Yillarda fransiya



Download 91,5 Kb.
bet3/4
Sana02.03.2022
Hajmi91,5 Kb.
#479579
1   2   3   4
Bog'liq
iqtisodiy va ijtimoiy siyosiy ahv

Argentina. Birinchi jahon urushi natijasida Yevropa eksporti kamayganligi tufayli Argentina milliy iqtisodiyoti gurkirab rivojlana boshlandi. Bu hodisa, o’z navbatida, mamlakat eksportining o’sishiga xizmat qildi. Chunonchi, Argentina bug’doy eksport qilish bo’yicha dunyoda ikkinchi o’ringa ( Kanadadan so’ng ), go’sht mahsulotlari eksporti bo’yicha esa birinchi o’ringa chiqdi. Uning asosiy savdo hamkorlari Buyuk Britaniya va AQSH edi.Xususan,1920–yilda Buyuk Britaniya va Argentina o’rtasida savdo ayirboshlashi 817 mln.pesoni, AQSH bilan esa 726 mln.pesoni tashkil etdi.
Biroq Braziliyada bo’lganidek, Argentina iqtisodiyotidagi o’sish ham uzoq davom etmadi. 1920 – 1921 – yillardagi iqtisodiy inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga katta talofat yetkazdi. Davlat subsidiyasi asosida ishlayotgan korxonalarda ishlab chiqarish to’xtab qoldi. Ayni paytda inqiroz Argentinada ish yuritayotgan chet el korxonalari faoliyatiga ta’sir ko’rsatmadi. Chunki ularning moliyaviy ahvoli yaxshi edi.Bu hodisa 1920 – 1921 – yillardagi iqtisodiy inqirozning o’ziga xos xarakterli belgisi edi. Inqiroz ichki siyosiy vaziyatni murakkablashtirdi. Radikal – fuqaro ittifoqi partiyasi vakili Prezident I.Irigoyen hukumati (1916 – 1922) islohotlar yo’li bilan siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga urindi. Xususan, talabalar tashabbusi qondirilib, universitetlar faoliyati demokratik asosda qayta qurila boshlandi. Bundan tashqari, yirik yer egalarining qudratini cheklashga kirishildi.
Hukumat mehnat qonunchiligi sohasida, ayniqsa, jiddiy o’zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, 8 soatlik ish kuni, haftada 1 kunlik dam olish kuni, ishchilarga ta’til berish, ish haqining eng kam miqdori joriy etildi.
I.Irigoyen hukumati o’tkazgan islohotlarda izchillik ta’minlanmagan bo’lsa –da,islohotlar ko’lami va mazmuni hukmron tabaqalarni tashvishga solib qo’ydi. Ular mamlakat armiyasi orasida hukumatga qarshi tashvi – qotni kuchaytirdilar.
1922 – yilda o’tkazilgan prezident saylovida radikal partiyaning
boshq bir vakili M.Alveor (1922 – 1928)g’alaba qozondi.U yangi tuzgan hukumati tarkibiga harbiylar vakillarini ham kiritdi.1923– yilda Argentina iqtisodiyotida yana jonlanish yuz berdi. Biroq iqtisodiyotda ko’zlangan maqsadga erishilmadi. Buning sababi mamlakat qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining jahon bozoriga qaramligi edi. 1925 – yildan boshlab jahon
bozorida narx – navoning pasayishi mamlakat moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatdi.
1927 – yilda o’tkazilgan prezidentlik saylovida yana I. Irigoyen (1928 – 1930) g’alaba qozondi. Hukumat amalga oshirgan eng katta tadbir neft sanoatining milliylashtirilishi bo’ldi. Bu hodisa yirik sarmoyadorlar hamda chet el monopoliyalari manfaatiga berilgan katta zarba edi. Ular endi davlat to’ntarishi o’tkazishga qaror qildilar. 1930 – yilning 6 – sentabr kuni general Xose F. Uriburu boshchiligida davlat to’ntarishi o’tkazildi. F. Uriburu o’zini vaqtincha Prezident deb e’lon qildi. Yangi hukumat mamlakat Kongressini tarqatib yubordi, 8 soatlik ish kunini bekor qildi. Mamlakatda qamal holatini joriy etadi. Matbuot uchun qattiq senzura tartibi o’rnatildi. Mamlakat neft sanoatini milliylashtirish haqidagi qaror bekor qilindi.
General F.Uriburu mamlakatni noqonuniy ravishda uzoq boshqarishi mumkin emas edi. Biroq u prezident saylovida g’alaba qozona olmas ham edi. Chunki uning obro’si yo’q edi. Shuning uchun ham 1931 – yilning noyabr oyida prezidentlikka boshqa general – P. Xusto (1932 – 1938) nomzodi qo’yildi va u g’alaba qildi. Yangi hukumat mamlakatda ish tashlashni man etish hamda qamal holati e’lon qilish haqidagi qonunlarni amalda joriy ettirdi. Iqtisodiyotda davlatning aralashuvi siyosati yuritildi.
Tashqi siyosatda esa Buyuk Britaniya bilan yanada yaqinlasshish yo’li qo’llanildi. Ayni paytda AQSH ga qaram bo’lib qolmaslik, Lotin Amerikasida AQSHning ta’siri kuchayib ketishining oldini olishga intildi. Shu maqsadda Argentina tashabbusi bilan Lotin Amerikasi davlatlari o’rtasida o’zaro hujum qilmaslik va yarashuv to’g’risidagi shartnoma imzolandi. Bu shartnomaning mohiyatini to’g’ri anglab yetgan AQSH prezidenti F.Ruzvelt 1933 – yilda Lotin Amerikasi davlatlari bilan munosabatda «yaxshi qo’shnichilik» tamoyilini e’lon qildi. Ayni paytda AQSH ham yuqorida nomi tili olingan shartnomani imzoladi. Bu shart – noma tarixga «Savedro Lamas pakti» nomi bilan kirdi.S.Lamas Argentina tashqi ishlar vaziri edi. Bu Argentina diplomatiyasining katta yutug’i bo’lgandi.
Prezident P.Xusto davrida ham mamlakat ichki siyosiy hayotida barqarorlik ta’minlanmadi. Aksincha, fashizm xavfi vujudga keldi. 1938 – yilgi prezident saylovida so’l kuchlar birlikka erisha olmadilar. Natijada o’ng kuchlar vakili Roberto Ortis(1938 – 1940) g’alaba qozondi. R.Ortis ichki siyosatda qisman bo’lsa – da konstitutsiyaviy tartiblarni tiklashga harakat qildi. Repressiya va terror to’lqini pasaydi. Fashizm jilovlandi. Tashqi siyosatda esa AQSH bilan yaqinlashish yo’li to’sildi.

Download 91,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish