Uchinchi bo‘limda:
mijozning moliyaviy holati;
mijozning joriy va omonat schyotlaridagi qoldiq;
daromad va xarajatlarning nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar
keltiriladi.
Qayd qilingan ma’lumotlar asosida bank mijozga kredit berish yoki
bermaslik haqida xulosa chiqaradi. Salbiy javob holatida bank agentligi
mijozni o‘zining direksiyasiga ushbu masalani qo‘shimcha ko‘rib
chiqish uchun yo‘llashi mumkin.
AQShda jismoniy shaxsning kreditga layoqatliligiga baho berish
uchun mijozning do‘konlardan kreditga tovar sotib olish bilan bog‘liq
bo‘lgan tarixi o‘rganiladi. Bunda bank kredit olish uchun berilgan
arizadagi:
ismi, familiyasi;
yashash joyi;
ijtimoiy ta’minoti raqami kabilardan foydalanadi.
Aynan shu uchta parametr asosida banklardan kredit kartochkalarini
chiqaruvchi tashkilotlar, to‘lovsizlik holatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni
yig‘ish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |