1. Ssuda kunlarining haqiqiy sonini aniq hisobga olgan holdagi
aniq foizlar usuli.
Bu usul aniq bo‘lgani sababli markaziy va tijorat banklari
tomonidan juda keng foydalaniladi. Uning xususiyati shundaki, foizni
hisoblashda ssudadan foydalanadigan kunlar va yillardagi kunlar ham
aniq beriladi. Masalan:
R – berilgan kredit summasi - 100000 so‘m;
i – foiz stavkasi - 9 % yillik;
K – ssudadan foydalanadigan aniq kunlar soni;
S
1
– o‘stirilgan qarz summasi.
S
1
= 100000 · (1 + 0,09 · 260 kun : 365 kun) = 106411 so‘m
2. Ssuda kunlarining haqiqiy sonini aniq hisobga olgan holdagi
oddiy foizlarni qo‘llash usuli.
Bunda hisoblash uchun ssudadan foydalanadigan aniq kunlar olinib,
yildagi kunlar esa 360 kun deb qabul qilinadi. Agar kredit kunlari 360
kundan oshsa, u holda qo‘shilgan foiz yillik foiz stavkasidan yuqori
bo‘ladi (masalan, ssuda kunlari 364 kun bo‘lib qolsa, u holda 364:360 =
1,011 bo‘ladi).
Buni yuqoridagi ma’lumotlar misolida ko‘rib chiqamiz.
S
2
= 100000 · (1 + 0,09 · 260 : 360) = 106499 so‘m.
Do'stlaringiz bilan baham: |