Davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish
O‘zbek tilini muntazam boyitib borish, uning sofligini saqlash, aholining davlat tilidagi nutq madaniyatini yuksaltirish borasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
O‘zbekiston teleradiokanallarining ko‘rsatuv va eshittirishlari, ommaviy kino, konsert dasturlari, ommaviy axborot vositalarining audiovizual asarlarida suxandon-boshlovchilar va barcha qatnashchilarning o‘zbek adabiy tilida so‘zlashini ta’minlash;
ko‘p jildli “O‘zbekiston milliy qomusi”ni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida nashrga tayyorlash va chop etish;
jadid namoyandalarining boy ma’naviy merosi, hayoti va faoliyatini o‘rganishga oid ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish;
o‘zbek tili dialektlari xaritasini yaratish;
o‘zbek tilining o‘ziga xos noyob xususiyatlari aks etgan folklor va mumtoz adabiy asarlarni nashrga tayyorlash va chop etish;
yoshlar o‘rtasida nutq madaniyatini oshirishga qaratilgan tanlovlar o‘tkazish, jumladan, “Zulfiyaxonim qizlari”, “Mard o‘g‘lonlar” tanlovlari nomzodlariga davlat tilini bilishi shartini kiritish;
savdo, ishlab chiqarish, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlariga o‘zbekcha nom qo‘yishning normativ-huquqiy asosini shakllantirish.
III Xulosa
2020-YIL 21-OKTABR KUNI «O‘ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI NUFUZI VA MAVQYEINI TUBDAN OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA»GI PF-5850-SONLI PREZIDENT FARMONI QABUL QILINDI.
Farmonga muvofiq, 2020–2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.
Asosiy yo‘nalishlar quyidagilarni nazarda tutadi:
► 2025-yilgacha davlat maktabgacha ta'lim tizimida o‘zbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish;
► 2030-yilgacha maktablarda o‘quv yillari uchun tayanch o‘quv rejalarida ona tili fanini o‘qitish ko‘lamini haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshirish;
► OTMda o‘zbek tili kafedralari sonini 2025-yilgacha 120 taga, 2030-yilgacha esa 140 taga yetkazish;
► lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida «O‘zbekiston milliy qomusi» jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich ko‘paytirish;
► 2020-yilda o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yaratish;
► teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining o‘zbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish tizimini joriy etish va qamrovni 2030-yilgacha 100 foizga yetkazish;
► 2025-yilga qadar davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini va ulardan foydalanish uchun 14 ta onlayn dastur ishlab chiqish, 2030-yilgacha esa ushbu ko‘rsatkichni 25 taga yetkazish;
► dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalari va elektron lug‘at dasturlarini yaratish;
► xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dasturlar yaratish;
⇒ 2030-yilgacha xorijiy OTMda o‘zbek tilini o‘rgatuvchi markazlar sonini 17 tadan 60 tagacha ko‘paytirish.
⇒ O‘zbek tilidagi mavjud lug‘atlar asosida uzluksiz ta'limning barcha turlari uchun o‘quv lug‘atlari yaratiladi.
2021-yil 1-apreldan rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanadi hamda mas'ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatlari joriy etiladi. Shuningdek, o‘zbek tilidan jahonning yetakchi xorijiy tillariga va xorijiy tillardan o‘zbek tiliga tarjima qiluvchi kompyuter dasturi yaratiladi.
IV Foydalanilgan adabiyotlar.
1.https://lex.uz/docs/-4561730
2.https://lex.uz/docs/-5058351
3.https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/544
Do'stlaringiz bilan baham: |