11-jadval.
Bank aktivlari toifalarining ta’rifi
№
Bank aktivlari
toifalari
T a ‘ r i f l a r
1 2
3
1.
Tavakkalchilikdan
xolis bo‘lgan
aktivlar
(tavakkalchilik
koeffitsiyenti - 0
foiz)
– bankda va uning filiallarida naqd pul ko‘-
rinishida saqlanayotgan milliy va chet el valutasi
(jumladan, yo‘ldagi naqd pul va bank omborlarida
yoki Markaziy bank omborlarida saqlanayotgan oltin
quymalar);
– Markaziy bank va uning hududiy boshqarma-
larida vakillik va zaxira hisob raqamlaridagi
mablag‘lar;
– hukumat va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri talablar va emitentlar
tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar;
– Iqtisodiy hamkorlik va Taraqqiyot (IHTT) Tash-
kilotiga kiruvchi mamlakatlar hukumatlari va mar-
kaziy banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qo-
g‘ozlar, shuningdek, bu mamlakatlar hukumatlari va
Markaziy banklariga qo‘yiladigan boshqa talablar;
– aktivlar yoki ularning O‘zbekiston Respublikasi
IHTTga kiruvchi mamlakatlar milliy valutalariga de-
nominatsiya qilinib, naqd pul bilan ta’minlangan
hamda bankda alohida cheklab qo‘yilgan depozit
hisob raqamida saqlanayotgan qismi;
120
2.
Minimal
tavakkalchilik
darajasiga ega
aktivlar
(tavakkalchilik
koeffitsiyenti - 20
foiz)
– IHTT davlatlarida ro‘yxatga olingan depozitar
institutlariga nisbatan talablar, shu jumladan, qarzlar
va pul bozori vositalari;
– IHTT davlatlarida ro‘yxatga olingan depozitar
institutlari kreditlari bilan ta’minlangan boshqa barcha
aktivlar. IHTT davlatlari depozitar institutlarining kapi-
tali bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar yuqori tavak-kalchilik
darajasiga (100%) ega aktivlar qatoriga kiradi;
– bankning IHTT davlatlari mahalliy hokimiyat
organlariga nisbatan talablari, shuningdek, ular to-
monidan kafolatlangan bank aktivlari. Bu talablar va
kafolatlar bo‘yicha to‘lovlar alohida loyihalar bo‘yi-
cha tushumlardan emas, balki yuqorida ko‘rsatilgan
tashkilotlar budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
– bankning Jahon banki, Xalqaro valuta fondi,
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraq-
qiyot banki kabi xalqaro kredit tashkilotlariga nisba-
tan talablari, shuningdek, bu tashkilotlar tomonidan
kafolatlangan bank aktivlari;
– joriy bozor qiymatida baholangan va Jahon banki,
Xalqaro valuta fondi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot
banki, Osiyo taraqqiyot banki kabi xalqaro kredit
tashkilotlari tomonidan muomalaga chiqarilgan qim-
matli qog‘ozlar bilan ta’minlangan aktivlar va ular-
ning qismlari;
– bankning IHTTga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning
milliy valutalariga denominatsiya qilingan va milliy
valutadagi majburiyatlar bilan qoplangan, IHTT ga
a’zo bo‘lmagan davlatlar Markaziy Hukumatlari va
markaziy banklariga nisbatan talablari. Milliy
valutaga denominatsiya qilinmagan va milliy valutada
moliyalashtirish summasidan oshib ketgan aktivlar
qismi tavakkalchilik darajasi yuqori (100 foiz)
bo‘lgan aktivlar qatoriga kiritiladi;
– joriy bozor qiymatida baholangan va O‘zbe-
kiston Respublikasi Hukumati, O‘zbekiston Respub-
likasi Markaziy banki yoki IHTTga kiruvchi davlatlar
Markaziy Hukumatlari tomonidan emissiya qilingan
yoki kafolatlangan qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishidagi
garov bilan ta’minlangan yoki kafolatlangan aktivlar,
ularning qismlari va balansdan tashqari majburiyatlar.
Qimmatli qog‘ozlar bank tasarrufida bo‘lishi va belgi-
langan tartibga muvofiq unga berilishi lozim. Kafolat-
lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va hech qanday shartlarsiz, ya’ni
121
ularni qo‘llashni cheklovchi biron-bir qo‘shimcha
shartlarni o‘zida qamrab olmagan bo‘lishi kerak;
– o‘tkazish jarayonidagi pul hujjatlari (yo‘ldagi naqd
pullar hisobga kirmaydi).
3.
O‘rtacha tavakkal-
chilik darajasiga
ega aktivlar
(tavakkalchilik
koeffitsiyenti - 50
foiz)
– joriy bozor qiymatida baholangan va O‘zbekiston
Respublikasi Hukumati, O‘zbekiston Respublikasi Mar-
kaziy banki yoki IHTTga kiruvchi davlatlar Markaziy
Hukumatlari tomonidan emissiya qilingan yoki kafo-
latlangan qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishidagi garov bilan
ta’minlangan yoki kafolatlangan aktivlar, ularning
qismlari va balansdan tashqari majburiyatlar. Qimmatli
qog‘ozlar bank tasarrufida bo‘lishi va belgilangan
tartibga muvofiq unga berilishi lozim. Kafolatlar to‘g‘-
ridan-to‘g‘ri va hech qanday shartlarsiz, ya’ni ularni
qo‘llashni cheklovchi biron-bir qo‘shimcha shartlarni
o‘zida qamrab olmagan bo‘lishi kerak;
– o‘tkazish jarayonidagi pul hujjatlari (yo‘ldagi
naqd pullar hisobga kirmaydi).
– jismoniy shaxslarga bir oilaga uy-joy (xonadon)
sotib olish yoki berilgan va dastlabki garov (garov pred-
metiga egalik qilishning imtiyozli huquqi) sifatida sotib
olinayotgan yoki qurilayotgan uy-joy (xonadon) bilan
ta’minlangan kreditlar. Bunda ssuda miqdorining garov
qiymatiga nisbati 60 foizdan oshmasligi kerak. 60 va
undan ortiq kunga muddati o‘tgan, foizlar hisoblash
to‘xtatilgan yoki restrukturizatsiyalangan kreditlar
tavakkalchilik darajasi yuqori (100 foiz) bo‘lgan
aktivlar toifasiga kiradi.
– Bir oila uchun uy-joy qurish maqsadida beriladigan
kreditlar, shu uy-joyda yashamoqchi bo‘lgan xususiy
shaxslargagina berilishi kerak. Bank dastlabki garov
huquqiga ega bo‘lmasa, bunday kreditlar tavakkal-
chiligi yuqori (100 %) bo‘lgan aktivlar hisoblanadi;
– bankning IHTTga kiruvchi davlatlar mahalliy
hokimiyat organlariga nisbatan talablari yoki bu talablar
va kafolatlar bo‘yicha to‘lovlar mazkur majburiyatlar
bo‘yicha moliyalashtiriladigan muayyan loyiha tushum-
lariga bog‘liq bo‘lsa, ushbu tashkilotlar tomonidan ka-
folatlangan aktivlar. Yuqoridagi tashkilotlar tomoni-dan
emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlar.
4. Yuqori
tavakkal-
chilik darajasiga
ega aktivlar (ta-
vakkalchilik
– bank tomonidan berilgan barcha kreditlar, jumladan,
tadbirkorlik tuzilmalari, qishloq xo‘jalik, ishlab chiqa-
rish korxonalariga berilgan kreditlar, shuningdek, iste’-
mol va ipoteka kreditlari 3 – 5 tartib raqami bilan
122
koeffitsiyenti –
100 foiz)
ko‘rsatilgan kreditlar bundan mustasno.
– bankning asosiy vositalari, inshootlari, jihozlari va
shaxsiy ko‘chmas mulki;
– boshqa barcha aktivlar.
[82]. Bank aktivining sifati quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi orqali
tavsiflanadi:
bank aktivining likvidlik ko‘rsatkichlari;
tavakkal aktivining miqdori;
kritik va to‘liq bahoga ega bo‘lmagan aktivlar salmog‘i;
daromad keltiruvchi aktivlar miqdori.
Likvidlik darajasiga qarab bankning jami aktivini quyidagi uchta
guruhga bo‘lish mumkin:
yuqori darajadagi likvid aktivlar;
likvid aktivlar;
uzoq muddatli likvid aktivlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |