muvozanatlanmagan likvidlik riski
deb atalib, bunda bank
o‘zining naqd pulga bo‘lgan talabini qondirish uchun juda yuqori foiz
stavkasi bilan qo‘shimcha depozit mablag‘larini jalb qilishga majbur
bo‘ladi.
Bu esa, o‘z navbatida, bank daromadi va kapitalining kamayib
ketishiga sabab bo‘ladi. Amaliyotda bunday risklar kamroq uchraydi.
Chunki bank bunday risk kutilayotganini sezishi bilanoq, banklararo
bozorga murojaat qiladi va o‘z mavqeyini yaxshilab olishga harakat
qiladi.
Bu risklar, avvalo, bank daromadiga ta’sir qilsa, ikkinchidan, bank
resurslaridagi o‘zgarishlarga hamda bank mijozlarining unga bo‘lgan
ishonchidagi o‘zgarishlarga ta’sir ko‘rsatadi. Eng muhimi, bu riskning
ortishi bankka nisbatan bank faoliyatini tartibga solib turuvchi
organlarning qattiq choralar ko‘rib turishiga sabab bo‘ladi.
Muvozanatlanmagan likvidlik riski R
ml
quyidagi usullarda
aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |