Tayanch tushunchalar:
ANSAMBL (rus-fransuzcha)-o‘zaro mos va uyg‘un qismlarning
birikuvidan xosil bo‘lgan bir butun narsa.
ARK (fors- tojikcha)-Mahalliy tipdagi imoratning ikkinchi qavati va shu ikkinchi qavatdagi uy.
BOLOXONA (fors-tojikcha)- Mahalliy tipdagi imoratning ikkinchi qavati va shu ikkinchi qavtdagi uy.
GUMBAZ (fors-tojikcha)-Qubba shaklidagi tom; qubba taxlitdagi narsa.
DAHMA (fors-tojikcha)- Qabr ustuga o‘rnatilgan yodgorlik, sag‘ana, maqbara.
IZORA- Devorning tokcha bilan bino sahni orasidagi pastki qismi, shu qismiga, ishlanadigan bezak.
KOSHIN (fors-tojikcha) –Devorlar sirtini qoplash uchun ishlatiladigan sirkor bezak matirial turi.
KUNDAL- 1)Zar ip qushib bo‘rttirib to‘qilgan qimmatbaho shoyi mato.2) Me’morchilikda devorga burttirib ishlanadigan bezak turi.
KO‘SHK (fors-tojikcha)- Baland, bebaho qilib solingan yengil imorat.
MAJMUA (arabcha) – Ma’lum me’moriy reja asosida o‘zaro mutanosib qurilgan binolar, ansambl.
PESHTOQ (fors-tojikcha) – Madrasa binoga qo‘shib yoki alohida qurilgan baland g‘o‘la shaklidagi inshoot.
POYDEVOR (fors-tojikcha)- 1).Bino, inshoot yoki ularning ayrim qismi ostiga tayanch uchun quriladigan mustahkam asos, fundament. 2) Zamin; negiz, baza.
TABAQA (arabcha) – Darvoza, eshik, deraza kabilarning ochib yopiladigan har bir bulagi.
TUYNUK – Eski tipdagi mahalliy uylarning devoridan yoki tepasidan yorug‘lik kirib turushi uchun qoldirilgan teshik.
TO‘SIN – Imoratning va umuman har qanday qurilma va inshootning tepasiga ko‘ndalang solingan baquvvat xari bolor.
FASAD.(rus-fransuzcha-fassiata)- Bbino, inshoatning tashqi,ya’ni old, orqa yonining hovli, bog‘ va ko‘cha tomondan kurinishi.
XONAQOH (fors-tojikcha) – Gumbazli katta bino, xona; masjidning keng va katta xonasi.
O‘RDA –Turk- mug‘il davlatlari hukmdorlarining qarorgohi, poytaxti, saroy.
QAL’A (arabcha) – Dushman hujumiga qarshi mustahkam devor va xandak bilan o‘ralgan, mudofaa vositalari, istehkomlar bilan taminlangan shahar.
QAFASA- Minora tepasidagi ko‘shksimon qo‘rilma, maxsus xona.
QUBBA (arabcha) – Gumbazsimon tom turi.
HUJRA (arabcha)- Bir va bir necha kishiga muljallangan yotoqxona.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Tarh deganda nimani tushunasiz?
Temur davrida qanday tarhli qal’alar bunyod etilgan?
To‘g‘ri to‘rtburchak tarihdagi qal’alar qaysi davrlarda bunyod etilgan?
Aylana tarihdagilarichi?
IX-XI asrlarda qanday asori- atiqalar barpo etilgan?
Ismoil Samoniy, Arab Ota, Mirsaid Bahrom maqbaralari, Qirqqiz saroyi, Sulton Saodat ansambli va Ravoti Malik karvonsaroyi qaysi asrlarda bunyod etilgan?
Ko‘kaldosh madrasasi qaysi shaharda?
Qo‘qonda qanday obidalar barpo etilgan?
XIX-XX asrlarda qaysi yodgorliklar bunyod etilgan?
Xivada qanday yodgorliklar bor?
Shohi Zinda ansambli haqida nimalar bilasiz?
Registon me’moriy yodgorligi qayerda joylashgan va qasi madrasalardan iborat? Ular haqida gapirib bering?
Sitorai Mohi Xosa saroyi qayerda va qaysi asrda qurilgan?
hazrati Xizr masjidi haqida nimalarni bilasiz?
Qaysi me’morchilik obidisiga 214 ta ustun urnatilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |