47-jadval.
Balans ma’lumotlariga asoslanib mijozning
kreditga layoqatliligini aniqlash tartibi
Ming so‘m
№ Ko‘rsatkichlar
Bazis davr
Joriy davr
%
1 2
3
4
5
Likvid mablag‘lar
109 627
138 991
126,8
a) pul mablag‘lari
2474
11313
457,3
b) tez sotiladigan talablar
25606
62286
243,2
1.
c) tez sotiladigan zaxiralar
81 547
65392
80,2
Majburiyatlar - jami sh.j.: 236136
250464
106,1
2.
a) Qisqa muddatli majburiyatlar 51107 61179
119,17
o‘z mablag‘lar manbalari
185029
189285
102,3
a) ustav kapitali
169181
169181
100,0
b) rezerv kapitali
503
503
100,0
3.
c) taqsimlanmagan foyda 15345
19601
127,7
4. Uzoq
muddatli
aktivlar
126509
111473
88,1
Aylanma mablag‘lar:
a) jami, sh.j.
109627
138991
126,8
b) o‘z aylanma mablag‘lar (3-4)
58520
77812
132,9
5.
c) aylanma mablag‘larning o‘rtacha
qoldig‘i
54813 69496
126,8
6. Sotilgan mahsulot hajmi
234949
291256
124,0
7. Tahlil qilinayotgan davrdagi kunlar
360
360
-
Koeffitsiyentlar
Balans likvidligi (1:2)
0,46
0,55
119,6
Qoplash koeffitsiyenti (1:2a)
2,15
2,27
105,6
Likvidlik koeffitsiyenti
(1 qatorning a+b)/2
0,55 1,20
2,18
Moliyaviy barqarorlik
koeffitsiyenti (3:2)·100
78,3 75,5
96,4
O‘z aylanma mablag‘larining
salmog‘i (5b:5a)
53,4 56,0
104,9
Aylanish koeffitsiyenti
a) so‘mda (6:5v)
4,3
4,2
97,7
b) kunda (5v · 7:6)
84
86
102,4
Korxonaning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi 30
foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Agar aylanma mablag‘larning aylanish
tezligi ko‘proq bo‘lsa, unday hollarda bu ko‘rsatkichning quyi darajasi
(xo‘jalik faoliyatining turiga qarab) biroz pastroq bo‘lishi mumkin. Agar
bu koeffitsiyent 60 foiz bo‘lsa, kredit riski minimal darajaga tushirilgan
hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti qancha yuqori bo‘lsa,
korxona shunchalik moliyaviy barqaror hisoblanadi va bank kreditini
360
o‘z vaqtida qaytarish layoqatliligi yuqori bo‘ladi.
Yuqoridagi misolimizda moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti bazis
davrda 78,3 foizni, joriy davrda esa 75,5 foizni tashkil qilib shu davr
ichida bu ko‘rsatkich 2,8 punktga kamaygan. Ammo bu kamayish
mijozning sinfiga o‘z ta’sirini o‘tkazmagan. Natijada mijoz birinchi
sinfdaligicha qolgan.
[223]. Mijozni likvid yoki nolikvid balansliligini aniqlash uchun
kreditga layoqatlilikning quyidagi ko‘rsatkichlarini hisoblash zarur:
o‘z aylanma mablag‘larining hajmi va dinamikasi;
samaradorlik (foydalilik) koeffitsiyenti;
noto‘lovlar va aylanma mablag‘larining aylanish sur’atlari.
O‘z aylanma mablag‘larining hajmi quyidagicha aniqlanadi:
O‘z aylanma
mablag‘lari
hajmi
=
O‘z mablag‘lari
manbalari
-
Uzoq muddatli
aktivlar
47-jadvalda:
5b = 3 - 4
Bazis davrda o‘z aylanma mablag‘larining hajmi 58520 ming
so‘mni, joriy yilda esa 77812 ming so‘mni tashkil qildi. Bu holat
mijozning likvid balansga ega ekanligidan dalolat beradi, chunki o‘z
aylanma mablag‘lari hajmi shu davr ichida 19292 ming so‘mga ortgan.
Uzoq muddatli aktivlar esa shu davr ichida 15036 ming so‘mga
kamaygan.
Agar asosiy vositalar o‘z mablag‘lari manbayidan ortiq bo‘lsa, bunday
holda mijoz nolikvid balansga ega bo‘ladi.
Nolikvid balansli korxonalarga esa kredit berilishi mumkin emas.
Kreditga layoqatlilikni aniqlashda o‘z aylanma mablag‘larning
salmog‘ini, ularning aylanish sur’atlarini inobatga olish o‘ta zarurdir.
Chunki bu salmoq ortib borsagina yoki oldingi davrga nisbatan
o‘zgarishsiz qolsagina mijozning kreditga layoqatliligi ijobiy hisob-
lanadi. Mablag‘larning aylanish sur’atlari:
aylanma mablag‘larning aylanish koeffitsiyenti (marta);
aylanma mablag‘larning aylanishi (kunda) ko‘rsatkichlari bilan
ifodalanadi.
47-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, kuzatilayotgan korxo-
nada aylanma mablag‘larining aylanish koeffitsiyenti bazis davrda 4,3
marta aylangan bo‘lsa, joriy davrda bu ko‘rsatkich 4,2 martani tashkil
qilgan. Demak, aylanish sur’ati birmuncha kamaygan. Aylanma mab-
lag‘larning kunlarda aylanishi bazis davrda 84 kunni tashkil etgan
bo‘lsa, joriy davrda 86 kunga teng bo‘lgan. Demak, aylanma mablag‘-
larning aylanishi tezlashgan. Bu, albatta, ijobiy holat. Chunki aylanma
361
mablag‘larning aylanishi qanchalik tezlashsa, shunchalik aylanma
mablag‘lari iqtisod qilinadi.
[224]. Kredit mutaxassisi kredit oluvchining kredit olish uchun
ariza berishga va kredit shartnomasiga imzo qo‘yishga qonuniy jihatdan
huquqi borligiga ishonch hosil qilishi lozim. Shu huquqning borligi
mijozning kredit olishga layoqatliligini bildiradi. Agar mijoz yuridik
shaxs bo‘lib, yirik korxona yoki uyushma bo‘lsa, uning vakili albatta shu
korxona yoki uyushmaning Kengashi tomonidan tayinlangan, tasdiqlan-
gan bo‘lishi, uning nomidan muzokaralar olib borib, kredit shartnomasi-
ni imzolash huquqini olgan bo‘lishi lozim. Buning uchun mijoz kredit
mutaxassisiga Kengash qarorining tasdiqlangan nusxasini topshirishi
kerak bo‘ladi.
Mijozning kredit olishga layoqatliligini bildiruvchi ma’lumotlar:
mijoz va kafillarining haqiqiyligi;
mijoz yuridik maqomiga ega ekanligini tasdiqlovchi Nizom,
qaror, bitimlar va boshqa hujjatlarning notarial tasdiqlangan nusxalari;
mijozning faoliyati, ishlab chiqaradigan mahsuloti, uning
mijozlari va xomashyo bilan ta’minlovchilari haqidagi notarial tasdiq-
langan hujjatlar to‘plami.
[225]. Kredit olish uchun berilgan har qanday arizani tahlil qilish
jarayonida kredit mutaxassisi mijoz kreditdan foydalanishi natijasida
olgan daromadi orqali kreditni qaytarish uchun yetarli mablag‘ga ega
bo‘ladimi, yo‘qmi, degan savolga ijobiy javob olishi lozim.
Mijoz olgan kreditni qoplashi uchun asosan uchta manbaga ega
bo‘ladi:
a) naqd pul oqimi;
b) aktivlarni sotish va naqd pulga aylantirish;
c) qimmatli qog‘ozlar yoki majburiyatlar chiqarish orqali
mablag‘larni jalb qilish.
Qayd qilingan mablag‘lardan har qaysisi kreditni qoplay oladi.
Lekin banklar asosan naqd pul oqimini afzal ko‘radilar. Chunki mijoz
aktivlarining sotilishi uning balansi ahvolini yomonlashishiga, chetdan
qo‘shimcha mablag‘ jalb qilishi esa bankning kreditor sifatida
mavqeyining pasayishiga olib keladi.
Mijozning pul mablag‘lari haqida ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:
a) mijozning o‘tgan davrdagi dividendlari va sotilgan mahsulotlari
hajmi;
b) ko‘zda tutilgan naqd pul tushumining yetarliligi;
c) likvid zaxiralarning mavjudligi;
d) debitor-kreditor qarzlarni to‘lash muddati, tovar-moddiy
362
zaxiralarning aylanishi;
e) sarmoyaning tuzilishi va leveraj darajasi, ya’ni o‘z sarmoyasi va
jalb qilingan mablag‘lardan foydalanilgan samaradorlik ko‘rsatkichlari;
f) xarajatlar ustidan nazorat;
g) qoplanganlik ko‘rsatkichlari;
h) aksiyalari baholarining o‘sishi;
i) boshqaruv sifati;
j) auditor xulosasi;
k) buxgalteriya hisobidagi so‘nggi o‘zgarishlar.
[226]. Mijozning ta’minlanganlik darajasi masalasida kredit mijozi,
mijoz kreditni ta’minlashi uchun yetarli sarmoyaga yoki sifatli
aktivlarga egami, degan savolga javob bera olishi lozim. Kredit
mutaxassisi mijoz aktivlarining xizmat muddati, tuzilishi va ahvolini
yaxshilab o‘rganishi kerak. Bunda asosiy omil mijozning texnologiyasi
bo‘lib, uning aktivlari texnologiya nuqtayi nazaridan eskirgan bo‘lsa,
ularning ta’minlanganlik qobiliyati yuqori bo‘lmaydi, chunki mijoz
daromadlari kreditni qoplash uchun yetmay qolganda, bu aktivlarni naqd
pulga aylantirish qiyin bo‘ladi.
Mijozning ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagicha:
a) aktivlarga egalik huquqi;
b) aktivlardan foydalanish muddati;
c) ma’naviy eskirish ehtimoli;
d) qoldiq bahosi;
e) aktivlarni muayyan maqsadlarga mos kelish darajasi;
f) majburiyatlar va cheklanishlar;
g) lizing bo‘yicha majburiyatlar va garov hujjatlari;
h) sug‘urta kafolati;
i) bankning kreditor sifatidagi o‘rni;
j) soliq solish bo‘yicha da’volar;
k) kelajakda yuzaga keladigan moliya bilan ta’minlanish ehtiyojlari.
[227]. Kredit mutaxassisi mijoz va u bilan bog‘liq bo‘lgan sohadagi
va umuman iqtisodiyotdagi so‘nggi o‘zgarishlardan doimo xabardor
bo‘lishi lozim. Hujjatlarga ko‘ra, kredit juda ishonchli va daromadli
bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin mamlakat iqtisodiyotidagi tanglik
tufayli mahsulotlar savdosi hajmining va daromadning kamayishi yoki
pulning qadrsizlanishi tufayli foiz stavkalarining ko‘tarilishi natijasida
kredit sifati yomonlashishi (pasayishi) mumkin. Kredit oluvchi faoliyat
ko‘rsatayotgan mazkur soha va iqtisodiyotni baholash maqsadida
kreditor ularga taalluqli ma’lumotlar va axborotlar majmuyini to‘playdi.
Bu quyidagilardan iborat:
a) mijozning tarmoqdagi holati va bozordagi ulushi;
b) mijoz faoliyatining natijalari bilan mazkur tarmoqdagi boshqa
363
firmalar faoliyatlari natijalarining taqqoslanishi;
c) mahsulotning raqobatdoshligi;
d) mijoz va tarmoq faoliyatining texnologiyadagi o‘zgarishlarni
sezuvchanligi;
e) ish kuchi bozoridagi sharoit;
f) pul qadrsizlanishining mijoz balansi va naqd pullari oqimiga
ta’siri;
g) tarmoqning uzoq kelajakdagi faoliyati rejalari;
h) qonunlar, siyosat va atrof-muhitni saqlash bilan bog‘liq omillar.
[228]. Mijozning kredit olishga layoqatliligini baholashning eng
so‘nggi omili – nazoratdir. Mavjud qonunlar va tartiblarning o‘zgarishi
mijozning faoliyatiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi, mijoz arizasi bank
andozalariga va kreditni tartibga solib turuvchi organlar talablariga mos
kelishi nazorat orqali aniqlanadi. Nazorat quyidagilarni o‘zida
mujassamlashtiradi:
a) bank faoliyatiga hamda kreditlarning xususiyati va sifatiga
taalluqli qonunlar va qoidalar;
b) nazoratchilarga taalluqli hujjatlar;
c) qarzlarning mavjudligi va kredit olish to‘g‘risida mohirona
tuzilib, tasdiqlangan hujjat;
d) kredit olish uchun yozilgan arizaning bank kredit siyosatiga
muvofiq kelishi;
f) tarafdor kishilar (iqtisodchilar, siyosiy ekspertlar) tomonidan
kreditni qoplashga ta’sir etuvchi tashqi omillar haqida axborotlari.
[229]. Banklar va tadqiqotchilar mijozlarning moliyaviy ahvoli va
kreditning qoplanishini baholash uchun asosan tashqi ma’lumotlarga
tayanadilar. Bunda eng avval mijozning moliyaviy hisobotlari, taqdim
etgan kredit olish to‘g‘risidagi arizada berilgan ma’lumotlar, ya’ni
olinishi mo‘ljallanayotgan kredit hajmi, kredit olishdan maqsad, kredit
oluvchining boshqa mavjud majburiyatlari, ta’minlanganlik sifatida
mijozning taklif qilinadigan aktivlari tahlil qilinadi.
Bank mijozga avval kredit bergan kreditorlar bilan ham uchrashishi
va quyidagi savollarga javob olishi mumkin:
a) mijoz to‘lov muddatlariga rioya qilganmi?
b) mijozning hisobvarag‘ida yetarli mablag‘ qoldig‘i bo‘lganmi?
c) to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik hollari uchraganmi?
d) mijoz avval inqirozga uchraganmi?
Bank yoki tadqiqotchilar mijozning arizasini tahlil qilganlarida
nafaqat uning moliyaviy ahvolini, balki mijoz faoliyat ko‘rsatayotgan
ushbu hudud va tarmoqning iqtisodiy ahvoli, agar yirik hajmdagi kredit
so‘ralayotgan bo‘lsa, hatto jahon iqtisodiyotining ahvolini ham
o‘rganadilar. Ko‘pgina mijozlarning iqtisodiy ahvoli mamlakat
364
iqtisodiyotidagi va hatto, jahon iqtisodiyotidagi beqarorlikni ham juda
sezuvchan bo‘ladi. Sezuvchanligi yuqori bo‘lgan mijozlarga kredit
berish kerak emas, degan bank xatoga yo‘l qo‘yadi. Balki bank
mijozlarning ana shu xususiyatlarini e’tiborga olib, kredit portfelini
shunday beqarorlikdan asrash yo‘lida o‘zlarining kredit qo‘yilmalari
tizimini tashkil qilishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |