139.Psixologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari (kuzatish, suhbat, so’rovnoma, test, eksperiment) Javob:Kuzatish – psixika tashqi alomatlarini oldindan belgilangan, tizimli, maqsadga muvofiq va qayd etilgan holatda qabul qilishdan iborat bo’lgan metod. Bu metod ilmiyligining asosiy sharti bo’lib uning obyektivligi, ya’ni, qayta kuzatuv yoki tadqiqotning boshqa usullarini, masalan, eksperimentlarni qo’llagan holda nazorat olib borish imkoniyati xizmat qiladi. Kuzatish bir necha xil: standartlashtirilgan (belgilangan dasturga qat’iyan mos ravishda o’tkazilgan), erkin (oldindan o’rnatilgan chegaralarga ega bo’lmagan), kiritilgan (tadqiqotchi o’zi kuzatayotgan jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylanadi), yashirin bo’ladi.
O’tkazilish joyiga asosan kuzatishlar dala7va laboratoriya kuzatishlariga bo’linadi. Dala kuzatishlari tabiiy sharoitlarda, laboratoriya kuzatishlari esa sun’iy, ya’ni, oldindan yaratilgan sharoitlarda o’tkaziladi.
Olib borish muntazamligiga ko’ra kuzatishlar tizimli (ma’lum vaqt davomida obyektni o’rganish uchun ishlab chiqilgan reja bo’yicha) va tizimsiz (noma’lum vaqt davomida rejaga asoslanmagan) bo’ladi.
O’rganilayotgan hodisaning o’tkazilish davomiyligi, vazifalari va ko’lamiga ko’ra kuzatishlar qisqa vaqtli (farazlarni ifodalash yoki boshqa metodlar yordamida olingan ma’lumotlarni nazorat qilish va to’ldirish uchun tadqiqotning boshlang’ich bosqichida o’tkaziladi) va, uzoq oylar va yillar davomida keng ko’lamli yoki murakkab tuzilmali ijtimoiy jarayonlarning kechishini kuzatishga xizmat qiluvchi uzoq vaqtli kuzatishlarga bo’linadi8.
Kuzatish metodini qo’llash uchun quyidagi shartlar qo’yiladi:
- sinaluvchining hulq-atvori uning ko’pgina ko’rinishlari va turli vaziyatlarda har tomonlama baholanishi lozim;
- kuzatuvchi sinaluvchi bilan juda ko’p vaqt birga bo’lishi kerak (kamida 2-3 oy davomida). Seanslar haftasiga 3-4 marta o’tkazilishi kerak, ularning davomiyligi kuzatish maqsadidan kelib chiqib o’rnatiladi;
- kuzatish jarayoni boshlanmasdan avval sinaluvchi hulq-atvorining qayd etiladigan xususiyatlari aniqlab olinishi, va xulq-atvorning bunday belgilari bilan tadqiqotchi bu metodni qo’llagan holda baholamoqchi bo’lgan psixologik xususiyatlar o’rtasidagi aloqa oldindan o’rnatilishi kerak;
- tadqiqotchi avvaldan kuzatish olib borish mashqini olgan bo’lishi zarur;
- muammoni xolisona hal etish maqsadida sinaluvchi va tadqiqotchi o’rtasidagi rolli munosabatlarga yo’l qo’ymaslik kerak;
- sinaluvchi bir vaqtning o’zida kamida 10 ta ruhshunos kuzatuvida bo’lishi va olingan baho har bir ruhshunos belgilagan balldan o’rtachasini tashkil etgan bo’lishi kerak.
Barcha ruhshunoslar bir-biriga bog’langan bo’lmasliga zarur. Bunday holat natijalar samarasini oshiradi (baholash metodi).
Suhbat metodi bilan inson psixikasini o’rganishda foydalanildi. Uning maqsadi va vazifasi belgilanadi. Suhbatning ob'ekti va sub'ekti tanlanadi, mavzu o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi ma'lum bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, bilim saviyasi, e'tiqodi,
dunyoqarashi, irodasi to’g’risidagi ma'lumotlar olinadi. Suhbat chog’ida o’zaro izchil bog’langan savollar beriladi.
Suhbat metodidan to’g’ri foydalanish va undan kutiladigan natijaga erishish suhbat o’tkazish uchun puxta tayyorlanishga bog’liqdir. Suhbat metodi quyidagi shartlarga rioya qilishni talab etadi.
O’tkazilgan suhbatning mavzusi va mazmuni sinaluvchining taraqqiyot darajasi hamda yosh xususiyatlariga mos bo’lishi kerak.
Suhbat paytida sinaluvchilarga berilgan savollar mazmunan yaxshilab o’ylab olinishi lozim.
Suhbat paytida berilgan savollarga "ha", "yo’q" kabi qisqa tarzda emas, balki batafsil javob olishga erishish kerak.
Sinaluvchilar zerikib yoki toliqib qolmasliklari uchun suhbat qaddan tashqari cho’zilib ketmasligi lozim.
Suhbat metodining yuqorida ta'kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Takrorlangan so’zlar, "g’aliz" iboralar nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarliligi, muvaffaqiyatsizlikka sabab bo’ladi. Shuningdek, savol-javobning bir xil shaklda emasligi sinaluvchida o’ziga xos ishlash uslubi oshkoralikning yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma'lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to’g’ri keladi.