol xojaligida xalq xojaligining boshqa 
tarmoqlarida qayta ishlab chiqarishda mavjud bolgan iste’mol bilan ishlab chiqarish 
ortasidagi togridan togri boglanish, avtomobil yollari qurilishi, ularni ta’mirlash va soz 
holda tutish uchun bolgan xarajatlar bilan yol xojaligi mahsulotini iste’moli ortasida 
mavjud emas. 
Yol 
xojaligining 
uchinchi 
muhim 
xususiyati 
shundaki, 
tarmoqni 
moliyalashtiruvchi 
manbaalar 
kop 
bolib, 
ular 
moddiy 
jihatdan 
balanslashtirilmaganligidir, hamda yol xojaligi uchun moddiy – texnik resurslar ajratish 
onlab yillar mobaynida rejalashtirish organlari tomonidan «qoldiq» prinsipi deb ataluvchi 
prinsip asosida amalga oshirilib 
kelgan. Hozirgi paytda avtomobil yollariga kapital mablaglarni moliyalashtirish 
manbaalari quyidagilardan iborat: 
-
Umumdavlat va mahalliy ahamitga ega bolgan yollarni qurish va rekonstruksiya 
qilish uchun byudjetdan ajratiladigan mablaglar hamda yol xojaligini moddiy-texnik 
ta’minlashga qaratilgan sanoat ob’ektlari va titul transport inshootlariga ajratiladigan 
mablaglar («markazlashgan manbaa»dan ajratiladigan mablaglar). 
-
Respublika va viloyat ahamitiga ega bolgan yollar qurilishi va rekonstruksiyasi 
uchun ishlatiladigan, tarifga muvofiqlashishni amalga oshiruvchi avtomobil transporti 
daromadidan olinadigan 2%li ajratmalar; 
-
Viloyat va mahalliy ahamiyatga ega bolgan yollar qurilishi va ta’mirlanishiga 
yonaltirilgan sanoat, transport, qurilish va boshqa xojalik tashkilotlarining mablaglari; 
-
Qurilayotgan korxonalarni mamlakatning mavjud bolgan transport tarmogi bilan 
boglash maqsadida umum foydalanish yollari yoki uning qismlari (bolaklari) qurilishida 
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarining ulushli ishtiroki mablaglari; 
-
boshqa manbaalar – ijtimoiy fondlar, sponsorlar va hokazo. 
Yol xojaligi tarmogi oz faoliyati natijalarini realizatsiya qilishdan, ya’ni yolarni 
avtomobil transportiga foydalanishga taqdim etishdan hech qanday daromad olmaydi. U 
davlat byudjeti tomonidan me’yorlangan limit boyicha ajratiladigan yoki mamlakat 
iqtisodiyoti korxonalari tomonidan me’yorlangan badallar (vznoslar) korinishida 


16 
ajratiladigan mablaglar hisobiga yashaydi. Shu sababli yollarni rekonstruksiyalash hamda 
ta’mirlash bilan intensivlik ortasidagi mutanosiblikni, harakatlanuvchi tarkib tomonidan 
yollarga bildirilayotgan talablarni qondirish qiyinlashadi. 
Kelgusida yol xojaligini moliyalashtirish bozor iqtisodining qonunlari va talablari 
bilan toliq muvofiqlashtirilishi lozim. 

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish