8-modda. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi nazorat va muvofiqlashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat nazorati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bundan mustasno.
(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi O‘RQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ishlab chiqarish nazorati ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchilar, shuningdek tarkibida tabiiy radioaktiv elementlar mavjud bo‘lgan xomashyo, qurilish materiallari va mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi jamoatchilik nazorati O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(8-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-avgustdagi O‘RQ-559-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi nazorat va muvofiqlashtirishni amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan belgilab qo‘yiladi.
(8-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]
Do'stlaringiz bilan baham: |