ma’lumotlar quyidagilarni tashkil etdi: (mln. so‘mda)
499
1/I-62. 1/V- 70. 1/IX- 70.
1/II-60. 1/VI- 69. 1/X-82.
1/III-66. 1/VII-63. 1/XI-80.
1/IV-68. 1|VIII-67. 1|XIII-78.
Ssudalar bo‘yicha hisobot yilidagi foizli daromadlar - 18900 ming
so‘mni tashkil etdi. Kelgusi yilda kredit qo‘yilmalarning o‘rtacha 20%
ga yillik o‘sishi bashorat qilinmoqda, ssudalar bo‘yicha foiz stavkasi 2
foiz punktiga pasayishi kutilmoqda.
Quyidagilarni aniqlang:
1. Hisobot yili uchun:
A) kredit qo‘yilmalarning o‘rtacha yillik summasini;
B) ssudalar bo‘yicha foiz stavkasining o‘rtacha darajasini.
2. Kelgusi yil uchun: kreditlar uchun foizlar bo‘yicha daromad-
larning bashorat qilinayotgan summasini.
3. Kreditlar uchun foizlar bo‘yicha daromadlarning oshishi yoki
kamayishiga omillarning ta’sirini.
2.3-topshiriq
Hisobot yilida tijorat bankining qimmatli qog‘ozlarni sotish
bo‘yicha aylanmasi 6 mln so‘mni tashkil etdi. Sotib olish va sotish
narxlari o‘rtasidagi farq 2 % ni tashkil etdi. Aksiya kursining o‘rtacha
o‘sishi 10%ni tashkil etdi.
Kelgusi yil prognozi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha
aylanma 25% ga o‘sadi, sotib olish va sotish o‘rtasidagi o‘rtacha farq esa
0,2 punktga kamayadi.
Hisobot yilida boshqa foizli daromadlar 380 ming so‘mni tashkil
etdi. Kelgusi yilda foizli daromadlarni 135 ming so‘mga o‘sishi
kutilmoqda.
Aniqlang:
1. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisobot yili va kelgusi yil uchun
daromadni.
2. Boshqa foizli daromadlar summasini.
3. 2.1 va 2.3-topshiriqlar asosida quyidagi shakl bo‘yicha foizli
daromadlarning umumiy summasini:
№ Foizli
daromadlar
Hisobot yili
uchun
Kelgusi
yil uchun
O‘zgarish
(+/-)
1. Ssudalar
bo‘yicha
2. Qimmatli
qog‘ozlar
bo‘yicha
3. Boshqa foizli daromadlar
Jami foizli daromadlar
500
2.4-topshiriq
1. Hisobot yilida depozitlarning o‘rtacha yillik qiymati 32 mln.
so‘mni tashkil etdi. 4 mln. so‘m foizlar to‘langan. Kelgusi yilda
depozitlarni 50 % ga o‘sishi bashorat qilinmoqda. Kredit bahosining
pasayishi munosabati bilan depozitlar bo‘yicha foizlarning o‘rtacha
darajasi 2,5 punktga tushishi kutilmoqda.
2. Olingan banklararo kreditlarning o‘rtacha yillik qiymati 30 mln.
so‘mni tashkil etdi, ular bo‘yicha yillik foiz stavkasi 29% tashkil etdi.
Bank kapitali va depozitlarining qiymatining ko‘payishi bilan banklararo
kreditlar summasi 5 mln. so‘mga kamayadi. Ular bo‘yicha foiz stavkasi
2 punktga pasayadi.
3. Hisobot yilida boshqa foizli xarajatlar 1 mln so‘mni tashkil etdi,
kelgusi yilda 10% ga o‘sishi kutilmoqda.
Aniqlang:
depozitlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlarni bashorat qilinayotgan
qiymatini;
banklararo kreditlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlarni bashorat
qilinayotgan qiymatini;
boshqa foizli xarajatlar va umumiy foizli xarajatlar qiymatini.
2.5-topshiriq
Hisobot yili va kelgusi yilga mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar uchun
zaxiraga ajratmalar kredit qo‘yilmalar summasidan 1% ni tashkil etadi.
(2.2-topshiriq)
Aniqlang:
1. Ssudalar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar
uchun zaxiraga ajratmalarni hisobot va kelgusi yil uchun summasini.
2. 2.2-2.5 topshiriq ma’lumotlari asosida hisobot va kelgusi yil
uchun foizli daromad (foyda)ni va sof foizli daromadni hamda quyidagi
shakl bo‘yicha ushbu ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atlarini:
t/r Ko‘rsatkichlar Hisobot
yilida
Kelgusi
yilda
O‘sish
sur’atlari
(%)
1. Foizli
daromadlar
2. Foizli
xarajatlar
3. Foizli
foyda
4. Ssudalar
bo‘yicha
yuzaga kelishi mumkin bo‘l-
gan yo‘qotishlar uchun zaxiraga ajratmalar
5. Sof foizli foyda
501
2. Kelgusi yil uchun foizli foyda bashorat bo‘yicha xulosa tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: