Yil va davrlarni aniqlash Reja



Download 55,23 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi55,23 Kb.
#952116
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yil va davrlarni aniqlash usullari Tarixiy manbalarni tadqiq etishda

Soat tushunchasi. Dastlabki soatlar. Soat – bu xalqaro birliklar tizimiga kirmaydigan vaqt oʻlchov birligi, qiymati 60 daqiqa yoki 3600 sekundga teng vaqt oraligʻi va vaqtni oʻlchash uchun ishlatilgan asbobdir. Grekcha “horo”, inglizcha “hour” soat soʻzi dastlab «vaqt oraligʻi, davr» kabi maʼnolarni bildirgan. Eramizdan avvalgi IV asrlarda grekchada soat atamasi paydo boʻlgan. Odamlar vaqtni oʻlchashga qadimdan harakat qilib kelishgan. Ular Quyosh, Oy harakatlari va boshqa tabiat hodisalarning muayyan vaqtlarda takrorlanib turishini sezganlar va ulardan vaqtni oʻlchashda foydalanganlar.
Yunon olimi Ptolemey (mil. avv. II asr) sutkani soat, daqiqa va sekundga boʻlgan. Vaqtni juda aniq oʻlchash uchun maxsus astronomik kuzatishlar oʻtkazilgan. Bu kuzatishlar samarasi oʻlaroq dastlab quyosh soati, keyinchalik suv va qum soatlari paydo boʻldi. Ksenofontning taʼkidlashicha, soat kunduzi Quyoshga, kechasi yulduzlarga hamda odam soyasining uzunligiga qarab soat aniqlangan. Eramizdan avvalgi 1800-yilda Misr kohinlari kechasi boʻladigan ibodatlarda yulduz soatlaridan foydalanishgan. Quyosh va suv soatlarining paydo boʻlishi soatni yanada aniqroq bilish imkonini berdi. Misrda eramizdan avvalgi 1600-yillarda suv soatlari, eramizdan avvalgi 1450-yillarda Quyosh soatlaridan foydalanishgan. Birinchi Quyosh soati, yaʼni skafis bobillik Beros tomonidan eramizdan avvalgi III asrda quriladi. Dastlabki grek Quyosh soatlari eramizdan avvalgi 550-yillarda Anaksimantu Miletskiy tomonidan yaratilgan. Rimda eramizdan avvalgi 293-yildan boshlab Quyosh soatlaridan foydalana boshlangan. Osiyo xalqlarida esa qadimda qum soatlari keng tarqalgan. Bu soatlar uncha uzun boʻlmagan vaqt oraligʻini hisoblashga moʻljallangan edi. Hozirda ham tibbiyotda qum soatlaridan foydalaniladi. Xitoyda olov soatlaridan foydalanishgan. Unda maxsus shamlar ishlatilgan. Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda suv soatlari – klespidralar keng tarqaldi. Mazkur soatlar, albatta aniq va qulay boʻlmasa-da, maʼlum bir qatlamdagi odamlarning ehtiyojini qondirgan. Oʻrta Osiyoda XV asrning birinchi yarmida Mirzo Ulugʻbek Samarqandda 50 metrlik Quyosh soatini bunyod etgan. Jamiyat taraqqiyoti natijasida aniq va qulay soatlarga boʻlgan ehtiyoj yuzaga keldi. Mexanik soatlar bu davrga yangilik boʻlib kirdi. 578-yillardagi Vizantiya manbalarida mexanik soatlar tilga olinadi. XI-XII asrlarga kelib Yevropada mexanik soatlar keng tarqaldi. Bunday soatlar, odatda, ratusha minoralariga oʻrnatilgan. Mexanik soatlarning kamchiligi ularning ulkanligi va aniq emasligida edi. Rossiyada bunday soatlar dastlab 1404-yilda Kremlga oʻrnatiladi. 1706-yilda Petr I buyrugʻi bilan bu soat oʻrnini Golland kuranti egallaydi1. XVI asrda mexanik soatlar oʻrnida yangi soatlar paydo boʻladi. 1640-yilda Galiley tomonidan mayatnikli soatlar loyihasi ishlab chiqiladi. Ushbu soat uning vafotidan keyin 1675-yilda Xristian Gyuygens tomonidan yasaladi. Xristian Gyuygens choʻntak soatiga balansir spiral tizimini (hozirgi soatlarning asosiy mexanizmini) kiritdi va soatning aniq yurishi ancha yaxshilandi. I.P.Kulibin XVIII asrda tovuq tuxumidek keladigan murakkab mexanizmli mexanik soat yasadi. U har soatda zang urar edi. Rossiyada birinchi zangli soat 1404-yilda Moskvada Blagoveshensk sobori yaqinida oʻrnatilgan. Uni vizantiyalik Monax Lazar Serbin yasagan. XIX asrga kelib qoʻl soatlari paydo boʻldi. Bunday soatlar choʻntak soatidan farq qilmas edi. Ularda qoʻshimcha qismlar, kalendar, sekundamer, oʻz-oʻzidan burash mexanizmi ham bor edi. Dastlabki elektr soat Rossiyada 1840-yilda yaratildi. XX asrda elektr-mexanik, elektron-kvars, molekulyar, atom soatlari yaratildi. Toshkentda 1947-yilda qurilgan Toshkent kuranti minorasiga toʻrt siferblatli zangli elektr soat oʻrnatilgan. Energiya manbaiga koʻra, soatlar atom, kvars, mexanik, molekulyar va elektr, tebranish tizimi boʻyicha mayatnikli, balansirli va kamertonli xillarga boʻlinadi. Vaqtning eng kichik birligi qilib, sutkaning qismiga teng vaqt – sekund qabul qilingan. Fan va texnikada sekundning mingdan, milliondan bir ulushi bilan ham ish koʻriladi. 86400 1
Elektronikaning rivojlanishi bilan XX asrning oʻrtalarida astronomik kuzatuvlarga bogʻliq boʻlmagan vaqtni yangicha oʻlchash tizimi paydo boʻldi. Bu tizim kvant generatorlar (atom soatlari) bilan nazorat qilib turiladigan aniq kvars soatlardan foydalanishga asoslanadi. Vaqtni oʻlchashning mazkur tizimi atom vaqti nomini oldi. Etalon birlik sifatida atom sekunddan foydalaniladi. Vaqt xizmati atom soatlari yordamida aniq vaqt radiosignallarini berib turadi. Vaqtni oʻlchashning barcha tizimlari muntazam ravishda bir-biriga taqqoslab turiladi. Bunday taqqoslashlar natijalari Parijda joylashgan Xalqaro Vaqt byurosi “Axborotlari”da eʼlon qilib boriladi. Oʻzbekiston FA Astronomiya instituti ham vaqt xizmati bilan shugʻullaniladi.

Download 55,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish