Yillarda psixologiya masalalari (I. P. Pavlov, oliy nerv faoliyati, Butun Ittifoq kengashi) Javob


O’qituvchining kasbiga xos xislatlari



Download 1 Mb.
bet68/162
Sana13.02.2022
Hajmi1 Mb.
#446395
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   162
Bog'liq
JAVOBLAR

82. O’qituvchining kasbiga xos xislatlari
Javob: Ota-onalar o’qituvchidan uning ish staji va yoshi Qanday bo’lishidan qatiy
nazar, farzandlarini tarbiyalash va o’qitish mahoratini kutadilar.
O’quvchilar esa o’qituvchilarni uch xil xislatlari bo’yicha xarakterlab beradilar.
Jumladan, birinchidan, o’qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi,
bolalarni yaxshi ko’rish xislatlari; ikkinchidan, o’qituvchining sezgirligi,
talabchanligi bilan bog’liq tashqi xislatlari va xulq-atvoriga qarab; uchinchidan,
o’qituvchining o’z fanini bilishi, uni tushuntira bilishi kabi ta'lim jarayoni bilan bog’liq
xislatlariga qarab xarakterlab beradilar.
Shuni ta'kidlab o’tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga
qo’yiladigan talablar bilan birga, O’qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan
qo’yiladigan ijtimoiy talablar ham o’sib bormoqda.
O’qituvchiga jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy
kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga
sub'ektiv tayyorligi muayyan o’qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar
tayyorligidan dalolat beradi.
Shunisi malumki, zamonaviy O’qituvchi uchun zarur bo’lgan shaxsiy
xislatlarni batafsil ko’rib chiqish kerak. Bular qanday xislatlarekan?
Ko’pchilik psixologlar, shu bilan birga o’zbekistonlik psixolog olimlar
tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o’qituvchilar uchun eng zarur
xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.V.Kuzmina,
V.Slastenin, F.N.Gonobolin, o’zbekistonlik psixologlardan
R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va
bosh?alar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar o’qituvchilik kasbini atroflicha
o’rganib, ancha batafsil ko’rsatmalar berish imkoniyatini yaratadi. Bunda gap
o’qituvchilik kasbining professiogramma (ma'lum tizimga keltirilgan, mehnat
psixologik tomonidan o’rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga
qaratilgan qisqa va har tomonlama batafsil ko’rsatib berilgan hujjatga
professiogramma deyiladi). Professiogramma psixologik nuqtai nazardan ishlab
chiqarish faoliyati xarakteristikasi (aniq birorta kasb bo’yicha kelgusi amaliy ishlar
uchun zarur bo’lgan mazmundagi barcha tomonlarini o’z ichiga olishi kerak) ustida
boradi.
O’qituvchiprofessiogrammasi muayyan fan tomonidan o’qituvchiga
qo’yiladigan maxsus talablarni o’z ichiga qamrab olishi lozim.
Bo’lajak O’qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar
qo’yilishini bilishi va shu asosida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun
pedagogika oliy o’quv yurtlarida muayyan mutaxassislik bo’yicha o’qituvchi
professiogrammasi ishlab chiqilishi zarurdir.
Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, Ye.Gladkova,
A.Mashkurov, T.Hamroqulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari o’zbek
tili va adabiyoti, o’zbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy
tarbiya o’qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi
qator mutaxassisliklar bo’yicha O’qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini,
ya'ni namunasini aniqlab olish imkoniyatini berdi. har bir mutaxassislik bo’yicha
o’qituvchining ixtisoslashgan xarakteristikasini nazarda tutgan professiogrammasi
tuziladi. Jumladan, maktabning o’qituvchi-murabbiysi professiogrammasini misol
qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim xislatlardan borgan sari birmuncha ortib
borishini hisobga olgan holda o’qituvchining quyidagi xislatlari ko’rsatib berilishi
lozim.
1) O’qituvchining shaxsiy xislatlari:
-bolalarni yaxshi ko’rish, ularni sevish;
-amaliy-psixologik akl-farosatlilik;
-mehnatsevarlik;
-jamoat ishlarida faollik;
-mehribonlik;
-kamtarlik;
-odamiylik, dilkashlik;
-uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo’lish;
-o’z bilimlarini oshirishga intilish.
2)Kasbiga xos bilimlari:
-ta'lim va tarbiya jarayoni mo?iyati bilan uning ma?sad va vazifalarini
tushunishi;
-psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini
bilishi;
-etnopsixologik bilimlarni egallashi;
-hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;
-hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallanganligi;
-maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini
tushunishi;
-o’z fanini o’?itish metodikasini bilishi;
-o’quvchilarga tarbiyaviy ta'sir etishning samaradorligini bilishi;
-ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning
mazmunini bilishi.
3) O’z kasbiga xos xislatlari:
-milliy qayta qurish mafkurasi bilan mustaqil davlat mafkurasini
tushunishi;
-zamonaviy maktabda olib boriladigan o’kuv-tarbiya jarayonida umuminsoniy
boyliklar, milliy an'analar va urf- odatlarning a?amiyatini tushunishi;
-o’qituvchining kuzatuvchanligi;
-o’z diqqat-e'tiborini taqsimlay olishi;
-pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi;
-o’ziga tan?idiy munosabatda bo’la olishi;
-o’zini qo’lga ola bilishi, o’zini tuta olishi;
-pedagogik takt;
-nutqning emosional ifodalanishi;
4) Shaxsiy - pedagogik uddaburonligi:
-dars mashg’ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;
-o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;
-ta'lim va tarbiya jarayonida o’quvchilar ongining taraqqiy etib borishini
istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;
-pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni
bilishi;

-bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda
bilishi;

o’z faoliyatini rejalashtira

-o’quv maqsadlarini rejalashtira olishi;
-o’zini talim-tarbiya ishlariga tayyorlash tizimni rejalashtira olishi.
5) Tashkilotchilik malakalari:
-bolalar jamoasini uyushtira bilishi;
-turli sharoit va vaziyatlarda bolalar jamoasini bosh?ara olishi;
-bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;

-amaliy masalalarni hal etishda
ustalik bilan tez ko’llay olishi.

o’zining bilim va tajribalarini

6)

Kommunikativ malakalari:

- bolalarii o’ziga jalb etishni bilishi;

- bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq
munosabatlarni tiklashni bilishi;

Pedagogik

- bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o’zaro munosabatlarini tartibga
solishni bilishi;
- bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa boshlashni bilishi.
7) Gnostik malakalari:
- bolalarning asab-psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi;
- o’zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tankidiy ta?lil kila olishi;
- boshka shkituvchilarning tajribalarini o’rganib, undan nazariy va amaliy
tomondan to’g’ri xulosa chiqara olishi;
- psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;
- o’quvchilarni to’g’ri tushunib, ularning xulq-atvor sabablarini tushuntirishni
bilishi.
8) Ijodiy xislatlari:
- pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;
- o’quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chikish va uni amalga oshirish
qobiliyati;
- o’zini o’quvchi o’rniga ko’yib, bo’lib o’tgan hodisalarga uning nazari bilan
karay olishi;
- o’zining o’quvchiga pedagogik ta'siri natijalarini oldindan ko’ra bilishga
intilish;
Shunday kilib, ko’rsatib o’tilgan modelning asosiy tuzilishi tarikasida
quyidagilar keltiriladi:
-shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo’nalishi;
-pedagogik mahorat va qobiliyati;
-xarakterining psixologik xususiyatlari;
-bilish faoliyati;
-o’qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy
tarakkiyoti.
Professiogramma yoshlarga o’zlarining kelgusida o’kituvchilik kasbini to’g’ri
va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.
Professiogrammani kasbga xos ravishda o’kitishni tashkil kilishda ta'limning
samaradorligi va uning muvaffaqiyati kanday bilim va ko’nikmalarga,ayniqsa,
shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog’liq ekanligini albatta ko’rsatish
zarurdir.
Mana shu professiogrammaga asosan bo’lajak mutaxassis - o’qituvchilarning
sifat jihatidan o’z kasbiga naqadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin.
Tayyorlangan o’qituvchi shaxsining yuqoridagi ana shu talablarga mos kelish
yoki kelmasligi, oliy pedagogika maktablarining qanday o’qituvchi tayyorgarligini
ko’rsatib beradi.
Pedagogik kasb, ma'lumki, har kimning ham qo’lidan kelavermaydi. Pedagogik
faoliyatdan yutuqlarga faqat shu kasbga qiziqqan, shu faoliyat bilan shug’ullanishga
moyil, oqibat natijada esa, pedagogik qobiliyatga ega bo’lgan kishilargina erisha
oladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish