Yoģ kislotalari.-oksidlanish Energiya balansi.Lipidlar biosentizi
1. Yoģ kislotalari
2. -oksidlanish
3.Lipidlar biosentizi
Reja:
1. Yoģ kislotalari - Yog’lar organizmda joylashgan o’rinlariga qarab: protoplazmatik va rezerv yoki zahira yog’lar guruhiga bo’lib qaraladi. Protoplazmatik yog’lar asosan hujayralarning tarkibiy qismiga kirib, ularning miqdori deyarli o’zgarmas, doimiydir. Rezerv yoki zahira yog’lar esa teri ostida, yog’ depolarida (dumbalarda) va ichak organlar atrofida joylashgan bo’lib, ularning miqdori doimiy emas. Organizm och kolganida yoki biror kasallikka yo’liqqanida bu yog’larning miqdori o’zgarib turadi.
Lipidlar quyidagi ikki guruhga bo’lib qaraladi: neytral yog’lar va lipoid (yog’simon) birikmalar.
O’z navbatida lipoid birikmalar: fosfatidlar, sterin va steridlar, serobrazidlar, ganglozidlar va mumlar kabi kenja guruhlarga bo’lib o’rganiladi. Bu birikmalarning hammasi ham hayvon organizmida o’tadigan biokimyoviy jarayonlarda turlicha rol o’ynaydi. Masalan: neytral yog’lar hayvon organizmida qurilish materiali sifatida xizmat qilib, organizmning hayotchanligi uchun sarf etiladigan energiyaning 25-30 % i shu yog’larning oksidlanishi natijasida hosil bo’ladi, ya’ni bir gramm yog’ oksidlanganda 9,3 kkal energiya hosil qiladi.
Yog’larning organizmda oksidlanishi natijasida hosil bo’ladigan suvning, ayniksa, cho’lda yashovchi hayvonlarning suvga bo’lgan ehtiyojini qondirishda ahamiyati kattadir. Teri osti yog’lari esa hayvon organizmini issiq saqlashda termoizolyatorlik rolini o’ynaydi. - Yog’larning organizmda oksidlanishi natijasida hosil bo’ladigan suvning, ayniksa, cho’lda yashovchi hayvonlarning suvga bo’lgan ehtiyojini qondirishda ahamiyati kattadir. Teri osti yog’lari esa hayvon organizmini issiq saqlashda termoizolyatorlik rolini o’ynaydi.
- Ichki organlar atrofini o’rab olgan yog’lar esa organizmni turli xil ta’sirlardan, urilishlardan asraydi. Ozuqa tarkibidagi yog’da eruvchi vitaminlarni (A, D, E, K) yog’da erib, qonga shimiladigan holga kelishida ham yog’larning roli katta.
Umuman yog’larning sifatini va tozaligini aniqlashda ularning quyidagi fizik konstantalaridan juda keng foydalaniladi.
- Sovunlanish soni — 1 g yog’ tarkibidagi erkin yog’ kislotalari va yog’larning sovunlanishi uchun sarflangan 0,1 n kaliy ishqori (KOH) ning mg miqdori bilan aniqlanadi.
- Kislotali soni — 1 g yog’ tarkibidagi erkin yog’ kislotalarining titrlash uchun sarflangan 0,1 n kaliy ishqori (KOH) ning mg miqdoriga tengdir
Adabiyotlar - 1. R.I.Afonskiy. “Bioximiya jivotnix”. 1982 god.
- 2. T.T.Beryozov, B.V.Korovkin. “Biologicheskaya ximiya”. 1990 god.
- 3. O.D.Kushmanov, G.M.Ivchenko. “Rukovodstvo k laboratornim zanyatiyam po biologicheskoy ximii”. 1983 god.
- 4. A.G.Mаlахоv, S.I.Vishnyakоv “Biохimiya sеlskохоzyaystvеnniх jivоtniх” M. 1984 g.
- 5. P.Mirahmedov, S.Xoliqov, L.Rabinovich. “Hayvonlat bioximiyasidan amaliy mashg’ulotlar”. 1990 yil.
- 6. Yo.X. To’raqulov. “Biokimyo”. Toshkent “Meditsina” 1996 y.
- 7. M.M.Hаsаnоv “Hаyvоnlаr biоkimyosi” T. “O’zbеkistоn” 1996 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |