43
bevosita cheklovlar (limitlar) yoki taqiqlar kiradi. Ma’muriy ta’sir ko‘r-
satish choralarini qo‘llashda ko‘pincha quyidagi vositalardan foydalani-
ladi:
6-chizma.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatini
ro‘yobga chiqarish usullari.
– turli toifadagi qarzlarni berishning va kredit resurslarini jalb
qilishning eng yuqori miqdor (yoki limit)larini joriy etish;
– tijorat banklarining filiallari va bo‘limlarining ochilishini cheklash;
– vositachilik haqining, har xil xizmatlar ko‘rsatganlik uchun tariflar-
ning, foiz stavkalarining miqdorlarini limitlash;
– operatsiyalarning, ta’minotning ayrim turlarini, shuningdek, ba’zi xil
operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berilgan banklar ro‘yxatini
belgilash.
Bu usullar yordamida bankdan tashqari sohada vujudga kelayotgan
moliyaviy sharoitlar, ya’ni foiz stavkalari va kreditlar ustidan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri nazorat amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: