Qarz oluvchining
yuridik maqomi: birinchidan,
qarz oluvchining
to‘lovga qobiliyatliligini,
ikkinchidan,
faoliyat natijalariga javob
beruvchi mas’ul kishilar doirasini aniqlash uchun muhimdir: bu jihat
bank mijozini bankrot deb e’lon qilingan holatda yanada dolzarb tus
oladi.
Qarz oluvchining
majburiyati
:
mijozning kreditdan maqsadli
foydalanish mas’uliyatiga, qarzni to‘la va o‘z vaqtida to‘lash
majburiyatiga, bank nazoratini amalga oshirish uchun tegishli hujjatlarni
taqdim etish shartlariga rioya qilish uchun zarurdir.
Kredit shartnomasi yozma shaklda tuziladi va tomonlar tomonidan
imzolanadi. Unga korxona rahbari yoki shartnoma tuzishga vakolati bor
shaxs imzo chekadi. Vakolat muddati uch yildan oshmagan bo‘lishi
kerak. Basharti, vakolat berilganligi to‘g‘risidagi ishonchnoma qog‘ozida
bu muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda bu vakolat ishonchnoma
berilgan kundan bir yilgacha bo‘lgan vaqt ichida kuchga ega bo‘ladi.
Shartnomaning huquqiy tomondan puxta bo‘lishi uchun uni tuzishda
bank yuristlarini kengroq jalb qilish lozim.
[243].
Do'stlaringiz bilan baham: |