136. Psixologik xizmatning vazifalari
Javob: Shaxslarni qiynayotgan muammolarga yechim topishdan iborat
137. Psixologiya fanida inson haqidagi nazariy qarashlar (B.G.Ananyev, individ, subyekt faoliyati, shaxs va individullik)
Javob:
138. Psixologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari
Javob: Psixologiya fanida inson psixikasini tadqiqot qilish metodlarining turlicha tasnifi mavjud.B.S.Ananev psixikani oʻrganish metodlarini 4guruhga ajratib bergan.BU toʻrtta guruh metodlar M.Ulugʻbek nomli Oʻzbekiston milliy universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti kabi psixolog mutaxassis tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlarida batafsil oʻrganiladi.Biz mazkur mavzumizda har bir insonning oʻzini va atrofdagilarni bilib olishga imkon beradigan, murakkab boʻlmagan, qoʻllash shartlari sharoitga mos boʻlgan va umum qabul qilingan metodlarini keltirgan.
Psixologiyaning asosiy metodlari.
Kuzatish metodi: tashqi (obyektiv kuzatish), ichki subyektiv oʻz oʻzini kuzatish, erkin kuzatish, standartlashtirilgan, guruh ichida kuzatish, guruh tashqarisida kuzatish.
Sariq metodlari:ogʻzaki soʻrov,yozma Stiv, erkin soʻrov,(suhbat), standartlashtirilgan Stiv.
Testlar metodi test - Stiv, test- topshiriq,proyektiv test,sotiometrik test.
Eksperiment metodi tabiiy eksperiment, laboratoriya eksperiment.
Modellashtirish: matematik modellashtirish mantiqiy modellashtirish, texnik modellashtirish,kibernetika modellashtirish.
Kuzatish metodi tabiiy metodlar sirasiga kiradi.Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali maʼlumotlar toʻplash usulidir.Oʻz-oʻzini kuzatish esa odam oʻzida kechayotgan biror oʻzgarish yoki hodisani oʻzi oʻrganish maqsadida maʼlumotlar toʻplash va qayd etish usulidir.
Soʻrov metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi maʼlumotlar toʻlashning anʼanaviy usullardan hisoblanadi.Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qoʻyilgan qator savollarga muhtasar javob qaytarishi kerak boʻladi.
Testlar oxirgi paytda hayotimizga dadil kirib kelgan tekshiruv usullari sirasiga kiradi.Ular yordamida biror oʻrganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish , ularni koʻpchilikda qayta qayta sinash va maʼlumotlarni korrelyatsion analiz qilish orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin boʻladi.Ayni testga qoʻyilgan talab xech qachon oʻzgarmaydi, hattoki, shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida , turli davrlarda ham oʻzgarmagan holda ishlatilaveradi.
Psixologik eksperimentning mohiyati shundaki, unda ataylab shunday sunʼiy bir vaziyat shakllantiriladi va tashkil etiladiki, aynan shu vaziyatda qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki hodisa ajratiladi,oʻrganiladi, taʼsir koʻrsatiladi, va baholanadi.
Modellashtirish metodi kuzatish,soʻroq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida oʻrganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda qoʻllaniladi.Bunda oʻsha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib oʻsha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat oʻrganiladi va xulosalar chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |