1988 yillarda Eron amalda Buyuk Britaniya va pod-sho Rossiyasining yarim mustamlakasi edi. Buyuk Britaniya esa 1918-yilning boshlarida Eronni butunlay ishg'ol etishga kirishdi. Inglizlarni birinchi navbatda Eron nefti va O'rta Osiyo paxtasi qiziqtirardi. Bundan ko'zlangan maqsad Eronni yarim qaram holatda saqlashni davom ettirish va milliy-ozodlik harakatlari-ning Hindistonga tarqalishiga yo'l qo'ymaslik edi. 1919-yildan mamlakatda milliy-ozodlik kurashi boshlandi. Muhammad Xiyoboniy boshchiligida Tabrizda katta qo'zg'olon bo'lib o'tdi va hokimiyatni egallab, «Ozodiston»ni tuzdi. Resht shahrida G'ilon Sovet respublikasi tuzildi.
1921-yil 21 fevral kuni Rizoxon boshchiligidagi harbiylar Tehronda davlat to'ntarishi o'tkazdilar. Rizoxon harbiy ishlar vaziri bo'lib qolsada, amalda hokimiyatni o'z qo'liga oldi. Yangi hukumat mamlakatdagi siyosiy kayfiyat ta'sirida 1919-yilgi ingliz-eron shartnomasini bekor qilishga majbur bo'ldi. Biroq Buyuk Britaniya mavqei saqlab qolindi.
Eron xalqining 1919— 1922-yillardagi milliy-ozodlik harakati izsiz ketgani yo'q. Buning natijasida Buyuk Britaniya Erondan o'z armiyasini olib ketishga majbur bo'ldi. Lekin 1922-yildan boshlab Eron AQSH bilan yaqinlasha boshladi. 5 ta vlloyatda neft qazish ishlarini ijaraga berdi. Lekin ko'p o'tmay bekor qilindi. Chunki ingliz-eron neft kompaniyasida ularning ta'siri kuchli edi.
1920—1922-yillarda mamlakatda markaziy hokimiyatni kuchaytirish borasida jiddiy o'zgarishlar amalga oshirildi. Chunonchi, separatchi kuchlar qarshiligi bostirildi. Turli ko'rinishdagi qurolli kuchlar yagona armiyaga birlashtirildi. Bu o'zgarishlar Rizoxon nomi bilan bog'liq edi. 1923-yil oktabrida u bosh vazir lavozimini egalladi. 1925-yilning 31-oktabrida Eron parlamenti (majlis) Kojarlar sulolasi ag'darilganligini va hokimiyat Rizoxonga topshirilganligini e'lon qildi. 12-dekabr kuni esa Rizoxon Eron shohi deb e'lon qilindi.
Mustamlakatda qator islohotlar o'tkazildi. «Xolisa» yerlarni sotishga ruxsat etildi. Pul solig'i joriy etildi. Davlat yerlari ijaraga beriladigan bo'ldi. Dunyoviy maktablar ham ochildi. 1934-yilda Tehron universiteti ochildi. 1935-yilda ayollarning pa-ranjisiz yurishi haqida qonun chiqarildi.
Birinchi jahon urushi oxirida Afg'oniston mustaqil davlat hisoblansa-da, amalda Buyuk Britaniyaga qaram davlat edi. Mamlakatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tartiblarga qarshi kuchlar ham vujudga keldi. Bu kuch «Yosh afg'onlar harakati» deb atalgan. Ularning maqsadi davlat mustaqilligiga erishish va erkin tadbirkorlik munosabatlarini qaror toptirish edi. Ana shunday sharoitda, 1919-yilning fevralida saroy fitnasi uyushtirildi. Uning natijasida amir Habibullaxon o'ldirildi. Taxtni Habibullaxonning o'g'li Orno-nullaxon egaladi. U yosh afg'onlar harakati bilan mahkam bogiangan edi. 1919-yilning 28-fevralida OmonuUaxon Afg'onistonni mustaqil davlat deb e'lon qildi.
Buуuк Britaniya Afg'oniston davlatining mustaqil siyosat yuritishiga aslo chiday olmadi. Afg'onistonni itoatkor davlatga aylantirish maqsadida 1919-yilning 3-mayida unga hujum qildi, shu tariqa uchinchi ingliz-afg'on urushi boshlandi. 8-avgust kuni Ravalpindi shahrida ingliz-afg'on shartnomasi imzolandi. Bu'voqea mustaqil Afg'on davlatining tan olinishini ham anglatar edi. 1923-yilda qabul qilingan Afg'oniston davlatining birinchi Konstitutsiyasi munim rol o'ynadi. Qabila boshliqlari hokimiyati cheklab qo'yildi va ular davlat soliqlarini yig'ish huquqidan mahrum etildi. 1929-yilning yanvarida Omonullaxon hukumati ag'darildi. Amirlik taxtini reaksiya tayanchi Bachai Sako egalladi. Yangi hukumat yosh afg'onlar boshlagan islohotlarni bekor qildl. 1929-yilning oktabr oyida general Muhammad Nodir boshchiligida hokimiyatni egalladilar. Bachai Sako taxtdan ag'darildi.
1931 -yilda mamlakatning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. U Afg'onistonning mutlaq monarxiyadan konstitutsiyaviy monarxiya davlatiga aylanishi yo'lida yangi qadam bo'ldi. 1933-yilda Nodirshoh vafot etgach, taxtga o'g'li Muhammad Zohirshoh o'tirdi. U otasi kabi ichki siyosatda milliy, iqtisodiyotda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish yo'lini tutdi.
Afg’onistonning tashqi siyosati har doim ham bir maromda bo lmadi. Nodirshoh davrida afg'on-sovet munosabatlari yana o'z iziga tusha boshladi. 1931-yilning 24-iyunida Afg'oniston va Sovet davlati o'rtasida betaraflik va hujum qilmaslik to'g'risida shartnoma imzolandi.
1941-yilda esa Buyuk Britaniya va Sovet davlati murojaati bilan Afg'oniston hududidan elchixonalar xodimlaridan tashqari barcha Germaniya va Italiya fuqarolari chiqarib yuborildi. Urush davomida Afg'oniston o'z betarafligini saqlab qoldi.
Nazorat savollari. 1. Eronda milliy ozodlik harakati qaysi yillarda bo’lib o’tdi?
2. 1952 – yil 12 dekabrda Eron shohi deb kim e`lon qilindi?
3. 1 – jahon urushidan keyin Afg’oniston qaysi davlatga qaram edi?
4. Afg’oniston qachon mustaqil deb e`lon qilindi?
5. Bachai Sako kim?
Tayanch iboralar. Kojarlar sulolasi – 1794 – 1925 yillarda Eronni boshqargan
“Ozodiston” – 1919 yil Tabrizda Muhammad Xiyoboniy boshchiligida o’rnatilgan davlat.