Yil va davrlarni aniqlash Reja


Yil va davrlarni aniqlash usullari. Tarixiy manbalarni tadqiq etishda yil va davrlarni aniqlashning ahamiyati



Download 55,23 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi55,23 Kb.
#952116
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yil va davrlarni aniqlash usullari Tarixiy manbalarni tadqiq etishda

Yil va davrlarni aniqlash usullari. Tarixiy manbalarni tadqiq etishda yil va davrlarni aniqlashning ahamiyati. Oy- quyosh kalendari oy yiliga qoʻshimcha oʻn uchinchi oyning qoʻshilishi natijasida yuzaga kelgan. Oʻn uchinchi oy “embolistik” oy nomini oldi (embolismos-grekcha “qoʻshimcha” degan maʼnoni bildiradi). Embolistik oyning uzunligi 30 kunni tashkil qilgan.
Qadimgi Rim va oʻrta asrlarda Yevropada qoʻshimcha kunlar “interkalyatsiya” (lotincha intercalatio-qoʻshimcha) qoʻshimcha oy esa “interkalyari” deb atalgan. Oy-quyosh kalendarlari dastlab Bobil, Qadimgi Xitoy, Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimda ishlatilgan. Bugungi kunda undan Sharqiy Osiyodagi qator mamlakatlarda foydalaniladi. Oy-quyosh kalendari taraqqiyoti natijasi oʻlaroq bir necha sikllar yuzaga kelgan. Bular: Kleostat, Meton, Kalipp va Gipparx sikllaridir1.
Kleostata sikli Eramizdan avvalgi VI asrda yashagan grek astronomi Kleostat nomiga qoʻyilgan. Bu siklning yana boshqa nomi “oktaeterida” (sakkizlik)dir. Kleostat uni quyidagicha tuzadi: Oy yili Quyosh yilidan har yili 11,25 sutka oldinga oʻtib ketadi (chunki oy yili 354, quyosh yili 365.25 sutkaga teng). Bu farq esa 8 yilda 90 kunga () yetadi. Demak, 8 oy yiliga uchta 30 kunlik embolistik oy qoʻshish zarur. 908 *25.
Darhaqiqat, 8 Quyosh yili 2922 ( ) sutkani tashkil qiladi. Agar, 8 oy yilidan beshtasining oddiy uch yilini embolistik oy desak, kunga teng boʻladi. 8 Oy yili 99 oy oyiga teng boʻlishi lozim: 48 ta “toʻliq boʻlmagan” 51 ta “toʻliq” oyga. Demak, 8 yilning 2, 5, 8 yillariga embolistik oy qoʻshish mumkin. Lekin, Kleostat siklida xatolar yil sayin toʻplanib boradi. 8 Yulian yili 2922 sutka, 99 sinodik oy 2922 kunga emas, balki, 2923.53 kunga teng .
Kleostata siklida kalendar bilan yangi Oyning koʻrinishi
orasidagi farq 1.53 sutkaga ( 2923.528412922 1.52841) teng. Shunday
qilib, Kleostat siklida Oy kalendari orqada qolib ketadi. U yangi
Oy chiqmasdan tugaydi. Bu sakkiz yilda 1,53 sutka, oʻn olti yilda esa
uch sutkani tashkil qiladi.
Meton sikli. Kleostat siklidagi xatoni eramizdan avvalgi V
asrda qadimgi grek olimi Meton aniqlagan. Meton bu xatoni
yoʻqotish maqsadida 19 yildan tashkil topgan yangi siklni ishlab
chiqadi. U 19 yilda 7 embolistik yil (235 oy oyi, uning 110 oyi
“toʻliq boʻlmagan” 125 tasi “toʻliq”)dan tashkil topgan. 19 Quyosh yili
6939.75 (365.25*19 6939.75) taxminan 6940 sutkadan iborat. 19 Quyosh
yilini oy kalendariga moslashtirish maqsadida oxirgi yetti yilni
embolistik, toʻrt yilni kabisa yili qilish kerak. (354 kun x 12 yil
384 kun x 7 yil 4 kun 6940 kun).
Meton siklida 3, 6, 8, 11, 14, 17, 19 yillar embolistik, 3, 8, 11,
19 yillar kabisa yili qilib belgilanadi. Lekin Meton sikli ham
juda aniq va mukammal chiqmadi. Unda 19 Yulian yili 6940 kun
qilib olingan. Aslida esa u 6935,75 kunga tengdir. Siklda 19 yilda
0.25 sutka, yaʼni 4 siklda bir sutka farq yuzaga keladi1.
235 Oy oyi 6940 sutkaga emas, balki 6939.7
( 29.53050*235 6939.68865) sutkaga tengdir ( 6940 6939.68865 0.31135). Bu
esa 4 siklda bir ( 0.3*4 1.2 ) kunni tashkil qiladi.
Kalipp sikli. Eramizdan avvalgi IV asrda grek olimi Kalipp
Meton siklini isloh qildi. U oy-quyosh kalendarining yangi
variantini taklif etdi. Kalipp 4 ta Meton siklida, yaʼni 76 Quyosh
yilidan bir kun qisqartirib, yangi siklni tuzdi. Unda 76 Quyosh yili
27760 ( 6940*4 27760) kunni 27759 kun qilib olinadi.
Gipparx sikli. Eramizdan avvalgi II asrda yashagan grek olimi
Gipparx tomonidan tuzilgan. U 4 ta Kalipp siklidan, yaʼni 304
( 76*4 304) yildan bir sutkani qisqartirishni taklif qiladi.
Gipparx sikli biror-bir kalendarda qoʻllanilmagan. Kalipp
sikli faqatgina grek astronomlari tomonidan ishlatilgan. Oy-quyosh
kalendarida 8 yillik Kleostat va 19 yillik Meton sikllari keng
tarqalgan.

Download 55,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish