Yo. Abdullayev, T. Qoraliyev, sh. Toshmurodov, S. Abdullayeva



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/500
Sana31.12.2021
Hajmi1,71 Mb.
#233999
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   500
Bog'liq
bank ishi

3-bob. TIJORAT BANKLARI 

 

3.1. Tijorat banklari to‘g‘risida umumiy tushunchalar 

 

[68]. Tijorat banklari – bank tizimining quyi bo‘g‘ini bo‘lib, jis-

moniy va yuridik shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qilish 

va ularni o‘z nomidan, to‘lovlilik, muddatlilik, qaytib berish sharti aso-

sida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank faoliyati deb hisob-

lanadigan barcha operatsiyalarni bajaruvchi tijorat tashkilotidir. 

Hozirgi davrda tijorat banklarining faoliyati juda ham xilma-xildir. 

Ular pul muomalasi va kredit munosabatlarini tashkil qilishdan tashqari

xalq xo‘jaligini mablag‘ bilan ta’minlash, sug‘urta operatsiyalari, qimmatli 

qog‘ozlar oldi-sotdisi, ayrim hollarda vositachilikni va mulkni boshqa-

rishni amalga oshiradi. Shuningdek, maslahatchi sifatida xalq xo‘jalik 

dasturlarini muhokama qilishda ishtirok etadilar, statistikani olib boradilar. 

Tijorat bankining mohiyatini aniqlash uchun ularning: 

 

nima bilan shug‘ullanishini; 



 

qanday operatsiyalarni bajarishini; 

 

qanday sifatlarga egaligini; 



 

o‘ziga xos xususiyatlarini; 

 

asosi nima bilan belgilanishini; 



 

ichki tizimi qandayligini tushunib etmoq lozim. 

Demak, tijorat banki tushunchasi bank faoliyatini xarakterlovchi 

tasodifiy savollar yig‘indisi emas, balki uslub bo‘yicha qo‘yiladigan 

aniq savollarni ko‘rib chiqishni talab etadi. Bunday yondashish bankka 

quyidagilar nuqtayi nazaridan ta’rif berishga asos bo‘lishi mumkin: 

 

bank tashkilot yoki muassasa sifatida; 



 

bank korxona sifatida; 

 

bank tijorat yoki savdo korxonasi sifatida; 



 

bank vositachi korxona sifatida; 

 

bank birja agenti sifatida; 



 

bank kredit beruvchi korxona sifatida. 

Bankka tashkilot nuqtayi nazardan qarash ko‘z oldimizga boshqaruv 

apparatini gavdalantirsa, korxona sifatida qarash esa uni har qanday 

korxona singari mustaqil xo‘jalik subyekti ekanligiga ishonch hosil 

qildiradi. Bank faoliyatini savdo bilan qiyoslash ham tasodifiy emas. 

Haqiqatan ham, banklar resurslarni «sotib oladi», ularni «sotadi», 

taqsimlash sohasida faoliyat ko‘rsatib, tovarlar ayirboshlashini amalga 

oshiradi. 



 

99

Bank yetarli miqdorda mablag‘ to‘plab, turli qarz oluvchilar talabiga 



ko‘ra har xil muddatli kreditlarni tanlash imkonini hosil qiladi. Bu holda 

bank ikki subyekt – qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasida vositachi 

rolini o‘ynaydi. Lekin shuni qayd qilish lozimki turli vositachilar bir 

qator xizmat turlarini: yuridik, komission, pochta kabi xizmatlarni 

bajarishlari mumkin. Lekin bu bilan ular bank bo‘la olmaydilar. Bank 

vositachi sifatida bir qator oddiy vositachilardan farq qiluvchi, ya’ni 

ham qarz beruvchi, ham qarz oluvchi hamda ular o‘rtasida aloqa 

bog‘lovchi, shuningdek, hisob-kitoblar vositachisidir. 

Bankning muomala sohasidagi faoliyati bilan bog‘liq birja agenti 

sifatidagi tasavvurlar 20-yillarda paydo bo‘lgan. Bunda banklar mustaqil 

ravishda birja operatsiyalarini amalga oshirishi, qimmatli qog‘ozlar oldi-

sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarishi mumkin. 

Nihoyat, banklar valuta ayirboshlashi (oldi-sotdisi) kredit savdosi

korxona va aholi tomonidan qo‘yilgan bo‘sh mablag‘larga to‘lovlar 

berish va ularni qarz oluvchilariga «sotish» bilan bog‘liq operatsiyalarni 

amalga oshiradi. Aytish joizki, bank aslida bank zaminini yaratgan 

kreditning rivojlanish natijasida paydo bo‘lgan. Shu yerda bank 

faoliyatining savdo tashkiloti sifatidagi ta’rifdan farqini qayd etish 

kerak. Savdoda tovar o‘z mulk egasini o‘zgartirsa, kreditlashda esa mulk 

egasi o‘zgarmaydi. 

Tijorat banklari bir-biridan quyidagilar bilan farq qiladi (7-jadval). 

Yuksak rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarning aksariyat 

qismi mulk shakli bo‘yicha aksioner va xususiy banklar hisoblanadi. Va 

hozirgi paytda ham omonatchilar, kichik va o‘rta biznes korxonalarga 

xizmat ko‘rsatish asosan unchalik katta bo‘lmagan xususiy banklar 

hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususiy banklar: 

 

iqtisodiyotga xususiy sarmoyalarni jalb etish orqali samaradorligi 



yuqori ilg‘or investitsiya-loyihalariga yo‘naltirilgan mablag‘larning 

ko‘payishiga; 

 

kichik va o‘rta tadbirkorlarga bank xizmati ko‘rsatish saviyasi-



ning oshishiga

 

yangi turdagi bank instrumentlarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir 



etadi. 

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil aprel-

dagi «Xususiy tijorat banklarini tashkil etishni rag‘batlantirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni mazkur jabhada muhim ahamiyatga 

molik bo‘ldi. Faqat 1998-1999-yillar ichida Toshkentda «Alp-Jamol-



 

100


bank», «Turkistonbank», «XIFbank», Andijonda «Hamkorbank», Qarshi 

shahrida «O‘ktambank», Qoraqalpog‘istonda «Adiletbank», Samarqand-

da «Parvinabank» kabi banklar tashkil etildi. 


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   500




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish