[55]. – [27] ga qarang.
[56]. «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi
qonunning 52-moddasida banklar uchun majburiy bo‘lgan quyidagi
iqtisodiy normativlarni qo‘llash ta’kidlangan:
kapitalning yetarlilik koeffitsiyentini;
bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga
tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;
likvidlik koeffitsiyentlarini;
aktivlarni tavsiflash va baholashga doir talablarni, shuningdek,
bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga kiriti-
ladigan chegirmalardan shubhali va harakatsiz qarzlarga qarshi tashkil
etiladigan zaxiralarni shakllantirishni;
qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqish va ularni bank daromad-
lari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni;
ochiq valuta mavqeyi limitlarini belgilaydi.
Markaziy bank iqtisodiy normativlarning o‘zgarishi to‘g‘risida
kamida bir oy oldin e’lon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |