114. Psixolog faoliyati ko’rinishi va sohalari
Javob: Odam psixikasi hayotiy faoliyatning biologik shaklidan ijtimoiy-tarxiy shakliga o’tishi bilan o’zgaradi, ong ko’rinishiga ega bo’lib, insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasidan foydalana boshlaydi. Psixikaning o’zini-o’zi boshqarish xususiyatining asosiy vositasi bo’lib inson tomonidan ijtimoiy ishlab chiqarilgan belgili tizim – nutq xizmat qiladi. Inson ongi, uning psixikasi biologik emas, balki, tarixiy, ijtimoiy sabab asosida yuzaga kelgan mahsulotdir. Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o’zidan emas, balki mustaqil fan bo’lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat. Psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning xulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. Fanning bu sohalari odam xulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo’lgan bilimlarni berishlari kerak. Umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo’limlarining rivojlanishi uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Bir-biri bilan o’zaro uzviy bog’langan bolalar psixologiyasi (bola psixik rivojlanishining qonuniyatlarini o’rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga yo’naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), ta’lim tizimida o’qituvchi o’quvchi munosabatlari o’qituvchining psixologik xususiyatlari, ta’limni boshqarish jarayonlari va boshqa holatlarni kiritishimiz mumkin.
XIX asr oxirida pedagogik psixologiya vujudga keldi va intensiv rivojlana boshladi. Jamiyat ehtiyojlari bosimi ostida psixologiya maktab pedagogikasiga yaqinlashdi. 1891 yilda amerikalik psixolog Stenli Xoll pedagogika va bolalar psixologiyasi muammolariga bag'ishlangan birinchi jurnal bo'lgan "Pedagogik seminar" jurnalini nashr eta boshladi. Frantsiyada Alfred Bine XIX asr oxirida maktab psixologik xizmati muammolari bilan shug'ullangan. U bu boradagi tadqiqotlarni 1894-yilda boshlagan, 1897-yilda esa boshlang‘ich maktabning psixologik muammolariga bag‘ishlangan asari nashr etilgan. Germaniyada E.Meyman, Rossiyada – A.P.Nechaev ta'lim psixologiyasi sohasidagi tadqiqotlarda faol ishtirok etdi,
XX asr boshlarida pedagogik sohada psixologlarning ishlashi zarurligi eʼtirof etildi. Maktab, bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish bilan bog'liq ko'plab psixologik muammolarni hal qilish dolzarb bo'lib qoldi. 1905 yilda Frantsiya ta'lim vazirligi Binedan umumiy maktabga borishga qodir bo'lmagan bolalarni psixologik tekshirishni so'radi. Alfred Bine pedagogik laboratoriyaga asos solgan. Ushbu laboratoriyada u bolaning aqliy rivojlanishini o'rganish uchun aql-zakovatni o'lchash shkalasi deb nomlanuvchi usulni ishlab chiqdi, ya’ni aqli zaif bolalarni aniqlash imkonini beruvchi mashhur Bine-Simon testi. Keyin bunday bolalar uchun maxsus maktab sinflari ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |