qayd qilib uning tartib raqamini xabar qiladi. Shu paytdan boshlab tijo-
rat banki yuridik shaxs maqomini oladi.
Tijorat banklariga berilgan litsenziya shartlarining bajarilishi Mar-
kaziy bank tomonidan nazorat qilib boriladi. Shu maqsadda bank tomo-
nidan xorijiy valutada amalga oshirilgan operatsiyalar taftish qilinadi,
tematik jihatdan tekshiriladi.
Markaziy bank quyidagi hollarda bank operatsiyalarini amalga
oshirish uchun berilgan litsenziyasini qaytarib olishi mumkin:
bankni ro‘yxatga olish uchun zarur b o‘lgan hujjatlar topshirilmaganligi;
ta’sis hujjatlarning qonun hujjatlariga nomuvofiqligi;
bir yoki bir necha muassisning moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi;
bankni ro‘yxatga olish paytigacha eng kam ustav kapitalining to‘plan-
maganligi;
bank rahbari va bosh buxgalter lavozimlariga nomzodlarning bu kasbga
nomuvofiqligi.
106
[73]. O‘zbekiston Respublikasida bank tizimining barqaror amal
qilish sharoitlarini ta’minlash maqsadida, Markaziy bank o‘zining 1997-
yil 22 avgustdagi «Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish qoidalari»
(MB 10-sonli yo‘riqnoma)ga muvofiq quyidagi iqtisodiy me’yorlarni
joriy etgan:
yangi tuzilgan va amal qilayotgan banklar uchun ustav
(aksionerlik) kapitalining eng kam miqdori;
bank kapitalining yetarlilik (adekvatlilik) koeffitsiyenti (kamida
0,08);
bank kapitali va uning majburiyatlari nisbati koeffitsiyenti
(kamida 0,05);
bank likvidligi ko‘rsatkichlari;
lahzalik – kamida 0,25
joriy – kamida 0,30
qisqa muddatli – eng yuqori.
bitta qarz oluvchiga riskning eng yuqori darajasi (0,25);
barcha yirik kreditlar uchun riskning eng yuqori darajasi (uch
martadan ko‘p bo‘lmagan);
bitta omonat kreditorga riskning eng yuqori darajasi (aksioner
kapitalining 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda);
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarda bankning o‘z mablag‘-
laridan foydalanish (eng yuqori 0,15).
Shuni ta’kidlash kerakki, Tijorat banklar Markaziy bank tomonidan
belgilanadigan iqtisodiy normativlarga rioya etishlari shart. Banklar o‘z
kapitali va likvid resurslarini yetarli darajada saqlab turishlari, aktivlarni
tasniflash asosida shubhali va harakatsiz aktivlarga qarshi zaxiralarni
bank to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda;
litsenziya berishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning noto‘g‘riligi aniq-
langanda;
bank o‘z omonatchilari va boshqa kreditorlar oldidagi majburiyatlarini ba-
jarishga qodir bo‘lmaganida;
hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda;
qonun hujjatlariga va litsenziya shartlariga zid keladigan bank ope-
ratsiyalari amalga oshirilganda;
monopoliyaga qarshi qoidalar buzilganda;
O‘zbekiston Respublikasida o‘z sho‘’ba bankini tashkil etgan chet el ban-
kidan litsenziya qaytarib olinganda.
107
tashkil etishlari shart, shuningdek, zarar ko‘rish xavfini kamaytirish
maqsadida o‘z aktivlari diversifikatsiyalanishlarini ta’minlashlari lozim.
Banklar:
amalga oshirilgan investitsiyalarning turlari yoki shakllariga;
ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulk sotib olish hamda unga ega-
lik qilishga;
boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida qatnashishga doir
shartlarga rioya etishlari lozim.
Banklar:
kapitalni taqsimlash natijasida o‘z kapitali talab qilinadigan eng
kam miqdordan ham kamayib ketadigan bo‘lsa, kapitalni taqsimlashga;
aksiyalar shaklidagi o‘z qimmatli qog‘ozlari bilan kafolatlangan
kredit berishga;
oldindan Markaziy bankning roziligini olmay turib, o‘z aksiya-
larini sotib olishga haqli emaslar.
Iqtisodiy me’yorlarning kutilayotgan o‘zgarishlari to‘g‘risida
Markaziy bank bir oydan kechikmasdan e’lon qiladi.
[74]. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari fao-
liyati ustidan nazorat organi sifatida, ular tomonidan bank qonunchiligi va
me’yoriy hujjatlar buzilgan taqdirda, xususan, «Markaziy bank to‘g‘ri-
sida»gi, shuningdek, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarga
muvofiq jarima sanksiyalari va boshqa jazo choralarini qo‘llashi mumkin.
«Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga bank faoliyatini tartibga
soluvchi, bank qonunchiligi va me’yoriy hujjatlarni buzganligi uchun
qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq
(1997-yil 25 yanvardagi 74-sonli yo‘riqnoma), Markaziy bank majburiy
zaxira talablari va belgilangan iqtisodiy me’yorlar buzilganligi uchun
majburiy zaxira jamg‘armalarini shakllantirishdagi qo‘yilmagan mablag‘-
lar summasining qayta moliyalashtirish stavkasidan ikki baravar oshmay-
digan miqdorda jarima solishi mumkin. Bir necha marta qoida buzilishlari
ro‘y berganda esa:
bunday banklarga Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash
kreditlarini berishni to‘xtatish;
kredit resurslari auksionida bu banklarning ishtirok etishini man
etish;
belgilangan iqtisodiy me’yorlar banklar va ularning filiallari
tomonidan buzilganda har buzilgan normativ uchun ustav kapitalining
minimal miqdorini 0,1 % gacha jarima solish (ammo buzilgan nor-
108
mativlarning barchasi bo‘yicha jarima ustav kapitalining minimal miq-
dorining 1 foizdan oshmasligi lozim);
ssudalar bo‘yicha zaxira jamg‘armalarini shakllantirish bo‘yicha
normativlarga banklar tomonidan uch martadan ortiq hollarda yoki
normativ 12 oy davomida bajarilmagan taqdirda Markaziy bank bank
faoliyatini yuritish bo‘yicha litsenziyani olib qo‘yishi mumkin;
bank muddati o‘tgan qarzdorlik kredit qo‘yilmalarining umumiy
summasini 5 foizidan oshgan taqdirda, uning kelgusida qarzi o‘sib
borsa, Markaziy bank bank faoliyatini yuritish bo‘yicha litsenziyani
tortib olish huquqiga ega;
tijorat banklari qayta moliyalash kreditlarini o‘z muddatlarida
qaytarmasa, unda bu qarzlar bo‘yicha foizlar amaldagi qayta moliyalash
stavkalari, ikki barobari miqdorida undiriladi;
Markaziy bankning markazlashgan kreditlari o‘z vaqtida qaytaril-
maganda, ular muddatidan oldin yoki qisman qaytarilganda, xo‘jalik yu-
rituvchi subyektlardan har bir muddati o‘tgan kun uchun amaldagi qayta
moliyalash stavkalarini ikki barobari miqdorida undiriladi.
Shuningdek, quyidagi qoida buzilishlar bo‘yicha jarima sanksiyalari
qo‘llaniladi:
to‘lov intizomini buzganligi uchun sanksiyalar;
valuta operatsiyalarini yuritish tartibini buzganligi uchun
sanksiyalar;
kassa operatsiyalarini yuritish tartibini buzganlik uchun sanksiyalar;
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar yuritish tartibini tartibga so-
luvchi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni buzganligi uchun qo‘llanadi-
gan choralar;
bankda hisob raqamini ochish, shuningdek, statistik hisobot tartibini
buzganligi uchun sanksiyalar va boshqa sanksiyalar.
[75]. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvi raisi
tomonidan 1998-yil 9-noyabrda tasdiqlangan 240-sonli «Banklarni
tugatish to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq banklarni tugatish uchun qu-
yidagilar asos bo‘ladi:
bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani
Markaziy bank tomonidan qaytarib olinishi;
bankni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi aksionerlar yoki ta’sischilar
umumiy yig‘ilishining qarori;
yagona ta’sischisi davlat bo‘lgan banklar uchun hukumat qarori;
sud qarori bo‘yicha bank bankrot deb e’lon qilinganida.
109
Do'stlaringiz bilan baham: |