Yillarda buyuk britaniya urushdan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz yillarida Angliya


Kapitalizmning qisman stabillashuvi yillarida Angliya



Download 0,52 Mb.
bet2/3
Sana26.01.2022
Hajmi0,52 Mb.
#411352
1   2   3
Kapitalizmning qisman stabillashuvi yillarida Angliya

1924 yildan boshlab ko‘pgina kapitalistik mamlakatlarda, shu jumladan Angliya xalq xo‘jaligida ham qisman stabillashuv davri boshlandi. Lekin Angliyadagi stabillashuv juda bo‘sh va qisqa stabillashuv edi. Uning iqtisodiyoti asosan turg‘unlik holati bilan xarakterlandi; u AQSH va hatto Fransiyadan ham ancha orqada qolib ketgan edi. Turg‘unlik holati ko‘proq metallurgiya, ko‘mir, to‘qimachilik va kemasozlik sanoatlarida ro‘y berdi. Hatto 1929 yilga kelganda ham Angliyaning sanoat mahsuloti 1913 yildagi darajaning 99,1% ini tashkil etdi. Ishsizlar 1 mln. kishidan ortiq edi, tashqi savdoda ham Angliya hissasi kamaya bordi, jahon bozori uchun kurashda AQSH va Yaponiyadan tashqari, tiklanib kelayotgan Germaniya ham Angliyaga raqobatchi bo‘lib qolmoqda edi. Angliya hukmron doiralari xo‘jalikdagi turg‘unlik holatidan chiqish va iqtisodiyotda barqaror stabillashuvga erishishga barcha choralar bilan urindilar. Bolduin Buyuk Britaniya sanoatini surunkali xastalik-ishsizlik va korxonalarning to‘la quvvat bilan ishlamasligidan xolos etmoqchi bo‘ldi. Shu maqsadda erkin tijoratni bekor qildi va milliy iqtisodiyotni himoya qilish maqsadida bir qator boj soliqlari joriy etdi. Ammo bu choralar foyda bermadi va ingliz iqtisodiyotidagi turg‘unlik 1929 yilgacha davom etdi. Buning ustiga Angliya 1923 yil oxiriga kelib yana iqtisodiy jihatdan boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Birorta ham partiya undan chiqish yo‘lini topa olmadi. Konservatorlarning boj siyosati ham ko‘pchilik siyosiy arboblar tomonidan rad etildi. Britaniya saylovchilari ham bu siyosatni rad etdilar va 1923 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan saylovlarda konservatorlar parlamentdagi nisbatan ko‘pchilik mavqeini boy berdilar. Liberal partiya endilikda muxolif partiya rolini bajara olmas edi. Ikki partiyali tizimda uning o‘rnini egallaydigan yangi kuch zarur edi. Qirol Georg Beshinchi 1923 yil 23 dekabrda Leyborist partiyasi rahbari Ramzey Makdonaldga Angliya tarixida birinchi marta leyboristlar hukumatini tuzishni topshirdi.

1924 yil yanvarida leyboristlar rahbari Ramzey Makdonald boshchiligida yangi, birinchi leyboristlar hukumati “ishchilar hukumati” tuzildi. Bu hukumat “ishchilar hukumati” deb atalgan bo‘lsada, haqiqatda hukmron burjuaziya manfaatini ko‘zlab siyosat yuritdi.

Jahon bozori, xom ashyo manbalari va chetga kapital chiqarish obyektlari uchun kurashda, ayniqsa Angliya-Amerika ziddiyati keskinlashdi. Iqtisodiy va siyosiy jihatdan ancha rivojlangan Buyuk Britaniya dominionlari Kanada, Avstraliya va boshqalar o‘zlariga Angliya bilan teng iqtisodiy huquqlar berilishini talab qildilar. Ingliz burjuaziyasi yon berishga majbur bo‘ldi. 1926 yili imperiya konferensiyasida dominionlar Britaniya imperiyasi tarkibida qolgani holda ichki va tashqi siyosatda mustaqillikka erishdilar va Angliya bilan yuridik jihatdan tenglashdilar.

1931 yilda parlament akti (Vestministr statuti) bilan kuchga kiritildi va Britaniya mustamlaka imperiyasi “Britaniya millatlar hamkorligi” degan nom oldi.



Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish