Yo'l Belgilari Ogohlantiruvchi belgilar



Download 199,33 Kb.
bet16/16
Sana29.12.2021
Hajmi199,33 Kb.
#79723
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Yo'l belgilari

6. Servis belgilari.


Servis belgilari transport vositalari, yo'lovchilar va haydovchilarga xizmat ko'rsatish joylari haqida ma'lumot berish uchun qo'llaniladi.




6.1

"Tibbiy yordam ko'rsatish joyi"


6.2

"Shifoxona"


6.3

"Yonilg'i shoxobchasi"


6.4

"Texnik xizmat ko'rsatish joyi."


6.5

"Transport vositalarini yuvish joyi"


6.6

"Telefon"


6.7

"Oshxona"


6.8

"Ichimlik suv"


6.9

"Mehmonxona"


6.10

"Kemping"


6.11

"Dam olish joyi"


6.12

"DAN maskani"


7. Qo'shimcha axborot belgilari.

Qo'shimcha axborot belgilari ular bilan birgalikda qo'llangan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning ta'sirini cheklash uchun qo'llaniladi.



7.1.1

"Manzilgacha bo'lgan masofa" Belgilangan yo'lning xavfli joyigacha bo'lgan masofani, yo'l harakatiga tegishli cheklovlar kiritilgan joyni yoki harakat yo'nalishi bo'yicha oldindagi muayan joyni ko'rsatadi.





7.1.2

"Manzilgacha bo'lgan masofa" Chorraha oldida 2.5 belgisi o'rnatilgan bo'lsa, 2.4 belgisidan chorrahagacha bo'lgan masofani ko'rsatadi.





7.1.3

"Manzilgacha bo'lgan masofa" Yo'ldan manzilgacha bo'lgan masofa.





7.1.4





7.2.1

"Ta'sir oralig'i" Ogohlantiruvchi, buyuruvchi, axborot-ishora belgilarining ta'sir oralig'ini ko'rsatadi.


























































"Ta'sir oralig'i" Bu belgilar faqat taqiqlovchi 3.27-3.30 belgilari bilan qo'llaniladi.





7.2.2


7.2.3


7.2.4


7.2.5


7.2.6




Belgining ta'siri saqlangan oraliqni ko'rsatadi.

Belgi ta'sir oralig'i oxirini ko'rsatadi.

Haydovchilarga belgi ta'sirida ekanliklari haqida ma'lumot beradi.

Maydon, binolar oldi va shunga o'xshash joylar chetida to'xtash va to'xtab turish taqiqlanganda belgining ta'sir oralig'i va yo'nalishni ko'rsatadi.





7.3.1

"Ta'sir yo'nalishlari"Chorraha oldida o'rnatilgan belgilarning ta'sir yo'nalishini ko'rsatadi.





7.3.2





7.3.3





7.4.1

"Transport vositasining turi"Belgining ta'siri joriy etilgan transport vositalari turini ko'rsatadi.





7.4.2





7.4.3





7.4.4





7.4.5





7.4.6





7.4.7




7.4.1 qo'shimcha belgisining ta'siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, to'la vazni 3.5 tonnadan ortiq bo'lgan transport vositalariga, 7.4.3 qoshimcha belgisi esa engil avtomobillarga, shuningdek, to'la vazni 3.5 tonnagacha bo'lgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.





7.5.1

"Shanba, yakshanba va bayram kunlari"





7.5.2

"Ish kunlari"





7.5.3

"Hafta kunlari" Belgiga haftaning qaysi kunlari amal qilishi ko'rsatilgan.





7.5.4

"Amal qilish vaqti" Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni ko'rsatadi.





7.5.5

"Amal qilish vaqti" Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni ko'rsatadi.





7.5.6





7.5.7




"Transport vositasini to'xtab turish joyiga qo'yish usuli".





7.6.1






Barcha turdagi transport vositalarini to'xtab turish uchun yo'lning qatnov qismida, piyodalar yo'lkasi yoniga qo'yish usuli.

Piyodalar yo'lkasi yonidagi to'xtab turish joyiga engil avtomobillar va mototsikllarni qanday qo'yish usuli ko'rsatilgan.


7.7

"Yurgizgichni ishlatmasdan to'xtab turish joyi" 5.15 belgisi bilan birgalikda qo'llanganda, to'xtab turish joyida faqat yurgizgichi ishlamayotgan transport vositalariga to'xtab turishiga ruxsat etilganini bildiradi.





7.8

"Pullik xizmat ko'rsatish joyi" Naqd pulga xizmat ko'rsatilishini bildiradi.





7.9

"To'xtab turish muddati cheklangan" 5.15 belgisi o'rnatilgan to'xtab turish joyida transport vositalari to'xtab turishining eng ko'p muddatini ko'rsatadi.





7.10

"Avtomobillarni ko'rikdan o'tkazish joyi" 5.15 yoki 6.11 belgisi bilan ko'rsatilgan maydonlarda estakada yoki ko'zdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi.





7.11

"To'la vazni cheklangan" To'la vazni qo'shimcha belgida ko'rsatilgan miqdordan ortiq bo'lgan transport vositalariga taaluqli.





7.12

"Xavfli yo'l yoqasi" Yo'l ishlari bajarilayotgani sababli yo'l yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogoxlantiradi, 1.23 belgisi bilan qo'llaniladi.





7.13

"Asosiy yo'lning yo'nalishi" Chorrahada asosiy yo'lning yo'nalishini ko'rsatadi.





7.14

"Harakatlanish bo'lagi" Belgi yoki svetofor ta'siridagi harakatlanish bo'lagini ko'rsatadi.





7.15

"Ko'zi ojiz piyodalar" 1.20, 5.16.1, 5.16.2 belgilari hamda svetofor bilan qo'llaniladi, piyodalar o'tish joyidan ko'zi ojiz kishilar foydalanishi haqida ogohlantiradi.





7.16

"Nam qoplama" Belgi qatnov qismining qoplamasi nam bo'lgan vaqtda ta'sir etishini ko'rsatadi.





7.17

Nogironlar 5.15 belgisi bilan qo'llaniladi. To'xtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq Nogiron taniqliq belgisi o'rnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini ko'rsatadi.





7.18

"Nogironlar mustasno" Belgilarning ta'siri ushbu Qoidalarning 28.3 bandiga muvofiq "Nogiron" taniqliq belgisi o'rnatilgan transport vositalariga va motokajavalarga joriy etilmaydi.
















































































































Qoshimcha belgilar qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga joylashtiriladi. 7.2.2-7.2.4, 7.13 qo'shimcha belgilari yo'lning, yo'l yoqasining, piyodalar yo'lkasining tepasiga o'rnatilgan belgining yoniga joylashtiriladi.
Vaqtinchalik (ko'chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma'no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha o'rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.
Eslatma: Ogohlantiruvchi, taqiqlovchi, buyuruvchi, axborot-ishora yo'l belgilarining tagida mazkur yo'l belgisining ta'sir oralig'ini ko'rsatuvchi 7.2.1 qo'shimcha axborot belgisi o'rnatilgan bo'lsa, yo'l belgilarining ta'sir oralig'i oxirini ko'rsatuvchi yo'l belgisi o'rnatilishi shart emas.





Yo'l harakati qoidalariga
2 - ilova

Yotiq chiziqlar

1. Yotiq chiziqlar.


Yo'lning qatnov qismi yuzasidagi chiziqlar, ishoralar, yozuvlar va boshqa belgilar harakatlanish tartibini belgilaydi.
Yo'l yuzasidagi yotiq chiziqlar oq rangda bo'ladi (1.4, 1.10 va 1.17 chiziqlar sariq rangda bo'ladi.)

1.1 - qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yo'lning havfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismini anglatadi; transport vositalarining to'xtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistrallar qatoriga kiritilmagan yo'lning harakatlanish qismi chegarasini bildiradi.


1.2 (enli sidirg'a chiziq)-avtomagistrallarda harakatlanish qismi chegarasini bildiradi.
1.3 - to'rt va undan ortiq harakatlanish bo'lagi bo'lgan yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi.
1.4 - to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 "To'xhtash taqiqlangan" yo'l belgisi bilan qo'llaniladi hamda yo'lning harakatlanish qismi chetiga yoki yo'l chetidagi to'siq (bordyur) ustidan chiziladi.
1.5 - ikki yoki uch bo'lakli yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan ikki yoki ko'proq bo'lakli yo'llarda bo'laklarning chegaralarini bildiradi.
1.6 (yaqinlashish chizig'i - har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta bo'lgan uzuq-uzuq chiziq) - qarama-qarshi yoki bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashayotganlik hakida ogohlantiradi.
1.7 - (har bir chizig'i qisqa va oralari shu chiziqlar bo'yiga teng bo'lgan uzuq-uzuq chiziq) - chorrahadagi harakatlanish bo'laklarini bildiradi.
1.8 (enli uzuq-uzuq chiziq) - tezlanish yoki sekinlanish bo'lagi bilan yo'lning harakatlanish qismidagi asosiy bo'lagi o'rtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yo'lning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar to'xtaydigan joylarda va h.k.).
1.9 - reversiv harakatlanishda qatnov qismining chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo'llarda (reversiv svetofori o'chirilgan holatda) qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimini ajratadi.
1.10 - to'xtab turish taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.28 yo'l belgisi bilan qo'llaniladi va yo'lning harakatlanish qismi chetiga yoki yo'l chetidagi to'siq (bordyur) ustidan chiziladi.
1.11 - faqat biror bo'lakka qayta tizilishga ruxsat etadi, bir yo'nalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, to'xtash maydonchalari va shunga o'xshashlarga kirish uchun mo'ljallangan joylarda manyovr faqat bir yo'nalishda ruxsat etilganligini ko'rsatadi.
1.12 (to'xtash) - 2.5 belgisi yoki svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi to'xtash kerak bo'lgan joyni ko'rsatadi.
1.13 - kesishgan yo'lda harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l berish zarur bo'lganda haydovchi transport vositasini to'xtatishi lozim bo'lgan joyni ko'rsatadi.
1.14.1, 1.14.2 (zebra) - yo'lning harakat tartibga solinmagan qismida piyodalarning o'tish joyini belgilaydi.
1.14.2 belgining ishorali yo'naltirgichlari piyodalarning harakatlanish yo'nalishini ko'rsatadi.
1.14.3 - piyodalarning harakati svetofor yordamida tartibga solinganini bildiradi.
1.15 - yo'lning velosiped yo'lkasi kesib o'tgan joyini bildiradi.
1.16.1-1.16.3 - transport vositalari oqimi ajraladigan yoki qo'shiladigan joylardagi yo'naltiruvchi orolchalarni bildiradi.
1.17 - belgilangan yo'nalishli transport vositalari to'xtash joylari hamda taksilarning to'xtab turish joylarini bildiradi. 1.18 - chorrahada bo'laklar bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishlarini ko'rsatadi. Yakka holda yoki 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan qo'llaniladi. Oxiri berk yo'l tasvirlangan chiziq, shu yo'nalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini ko'rsatadi. Chetki chap bo'lakdan chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich shu bo'lakdan qayrilishga ham ruxsat beradi.
1.19 - harakatlanish qismining toraygan (shu yo'nalishdagi harakatlanish bo'laklarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11chizig'iga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1-1.18.3 yo'l belgilari bilan qo'llanilishi mumkin.
1.20 - haydovchini 1.13 chizig'iga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi.
1.21 ("STOP" - to'xtang yozuvi) - 2.5 belgisi bilan birga qo'llanilganda haydovchini 1.12 chizig'iga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.
1.22 - yo'l (harakatlanish yo'nalishi) raqamini ko'rsatadi.
1.23 - yo'lning faqat belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun mo'ljallangan bo'lagini bildiradi.
1.1 va 1.3 chiziqlarinibosib o'tish taqiqlanadi, harakatlanish qismining chetini bildirish uchun qo'llanilgan 1.1 chizig'i bundan mustasno.
1.2, 1.5-1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.
Reversiv svetoforlar bo'lmaganda yoki ular o'chirib qo'yilganda, 1.9 chizig'i faqat u haydovchining o'ng tomonida bo'lsa, bosib o'tishga ruxsat etiladi.
Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yo'nalishli bo'laklarni ajratayotgan 1.9 chizig'ini istalgan tomonidan bosib o'tishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor o'chirilganda, haydovchilar darhol 1.9 chizig'idan o'ngga qayta tizilishlari kerak.
Reversiv svetofor o'chirilgan bo'lsa, qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chizig'ini bosib o'tish taqiqlanadi. 1.11 chizig'ini uzuq-uzuq tomondan, shuningdek, sidirg'a chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki chetlab o'tishni tugatayotganda bosib o'tishga ruxsat etiladi.
Ko'chma tirgakka o'rnatilgan vaqtinchalik yo'l belgilari va chiziqlar ma'no jihatidan bir-biriga zid kelsa, haydovchilar vaqtinchalik yo'l belgilariga amal qilishlari kerak.

2. Tik chiziqlar.


Tik chiziqlar - yo'l inshootlari va jihozlari yuzalariga ketma-ket chizilgan yo'l-yo'l oq-qora chiziqlar majmuisidan iborat bo'lib, ularning o'lchamlarini ko'rsatishda, ko'z bilan chamalash vositasi sifatida xizmat qiladi.

2.1 - harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tug'diradigan yo'l inshootlarining tik elementlari (ko'priklar va osma yo'llar, ustunlar va h.k.)ni bildiradi.


2.2 - tonnellar, ko'priklar, osma yo'l va ko'priklarning pastki qirrasini bildiradi. 2.3 - ajratish bo'laklaridagi yoki �xavfsizlik orolchalari"dagi dumaloq ustunlarni bildiradi.
2.4 - yo'naltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, to'siq tirgaklar va hokazolarni bildiradi.
2.5 - yo'lning kichik radiusli bo'rilishlari, tik nishabliklari va boshqa xavfli joylarida yo'l chetiga o'rnatilgan to'siqlarning yon yuzalarini bildiradi.
2.6 - boshqa joylardagi to'siqlarning yon yuzalarini bildiradi.
2.7 - yo'lning xavfli joylarida uning chetidagi to'siqni (bordyurni) va yo'l sathidan baland bo'lgan �xavfsizlik orolchalari� chetini bildiradi.

Yo'l harakati qoidalariga
3 - ilova

Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar

1. Tormoz tizimi.


1.1. Tormoz tizimining tuzilishi o'zgartirilsa, ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmasa yoki transport vositasining shu turida ko'zda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa qismlar qo'llanilsa.
1.2. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi quyidagi me'yorlar talabini ta'minlamasa:


T/r

Transport vositasi turi

Tormoz yo'li (ko'pi bilan) metr hisobida

1981 yil 1.01dan ishlab chiqarila boshlagan

1981 yil 1.01dan oldin ishlab chiqarila boshlagan







aslahalangan holda

to'la vaznda

aslahalangan holda

to'la vaznda




1

Engil avtomobillar va ularning yuk tashishga moslashtirilgan turlari

12.2

12.9

14.5

16.2

ular shatakka olganda

13.6

16.5

14.5

16.5

2

Avtobuslar:

to'la vazni 5 tonna va undan kam bo'lgan

13.6

17.0

18.7

21.2

to'la vazni 5 tonnadan ortiq bo'lgan

16.8

17.4

19.9

21.2

3

Yuk avtomobillari:

to'la vazni 3.5 tonna va undan kam bo'lgan

15.1

19.0

19.0

23.0

to'la vazni 3.5 tonnadan 12 tonnagacha va 12 tonna bo'lgan

17.3

20.1

18.4

23.0

to'la vazni 12 tonnadan ortiq bo'lgan

16.0

19.7

17.7

23.0

4

Avtopoezdlar shatakchi transport vositasi bilan:

to'la vazni 3.5 tonna va undan kam bo'lgan

17.7

21.8

22.7

25.0

to'la vazni 3.5 tonnadan 12 tonnagacha va 12 tonna bo'lgan

18.8

21.3

22.1

25.0

to'la vazni 12 tonnadan ortiq bo'lgan

18.4

20.8

21.9

25.0

5

Ikki g'ildirakli mototsikl va mopedlar

7.5

7.5

7.5

7.5

6

Kajavali mototsikllar

8.2

8.2

8.2

8.2

Izoh: 1. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi davlat namunasiga muvofik boshqa o'lchamlar bilan ham belgilanishi mumkin.


2. Ishchi tormoz tizimi - yo'lning beton, asfal'tbeton, quruq, toza tekis qoplamali, yotiq qismida tormozlash boshlangan vaqtdagi tezligi avtotransport vositalari uchun soatiga 40 km, mototsikl, mopedlar uchun soatiga 30 km bulganda sinovdan o'tkaziladi. Agar haydovchi tormozlash vaqtida to'g'ri yo'nalishni saqlash uchun harakatlanish izini o'zgartirishga majbur bo'lsa yoki to'g'ri chiziqli harakati buzilsa, sinov natijalari bekor qilinadi.
1.3. Gidravlik tormoz uzatmasining zijligi (germetikligi) buzilgan bo'lsa.
1.4. Pnevmatik tormoz uzatmasining zijligi buzilishi natijasida havo siquvchi moslama (kompressor) ishlamay turganda va boshqaruv qismlari ulanmaganda - 30 daqiqada, ulanganida - 15 daqiqada tizimdagi havo bosimi 0,05 MP (0,5 kg/sm2dan ko'p pasayishiga sabab bo'lsa.
1.5. Tormoz uzatmasidagi havo bosimini o'lchaydigan asbob (monometr) ishlamasa.
1.6. To'xtatib turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa:
to'la vazndagi transport vositalarini 16 foizdan kam bo'lmagan qiyalikda;
aslahalangan holatdagi engil avtomobillar, ularning yuk tashishga moslashtirilgan turlari, shuningdek, avtobuslarni 23 foizdan kam bo'lmagan qiyalikda;
aslahalangan holatdagi yuk avtomobillari va avtopoezdlarni 31 foizdan kam bo'lmagan qiyalikda.
Izoh: To'xtatib turish tormoz tizimi sinovdan o'tkazilayotganda yurgizgich transmissiyadan ajratilgan bo'lishi kerak.
1.7. Qulflovchi moslama to'xtatib turish tormoz tizimining dastagi (richagi)ni ushlab tura olmasa.


2. Boshqaruv qurilmasi.


2.1. Boshqaruv qurilmasidagi lyuft (qismlar birikmasidagi eyilish) yig'indisi quyidagi ko'rsatgichdan katta bo'lsa:


T/r

Transport vositasining turi

Erkin qismlar o'rtasidagi eyilish yig'indisi, ko'pi bilan gradus hisobida

1

Engil avtomobillar va ular asosida yaratilgan yuk avtomobillari hamda mikroavtobuslar

10

2

Avtobuslar

20

3

Yuk avtomobillari

25


2.2. Boshqaruv qurilmasidagi qismlar tuzilishida ko'zda tutilmagan sezilarli o'zgarishlar yoki transport vositasida yukxonasi (rama, kabina, shassi)ga nisbatan qo'zg'algan bo'lsa, qurilmadagi rezbali birikmalar tegishli ravishda mahkamlanmagan bo'lsa.
2.3. Boshqaruv qurilmasining tuzilishida ko'zda tutilgan kuchaytirgich yoki mototsikllarda tebranishni pasaytiruvchi asbob (dempfer) nosoz bo'lsa yoki umuman bo'lmasa.
2.4. Boshqaruv qurilmasida qoldik deformatsiya izlari, darz ketgan joylari va boshqa nuqsonlari bo'lgan qismlar o'rnatilgan, shu transport vositasi turida ko'zda tutilmagan yoki ishlab chiqargan korxona talabiga mos kelmaydigan qismlar va suyuqliklar qo'llangan bo'lsa.

3. Tashqi yoritgichlar.


3.1. Tashqi yoritgichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining tuzilishi talabiga mos kelmasa.
Izoh: 1. Mototsikl, mopedlar bitta, boshqa transport vositalari esa ikkita tumanga qarshi faralar bilan jihozlangan bo'lishi mumkin.
Tumanga qarshi faralar yo'l yuzidan 250 mm dan kam bo'lmagan balandlikda joylashishi, lekin yaqinni yorituvchi faralardan baland bo'lmasligi, transport vositasining o'qiga mutanosib va tashqi gabaritdan ko'pi bilan 400 mm uzoqlikda joylashishi kerak.
2. Tumanga qarshi bitta yoki ikkita qizil chiroq transport vositalarining orqasiga 400-1200 mm balandlikda va to'xtatish ishorasida kamida 100 mm yaqinlikda o'rnatiladi.
3 Tumanga qarshi fara, orqa chiroqlar, gabarit chiroqlari va davlat raqami belgisini yorituvchi chiroqlar bir vaqtda yoqilishi kerak.
4. Engil transport vositasi va avtobusga bitta yoki ikkita qo'shimcha qizil rangli, tormoz berganda yonuvchi chiroqni 1250-1400 mm balandlikda o'rnatishga ruxsat etiladi.
5. Ishlab chiqarilishi to'xtatilgan engil avtomobillarga boshqa turdagi, rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritgichlarini o'rnatishga ruxsat etiladi.
3.2. Yorituvchi fara nurining yunalishi buzilgan bo'lsa.
3.3. Agar tashqi yoritgichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan bo'lsa.
3.4. Yoritish asboblarida nur sochuvchisi bo'lmasa yoxud nur sochuvchi va lampalar tegishli yorug'lik asboblari turiga mos bo'lmaganidan foydalanilgan bo'lsa.

4. Oyna tozalagich va oyna yuvgichlar.


4.1. Oyna tozalagich belgilangan tartibda ishlamayotgan bo'lsa.
4.2. Transport vositasining tarkibida ko'zda tutilgan oyna yuvgich ishlamayotgan bo'lsa.

5. Shinalar.


5.1.Engil avtomobillar shinasi naqshlari izlarining qoldik chuqurligi 1.6 mm dan, yuk avtomobillariniki - 1.0 mm dan, avtobuslarniki - 2.0 mm dan, mototsikl va mopedlarniki - 0.8 mm dan kam bo'lsa.
Izoh: Tirkamalar shinasi naqshlari izlarining qoldik chuqurligi shatakchi transport vositasi shinalari uchun belgilangan me'yor kabidir.
5.2. Shinalarning ba'zi joylari shikastlangan yoki boshqa nuqsonlarga (kesilgan, yorilgan) ega bo'lsa.
5.3. Qo'shaloq shinalar orasiga xavf-xatar tug'diruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan bo'lsa.
5.4. Shina o'lchamlari yoki unga cheklangan og'irlik transport vositasining turiga mos kelmasa.
5.5. Transport vositasining bitta o'qiga diagonal va radial, shuningdek, har xil naqshli shinalar o'rnatilgan bo'lsa.
5.6. Shaharlararo qatnaydigan avtobusning oldingi o'qiga naqshi qayta tiklangan shina, boshqa o'qiga esa ikkinchi marta (2-darajali) ta'mirlash yuli bilan tiklangan shinalar o'rnatilgan bo'lsa.
5.7. Engil avtomobillar va avtobuslarning (shaharlararo qatnaydigan avtobuslardan tashqari) oldingi o'qiga ikkinchi marta (2-darajali) ta'mirlash yo'li bilan tiklangan shinalar o'rnatilgan bo'lsa.

6. Yurgizgich (motor).


6.1. Ishlab chiqqan gazlar tarkibida zararli moddalar yoki tutash darajasi belgilangan me'yordan ortiq bo'lsa.
6.2. Yo'nilg'i uzatish tizimi zich (germetik) bo'lmasa.
6.3. Radio to'lqinlaridagi shovqinni so'ndiruvchi moslamalar bo'lmasa.
6.4. Ishlab chiqarilgan gazlarni chiqarib tashlash tizimi buzuq bo'lsa.
6.5. DAN organlari ruxsatisiz yurgizgich tuzilishiga o'zgartirish kiritilgan, boshqa turdagi yo'nilg'ida ishlatish uchun qo'shimcha moslama va jihozlar o'rnatilgan bo'lsa.

7. Transport vositasi tuzilishining bo'lak qismlari.


7.1. Transport vositasining tuzilishida ko'zda tutilgan orqa tomonni ko'rsatuvchi ko'zgu bo'lmasa.
7.2. Tovush moslamasi (signal) ishlamasa.
7.3. Transport vositasiga tevarak-atrof ko'rinishini cheklaydigan qo'shimcha narsalar, ko'zgusimon, shuningdek, tegishli davlat standartlarida belgilangan me'yorlarni buzgan holda tayyorlangan tusi o'zgartirilgan (qoraytirilgan) oynalar o'rnatilgan bo'lsa.
Izoh: 1. Engil avtomobillarning oldingi ikki yoniga orqa tomon ko'rinishini ta'minlaydigan tashqi ko'zgu o'rnatilgandagina orqa oynasiga parda o'rnatishga ruxsat etiladi.
2. Transport vositalarining faqat orqa va yon oynalari yorug'lik o'tkazuvchanligini 70% dan kam bo'lmaydigan qilib, davlat standarti talablarini buzmagan holda tusini o'zgartirish (qoraytirish)ga ruxsat etiladi. Avtomobillarning tom qismidagi lyuk oynasi bundan mustasno.
7.4. Tarkibida ko'zda tutilgan yukxona, kabina eshiklari, qulflari, yuk platformasi bortlarining temir yopqichlari, yonilg'i idishi va tsisternalar og'zining qulflari, haydovchi o'rindig'i holatini sozlovchi moslama, falokat yuz bergan vaqtida chiqish joylari, eshiklarni ochish va yopish moslamasi, spidometrlar, haydab olib qochishga qarshi, oynani isituvchi va havo almashtirish moslamalari buzuq bo'lsa yoki umuman bo'lmasa.
7.5. Spidometr qurilmasi nosoz yoki tamg'alanmagan (shaxsiy transport vositalari, mototsikl va mopedlardan tashqari) bo'lsa.
7.6. Tarkibida ko'zda tutilgan, o'zi yurib ketganda xavfsizlikni ta'minlovchi orqa bufer, loy to'sgich va sachratmagichlar bo'lmasa.
7.7. Ressorlarning asosiy qatlami yoki markaziy bolti shikastlangan bo'lsa.
7.8. Shatak tirkama burimining tortish-tirkash yoki tayanch-tirkash moslamasi hamda ko'zda tutilgan ehtiyot (po'lat arqon) zanjirlari nosoz bo'lsa. Mototsikl bilan kajava ramasi mahkamlangan joyda lyuft (ramalar o'rtasida oraliq, eyilish) bo'lsa.
7.9. Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan bo'lsa:
avtobuslarda tibbiyot qutichasi (aptechka), favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalanadigan bolg'acha, o't o'chirgich, majburiy to'xtaganini bildiruvchi belgi (miltillovchi qizil chiroq);
mikroavtobus, yuk va engil avtomobillarda tibbiyot qutichasi (aptechka), o't o'chirgich, majburiy to'xtaganini bildiruvchi belgi (miltillovchi qizil chiroq);
ishlab chiqargan korxona tomonidan nazarda tutilmagan va belgilanmagan joyda antenna, sirena, ratsiya, tovush chiqarish moslamalari, yoritgichlar va har xil bezaklar tegishli ruxsatsiz o'rnatilsa;
to'la vazni 3.5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida va to'la vazni 5 tonnadan ortiq bo'lgan avtobuslarda tisarilishga qarshi tirgak (boshmoq);
avtopoezdlar, tirkamalar, traktorlar, aravalar va boshqa o'ziyurar mashinalarda tashqi yorug'likni qaytaruvchi (qizil-oq rangli) xavfsizlik moslamalari;
kajavali mototsikllarda tibbiyot qutichasi, falokat sababli to'xtashga majbur bo'lganini bildiruvchi belgi.
Izoh. Tibbiyot qutichasi va o't o'chirgich transport vositalarini ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan joyga mustahkam o'rnatiladi. Agar transport vositasining konstruktsiyasida bunday joylar ko'zda tutilmagan bo'lsa, tibbiyot qutichasi oson olinadigan joyga, o't o'chirgich esa engil avtomobillarning salonida yoki jukxonasida, avtobuslarda esa bitta o't o'chirgich haydovchining kabinasida, ikkinchisi yo'lovchilar salonida bo'lishi kerak (mikroavtobuslarda bitta o't o'chirgich haydovchiga qo'lay joyjda o'rnatiladi). Katta va o'rta avtobuslar bundan tashqari favqulodda holatlarda avtobus oynasini sindirish uchun maxsus bolg'achalar bilan (avtobus salonida) jihozlangan bo'lishi lozim.
7.10. Maxsus transport vositalarida ko'zda tutilgan chiroq-mayoqcha, navbatma-navbat chalinadigan maxsus tovushlar va rangdor chizmalardan foydalanayotgan bo'lsa.
7.11. Transport vositasida uni ishlab chiqargan korxona tomonidan ko'zda tutilmagan boshqa nusxadagi yukxona (kuzov) qismlari o'rnatilgan bo'lsa.
7.12. Yukxona, kabina qismlari to'la ta'mirlanmagan va bo'yog'i tashqi ko'rinishni buzadigan hamda bir necha xil rangga bo'yalgan bo'lsa (maxsus transport vositalari bundan mustasno).
7.13. Ikki g'ildirakli mototsikl tarkibida ko'zda tutilgan xavfsizlik yoyi (duga) bo'lmasa.
7.14. Mototsikl va mopedlarda ko'zda tutilgan oyoq tiragich, egarida yo'lovchi uchun ko'ndalang tutqich o'rnatilmagan bo'lsa.
Izoh: Bir turdagi transport vositalarida buferlar, moldinglar, qoplamalar, g'ildirak qopqoqlari va h.k. ni o'zaro almashtirishga ruxsat etiladi.
7.15. Ilovada ko'rsatilgan texnika talablariga Davlat namunalari bo'yicha o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Download 199,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish