Javob :
79. Mustaqillikdan so’ng psixologiyaning rivojlanishi
Javob:
80. Mutaxassis psixolog va qiziquvchi psixologlar orasida farqlar
Javob:Mutaxassis psixolog va qiziquvchi psixologlarning orasida bir qator farqlar mavjuddir. Bular quydagilar:
a) mutaxassis psixologlarda nazariy bilimlar tizimining mavjudligi, psixika va psixologiya tushunchalarining umumlashtirilganligi. Qiziquvchi psixologda bu bilimlar ko’p bo’lishi mumkin. U ko’plab adabiyotlarni o’qigan bo’lishi mumkin, biroq ular haqidagi bilimlari yuzaki hisoblanadi, bu ma’lum bir davralarda o’z bilimlarini namoyon qilishlari mumkin. Biroq bunday odamlar nazariy bilimlarga ega bo’lmaganliklari uchun olingan bilimlaridan noto’g’ri foydalanishlari mumkin.
b) mutaxassis psixologning eng tayanch nuqtasi albatta bu uning ilmiy bilish usullaridan xabardorligi hisoblanadi. Agar psixolog ko’p bilimga ega bo’lsada, biroq usullarga ega bo’lmasa ham qiynaladi. Shuning uchun ham usullardan keng foydalana olishi talab qilinadi.
v) mutaxassis psixolog har doim nazariy asoslarga ega bo’lgan metodikalardan foydalana oladi. Bunda nazariya va amaliyotni bir maromda amalga oshiradi. Hattoki ba’zi vaqtlarda nazariy bilimlari oqsagan mutaxassis psixologlar to’g’ri tanlangan metodikalar yordamida vaziyatlardan oson chiqib ketishlari mumkin. To’g’ri qiziquvchilar ham turli metodikalardan foydalanishlari mumkin, biroq ular bu metodikalarning mazmun mohiyatlarini tushunmagan holda ishlatishlari mumkin, bu holatlar esa sinaluvchilarga albatta salbiy ta’sir ko’rsatadi.
g) qiziquvchi psixolog faqat yaqinlariga yardam ko’rsatsa, mutaxassis psixolog mijozlar bilan ishlab ularga to’g’ri maslahat ko’rsatishi talab qilinadi. Bundan tashqari qiziquvchi psixolog hamma mas’uliyatni o’ziga olsa, mutaxassis psixolog esa mas’uliyatni mijozda shakllantiradi.
d) mutaxassis psixolog boshqa mutaxassislar bilan doimiy aloqada bo’lib turadi, demak mutaxassis psixologlar har doim ma’lumotlarga ega bo’ladi, bundan qiziquvchi psixolog mustasnodir.
ye) mutaxassis psixologda psixologik bilimlarning mavjudligi haqidagi xujatning mavjudligi, bu esa mijozlarning ularga murojaat qilishlarida muhim o’rin tutadi, chunki mijozlar albatta mutaxassislarga murojaat qilishni ma’qul ko’rishadi.
yo) kasfiy ahloqiy qoidalarga rioya qilish bo’yicha ham shu ikki psixologlar o’rtasida albatta farq mavjud. Bunda ahloqiy qoidalar albatta mutaxassislarga o’qish davomida o’qitiladi.
j) mutaxassis psixolog o’zini rivojlantirishda mutaxassislarning xizmatlaridan foydalanadi, qiziquvchi psixolog kitoblardan foydalanishi mumkin, biroq bu tizimli bilimlar hisoblanmaydi. Mutaxassis psixolog mustaqil o’rganishga yo’naltiriladi.
z) psixolog mutaxassisda mehnat psixogigiyenasi mavjud. Bunda mutaxassis psixolog boshqalarga yordam berish asnosida o’zining sog’lig’iga ham befarq emasligini bilishi kerak bo’ladi. Ko’pincha oddiy psixologlar sog’lig’iga e’tibor qaratmaydilar ularning o’zlariga psixologning yordami kerak bo’lib qolishi mumkin. Bunda nafaqat psixologik salomatlik haqida, balki jismoniy salomatlik haqida ham so’z ketishi mumkin2.
i) mutaxassis psixolog ko’pgina yangi o’ylab topilgan usullarga tanqidiy nigoh bilan qaraydi, masalan astrologiya, xiromantiya va boshqalargMutaxassis psixologning asosiy faoliyati albatta mehnat faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. Inson o’zining mehnat orqali namoyon qilishi mumkin. Psixologning mehnati haqidagi tasavvurlarni keltirib o’tamiz.
81. Mutaxassis shaxsining kasbiy yetukligi
Javob:Kasbiy,yetuklik,inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g’oyalarining-qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60yosh)gacha bo’lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi
uning ichki va tashqi olami o’zgarishining o’zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy
shart-sharoitlar hamda inson ontogenizi – tug’ilishidan boshlab to umrining oxiriga
qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog’liq.
Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko’nikma va malakalarning integratsiyasi
sifatida aks etadi. Biroq, boshlang’ich sinf o’qituvchilari tomonidan kasbiy
kompetentsiyalar va ijodiy faoliyat ko’nikmalarining o’zlashtirilishi nafaqat amaliy
ko’nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali
tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik
metodologiyasidan xabardor bo’lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ
xarakterga ega shaxsiy sifatlarning yetarli darajada o’zlashtirilishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |