Zakrovli birikmalar
Oynalanadigan duradgorlik buyumlari tayyorlashda zakrovli
birikmalar hosil qilinadi. Zakrovli birikmalar dasta bet, to‘g‘ri tirnoqli
yoki porsi usulida biriktirilishi mumkin.
Zakrovli birikmalar boshqa turdagi birikmalarga qaraganda bir oz
murakkab bo‘lib, ma’lum darajada malaka bo’lishini talab etadi. Shuning uchun ham zakrovli birikmalar hosil qilish mashqini o'quvchilarda yetarli ko'nikma va mehnat uialakalari hosil bo lgandan so'ng o‘tkaziigaru
rna'qul.
Quyida to‘g‘ri tirnoqli zakrovii birikmalar hosil qilish usuli bilan
tanishib o'tamiz.
Brusoklarning uchi go'niyali qilib tayyorlangandan so‘ng a
o'lchamda tirnoq va quloq uzunligi rejalanib go'niya yordamida qolgan
tomonlarga olib o'tiladi.
Zakrov ochilganda quloqning qirg'og'idan qirqimi 1 sm 2 bo'lgan
a uzunlikdagi qismi randalanib (chiqib) ketadi. Buni hisobga olib
tirnoq chiqarishda zakrovlik tomonidan 1 sm qisqa kertiladi. Shuning
uchun tirnoqni rejalashda a o'lchamdagi reja chizig'idan 1 sm tashlab
a - 1 o'lchamda qo‘shimcha reja chiziladi va go ’niya yordamida qolgan
tomonlarga olib o'tiladi.
Tirnoq va quloqlarni rejalashda zakrov ochilishini hisobga olib
xatkashning bitta chizg'ichini hamma vaqt 1 sm o'lcbamga sozlanadi.
(Chunk) zakrov randa qirg'oqdan 1 sm 2 qirqimlik zakrov ochadi.)
Ikkinchi chizg'ichni esa iskananing enini hisobga olib, unga 1 sm qo'shib
sozlanadi (iskananing eni 15 mm bo‘lsa xatkashning ikkinchi chizg‘ichini 25 mm ga sozlanadi). Xatkashni shu tariqa o'lchamga soziab tirnoq va quloq rejalanadi.
Tirnoq chiqarish va quloq ochisa reja asosida olib boriladi. Tirnoq
chiqarishda zakrovli tomondan a=1 sin o ‘lchamli reja chizig'igacha
tilinib so'ng kertiladi. Orqa tomondan o'lchamli rejagacha tiiinib so‘ng
kertiladi.
Quloq odatdagidek ochilaveradi.
Zakrovlar bir yoqli ochilganda hamma vaqt brusokning ≪bet≫ va
≪yordamchi bet≫ lar kesishuvchi qirrasidan ochiladi. Zakrov zakrovranda yordamida ochiladi.
To'g'n timoqli zakrovli birikmalarga sifat berish maqsadida ≪bet≫
tomondan zakrov ochilsa, orqa tomondan faska chiqariladi. Buni hisobga olib tirnoq chiqarishda orqa tomondan o‘lchamda kertmak chiqarmasdan,balki tilishni a o ‘lchamgacha olib borib kertishda a =1 o’lchamli reja chizig'idan a o'lchamli reja chizig iga tushadigan qilib burchak ostida arralab kertiladi.
Barcha qismlardagi faskalarning bir xil chiqishini ta’minlash uchun faska chiqariladigan qirra bo'yicha xatkashning katta o'lchamli cho'pi bilan, orqa tomonga 1 sm ga sozlangan cho'pi bilan reja chizib oiinadi. Buning uchun xatkashni tirnoq, quloq rejalashga sozlangan hozircha saqlash kerak. Faska chiqarishda randalash reja chizig'igacha davom ettiriladi.
Agar zakrovli birikmalarga faska o'rnida gul chiqarilsa tirnoq,
quloqlar porsi usulida biriktiriladi. Biriktiriluvchi qismlardagi gullami
bir-biriga mos kelishini ta ’minlash maqsadida gul chiqarishdan oldin
qismlami xomaki yig'ib, birikmaning tekisligi ta'minlangandan so'ng
qayta qismlarga ajratib gul chiqariladi.
Tayyor bo'lgan qismlar yig'ilib jipsligi ta'minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |