III.Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish monitoringi va hisobdorlik
9.
|
Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yuzasidan O‘zbekistonning yillik Milliy hisobotini tayyorlash va uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hamda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga kiritish
|
Milliy hisobotni tayyorlash
|
2019-yildan boshlab
|
Muvofiqlashtiruvchi kengash,
Iqtisodiyot vazirligi, Ekspert guruhlari rahbarlari
|
10.
|
Jarayonga jalb qilingan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida Muvofiqlashtiruvchi kengashning Milliy BRMga erishish yuzasidan yillik majlislarini o‘tkazish
|
Parlamentda ko‘rish uchun alohida BRMga erishish natijalari bo‘yicha material tayyorlash
|
Zaruriyatga ko‘ra
|
Iqtisodiyot vazirligi
Oliy Majlis palatalari qo‘mitalari bilan hamkorlikda (kelishilgan holda)
|
11.
|
Milliy Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish mezon ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plashni davlat statistika ishlariga qo‘shish va ularni Milliy BRM veb-portalida nashr etishni ta’minlash
|
Statistik ishlarning yangilangan dasturi
|
2019-yil fevral
|
Davlat statistika qo‘mitasi
|
12.
|
Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha yillik to‘plamlarni o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etish, ularni Milliy BRM veb-portaliga joylashtirish
|
Milliy BRMga erishish statistik ko‘rsatkichlari to‘plami
|
2019-yilning
IV choragidan boshlab
|
Davlat statistika qo‘mitasi
|
13.
|
BMTning Statistika komissiyasi hamda boshqa tuzilmalari bilan tajriba almashish, xalqaro ekspertlarni taklif etish, Milliy BRM mezon ko‘rsatkichlari metodologiyasini ishlab chiqish, BMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari asosida statistik va BRMga erishish yuzasidan boshqa mavzuli hisobotlarni tayyorlash masalalarida hamkorlik qilish
|
Chora-tadbirlar majmuasi
|
Alohida jadval bo‘yicha
|
Iqtisodiyot vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Davlat statistika qo‘mitasi
|
14.
|
Xorijiy mamlakatlarning eng yaxshi tajribasini qo‘llashga bag‘ishlangan seminar va anjumanlarni tashkil etish (BMT, donor-mamlakatlar bilan hamkorlikda)
|
Seminarlarni o‘tkazish jadvali
|
Jadval bo‘yicha
|
Iqtisodiyot vazirligi
yetakchi ilmiy markazlar bilan hamkorlikda
|
15.
|
Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali Milliy BRMga erishish jarayonini yoritish hamda aholining ushbu masala yuzasidan xabardorligini muntazam oshirib borish tadbirlarini o‘tkazish
|
Tadbirlar rejasi
|
Jadval bo‘yicha
|
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
|
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 09/18/841/2081-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)