Depozit indossamenti
– depozitlarni boshqasiga o‘tkazish haqidagi
o‘tkazma xat.
Depozit muassasasi
– pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar va bosh-
qa boyliklarni saqlash bilan shug‘ullanuvchi muassasa. Depozit muassa-
salarining umumiy xususiyati shundan iboratki, ular chek yoki jamg‘ar-
ma hisobvaraqlarini ochish yo‘li bilan mablag‘larni jalb qiladi hamda
ulardan turli xil kreditlar berish, hukumat va korporatsiyalarning qim-
matli qog‘ozlarini olishda foydalanadi.
Depozit moliya muassasalari ikkita katta toifaga bo‘linadi:
tijorat banklari;
bank bo‘lmagan depozit muassasalar.
Bank bo‘lmagan depozit muassasalari o‘z tarkibiga jamg‘arma-
kredit uyushmalarni, kredit uyushmalarini va o‘zaro pul fondlarini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |