168. Sangvinik temperamentining psixologik ta’rifi
Javob: Sangvinik - juda faol, xar bir narsaga xam qattiq kulaveradi; yolg’on dalillarga jahli chiqadi. Obyektlar, ma’ruzalar diqqatini tez jalb etadi. Imo - ishorani ko’p ishlatadi, chexrasiga qarab kayfiyatini anglab olish qiyin emas. Juda sezgir bo’lishiga qaramay, kuchsiz ta’sir (qo’zg’atuvchilar)ni seza olmaydi, serg’ayrat, ishchan, toliqmas. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatda, intizomli, o’zini tiya biladi, boshqara oladi. Xatti-xarakati jo’shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql - idroqi tiyrak, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari o’zgaruvchan. Ko’nikma va malakalarni tez egallaydi. Kungli ochiq, dilkash, muloqotga (muomalaga) tez kirishadi. Xayolati (fantaziyasi) yuksak darajada rivojlangan; tashqi ta’sirlarga xozir javob va xokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |