Rudakiyning falsafiy-psixologik qarashlari
Rudakiy (IX asrning 50-60 yillari - 941) ruh bilan materiyaning munosabati masalalarida idealistik mavqeda turadi. Ruhni «ota»ga qiyos qiladi, moddiy narsalarni «ona»ga o`xshatadi. Uning fikricha barcha narsalarni yaratuvchi birinchi sabab xudodir. Moddiy narsalarni ham inkor etmaydi. Moddiy narsalar asosida tuproq, olov, suv va havo yotadi. Rudakiy inson aql va idrokini ulug`laydi.
Umar Xayyomning falsafiy-psixologik qarashlari
Umar Xayyom (1040-1123) bilish nazariyasi uning tabiiy va ilmiy. qarashlari bilan o`zviy bog`langan. Xayyomning materializmi, uning dinga qarshi ateistik muloxazalari bilan mushtaraq ma`lumki, idealistlar va islom dini peshvolari, shu jumladan G`azzoliy ham zur berib yerdagi xayot ahamiyatini inkor etishga, u dunyo, jannat va do`zax tug`risidagi fikrlarni olga surishga intildilar. Umar Xayyom esa islom dinining nariga dunyo, jonning o`lmasligi jannat va do`zox tug`rigidagi ta`limotlarni rad etdi.
VII asrda islomda turli yo`nalishlar paydo bo`ldi. Bulardan mutakallimlar, ularning psixik ta`limotiga ko`ra missiy bilishning ahamiyatini, bilimlarimizning voqelikka muvofiq kelishini inkor etishdir. Ular nimaiki o`zlari uchun nomaxbul bo`lsa (emissiy bilish bilan bog`liq bo`lgan sezgi ma`lumotlari va bilimni inkor etish yordamida), hammasini inkor etadilar va ularga nimaiki tasdiqlash lozim bo`lsa, hamma tasavvur qilish mumkin bo`lgan narsaga yul quyish yordamida hammasiga yul quyish mumkin deb hisoblaydilar.
Mutazamiylar ta`limotida muhim masalalardan biri - inson irodasining erkinligi to`g`risidagi masaladir. Inson o`z xatti harakatlarida erkindir. Insonning erkin irodasi haqidagi fikr xudoning «oliy kudrati» to`g`risidagi diniy aqidalarga zid keladi.
Ollohning o`z yaratganlariga nisbatan majburiyati bilan almash-tirdilar. Mutazamiylar taqdirning avvaldan belgilab quyilganligi to`g`risidagi ta`limotni - tavakkul ta`limotini inkor etadilar.Sufizm ta`limotida butun odam xudoning mujassamlanishidan boshqa narsa emas. Xudo hamma kurinadigan narsalarda mavjud. Narsalar esa o`z navbatida xudoda mavjud. Dunyo - ruh shaklida butun olamga tarqalgan xudo singari yagonadir. Insoi esa ana shu ruhning bir qismi, ertami kechmi u bilan qushiladi. Bu qushilishga xudoga yaqinlashishning asosiy bosqichi shariat, tariqat, ma`rifat va hakikat olib keladi. Sufizmga ko`ra xudo bilan qushilishning o`zi - eng oliy rohat. Sufizm xudoga aql yordamida ishonish emas, balki unga ichki hissiyot orqali yaqinlashishga katta e`tibor beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |