Yo. Abdullayev, T. Qoraliyev, sh. Toshmurodov, S. Abdullayeva



Download 1,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet363/512
Sana16.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#372671
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   512
Bog'liq
YO. abdullayev, T. Qoraliyev, sh. Toshmurodov, S. Abdullayeva

identifikatsiyalashning 

yangi 


vositalari yaratilgan bo‘lib, shartnomada elektron to‘lov vositalari

kadrlar, parollar va hisob varaqda turgan pul mablag‘larini tasarruf etish 

huquqini tasdiqlaydigan boshqa axborot tashuvchi vositalardan 

foydalanish ko‘zda tutilishi mumkin. 

Qonunchilikda yuridik shaxsga hisobvaraq ochish uchun majburiy 

bo‘lgan boshqa hujjatlar belgilangan. Mijoz tomonidan hisobvaraq 

ochish to‘g‘risida ariza berish 

oferta

 (shartnoma tuzish uchun taklif) 

bo‘lib, bank rahbarining bunga ruxsat berish to‘g‘risidagi yozuvi 

aksept

 

(shartnoma tuzishga rozilik)dir. 



Bank hisobvaraqni ochishni rad etishga haqli emas, ana shunday rad 

etishga bank xizmati ko‘rsatishga qabul qilish imkoniyati yo‘qligi sabab 

bo‘lgan hollar bundan mustasno (FK, 775-modda). 

Bankka hisobvaraq ochish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar to‘plami 

(paketi)ni taqdim etgan va asossiz rad javobi olgan har qanday shaxs 

FKning 377-moddasi 6 qismida belgilangan tartibda uni tuzishdan bosh 

tortsa, ikkinchi taraf uni shartnoma tuzishga majbur qilish talabi bilan 

sudga murojaat qilishga haqli. Bundan tashqari, mijoz bankidan 




 

397


shartnoma tuzishdan asossiz ravishda bosh tortib, unga yetkazilgan zarar 

o‘rnini qoplashni talab qilishga haqli. 

Bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish amaliyotida ikki usul: 

 

bankning standart blankasida yagona hujjat tuzish va uni 



imzolash; 

 

bank rahbarining ruxsat imzosini qo‘yish yo‘li bilan amalga 



oshiriladi. Shartnoma tuzish tegishli hisobvaraqni ochishni taqozo etadi. 

Bank hisobvarag‘i shartnomasini bekor qilish nafaqat umumiy 

qoidalarga asosan, balki bir tomonlama ham amalga oshiriladi. Bank 

hisobvarag‘i shartnomasi mijozning arizasiga muvofiq istalgan vaqtda 

bekor qilinishi mumkin. Bankning talabiga ko‘ra, bank hisob varag‘i 

shartnomasi qonunda belgilangan quyidagi ikki muayyan holda sud 

tomonidan bekor qilinishi mumkin. 

 

mijozning hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘lari summasi 



bank qoidalariga mos kelmasa yoki shartnomada ko‘zda tutilgan eng 

kam miqdoridan oz bo‘lsa, agar bunday summa bank bu haqda 

ogohlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa; 

 

agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, 



ushbu hisobvaraq bo‘yicha bir yil davomida operatsiyalar qilinmagan 

bo‘lsa, hisobvaraqdagi pul mablag‘larining qoldig‘i mijozning tegishli 

yozma arizasi olinganidan keyin kechi bilan etti kun ichida mijozga 

beriladi yoki uning ko‘rsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa 

o‘tkaziladi. 

Bank hisobvarag‘i shartnomasi yuridik shaxs qayta tashkil 

etilganida o‘zgartiriladi, bunda hisobvaraq qayta rasmiylashtiriladi. 

Bank hisobvarag‘i shartnomasi yuridik shaxs tugatilgan yoki mijoz  

fuqaro vafot etgan taqdirda tugatiladi. Shartnomani buzish yoki 

to‘xtatish mijoz hisobvarag‘ini yopish bilan tugallanadi. 



[252].

 Bank hisobvarag‘i shartnomasi mazmunini bank bilan 

mijozning hisobvaraqlari huquq va majburiyatlari tashkil etadi. 

Bankning asosiy majburiyatlari quyidagilardan iborat: 

 

Mijoz uchun bank qonunda, qonunga muvofiq belgilab qo‘yilgan 



bank qoidalarida va bank amaliyotida qo‘llanadigan ish muomalasi 

odatlarida ushbu turdagi hisobvaraqlar uchun belgilab qo‘yilgan 

operatsiyalarni amalga oshirishi shart (FK, 777-modda). 

 

Bank sirini saqlashi shart. Bank mijozning topshirig‘i bo‘yicha 



mijozga tushgan pul mablag‘larini qabul qiladi va hisobvaraqqa kiritadi, 

mijozning mablag‘larini hisobvaraqdan o‘tkazish, naqd pullarni hisob 




 

398


varaqdan berish to‘g‘risidagi farmoyishlarni bajaradi. 

Bank mijoz pul mablag‘laridan foydalanish yo‘llarini nazorat etish 

va mijozning o‘z ixtiyoriga ko‘ra pul mablag‘larini tasarruf etish 

huquqini qonunda yoki shartnomada ko‘zda tutilgan ravishda 

cheklashga haqli emas. Mijoz bankka hisob-kitoblarni amalga oshirish, 

pul mablag‘larini depozitga o‘tkazish, hisobvaraqdan chiqarish 

to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Mijoz hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalar 

belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi (FK, 778-modda). 

Bank tegishli to‘lov hujjati bankka tushgan kunning ertasidan 

kechiktirilmasdan tushgan pul mablag‘larini hisobvaraqqa kiritib 

qo‘yishi shart. Tegishli hisob-kitob hujjati kelib tushgan kunning 

ertasidan kechiktirilmasdan bank mablag‘larini hisobdan chiqarish yoki 

hisob-kitob hujjatlarini boshqa bankka jo‘natish yo‘li bilan mijozning 

topshiriqnomasini bajara boshlashi kerak. Mijozning hisobvaraqdan 

mablag‘larni berish to‘g‘risidagi farmoyishlari ham xuddi shunday 

muddatlarda bajarilishi kerak. 

Agar mijoz hisobvarag‘ida pul mablag‘lari mavjud bo‘lmasa, bank 

uning topshirig‘ini bajarmasligi lozim. Ammo bank hisobvarag‘i 

shartnomasida hisobvarag‘ida pul mablag‘lari yo‘q bo‘lgan taqdirda 

ham to‘lovlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. Bu 

holda bank mijozga kredit beryapti, deb hisoblanadi. Mijozning bank 

oldidagi qarzi vujudga keladi va bu holda bank bilan mijoz o‘rtasidagi 

munosabatlarga qarz va kredit to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llaniladi (FK, 

779-modda). 

Bank hisobvarag‘i va bank omonati, hisobvaraq bo‘yicha 

operatsiyalar hamda mijoz haqidagi ma’lumotlar sir saqlanishini 

kafolatlaydi. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar faqat mijozlarning 

o‘zlariga yoki ularning vakillariga berilishi mumkin (FK, 786-modda). 

Ma’lumotlar faqat sud va sud xo‘jaliklariga (sudyalarga), davlat 

soliq xizmat idoralariga, bojxona idoralariga va surishtiruv, tergov 

organlariga prokurorning roziligi bilan berilishi mumkin. Mijoz fuqaro 

hisobvarag‘idan ma’lumotlar u vafot etgan taqdirda merosxo‘rlariga, 

shuningdek, notarius va konsulxona muassasalariga beriladi. Bank sirini 

tashkil etuvchi ma’lumotlar bank tomonidan oshkor qilingan taqdirda 

huquqlari buzilgan, mijoz keltirilgan zararning o‘rnini qoplashni 

bankdan talab qilishga haqli (FK, 786-modda). Xuddi shunday 

javobgarlik bank sirini oshkor qilgan bank xodimlari zimmasiga ham 

yuklatiladi (FK, 798-modda). 




 

399


Mijoz hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida 

bank qoidalariga rioya qilish va (agar bank hisob varag‘i shartnomasida 

ko‘zda tutilgan bo‘lsa) hisob varaq bo‘yicha operatsiyalarni amalga 

oshirish bo‘yicha bank xarajatlarini to‘lashi lozim. 

Faqat mijozning farmoyishiga asosan bank pul mablag‘larini 

hisobvaraqdan o‘chiradi (qonunda, shartnomada ko‘zda tutilgan va sud 

qarori bilan amalga oshirilgan hollar bundan mustasno). Agar mijozning 

hisobvarag‘idan mablag‘larni o‘chirish qonunga asosan amalga 

oshirilayotgan bo‘lsa, uni so‘zsiz (nizosiz) hisobvaraqdan 


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   512




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish