Bankning likvid mablag‘lar bozoriga kira olishi.
Hamma banklar
ham likvid mablag‘lar bozoriga kirish huquqiga ega bo‘lavermaydi. Ma-
salan, Yevropa davlatlarida mayda banklar odatda yevro-valuta bozo-
ridan qarz olish imkoniyatiga ega bo‘la olmaydilar. Bunday hollarda
likvidlikni boshqarishda boshqaruvchi tezda foydalanishi mumkin
bo‘lgan imkoniyatlar bilangina chegaralanib qolishga majbur bo‘ladi.
Mablag‘lar manbayining bahosi va riski
. Har bir zaxira manba-
yining bahosi turlicha bo‘lgani kabi, ortiqcha likvid mablag‘larining
hosil bo‘lishi ham noaniqdir. Bunday sharoitda boshqaruvchi albatta eng
arzon manbadan foydalanishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |