Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti
Neft va gaz fakulteti “Neft va gaz ishi” kafedrasi 70721803-“Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash” mutaxassisligi I-kurs magistratura talabasi Halimov Shohrux Komiljon o‘g‘lining ilmiy pedagogik ishi darsiga qatnashuvchilarning tahlil
BAYONNOMASI
___.__.2022 yil Qarshi shahri
Qatnashdilar: QarMII “Neft va gaz ishi” kafedrasi NGI 126-20 guruh talabalari va kafedra katta o’qituvchisi I.Q.Haydarov
I lmiy pedagogik ishida amaliy darsi 2022-yil 11-may soat 1000 da dars jadvali asosida 2-306-auditoriyada “Neft va gaz ishi” yo‘nalishining NGI-126-20-gurux talabalari uchun “Neft va gaz quduqlarni burg’ilash” fanidan “Qiya yo‘naltirilgan quduqlarni burg‘ilash” mavzusida o‘tkazildi.
Dars belgilangan vaqtda boshlandi. Dars mashg‘uloti talabalarga ta’lim, tarbiyaning bir-biriga bog‘liqligi kiyinish odobi ustoz allomalarning hikmatli so‘zlarini ta’kidlash bilan boshlandi. Dars mashg‘uloti boshlanishida o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘zlashtirilganlik darajasi aniqlandi, o‘tilgan mavzuga tegishli tushuncha va iboralar hamda uyga berilgan vazifaning natijalari talabalarning ishtirokida munozara qilish orqali tekshirildi. Auditoriyaga tezkor savollar bilan murojaat qilinib, aniq javoblar olindi. Amaliy mashg‘ulotining kirish qismida o‘tilgan mavzu eslatib o‘tildi va talabalarga yangi mavzuning dolzarbligi hamda uni o‘rganishning ilmiy-amaliy ahamiyati qisqacha bayon qilindi.
Amaliy mashg‘ulotning asosiy qismida qiya yo‘naltirilgan quduqlarni burg‘ilash texnologiyasi haqida umumiy, nazariy tushunchalar bayon etildi.
Darsda yangi pedagogik texnologiyalardan “Aqliy xujum”, “Blits so‘rov”, “Klaster” usullaridan foydalanildi. Dars mobaynida slaydlardan foydalanilib, batafsil ma’lumot berildi. Talabalarga keyingi darsga bog‘liq bo‘lgan uyga vazifalar berildi. Amaliy mashg‘ulot yakunida talabalar bilimini baholash amalga oshirildi. Amaliy mashg‘ulot to‘liq ko’rgazmali jihozlardan foydalanilgan holda o‘tildi. Amaliy mashg‘ulotni mavzusiga oid tayyorlagan ko‘rgazmali taqdimot slaydlarini ekranlashtirishda kompyuter, ekran va proyektordan foydalanilgan holda o‘tdi. Amaliy mashg‘ulot dars davomida talabalar bilan samimiy va ochiq muomalada bo‘ldim.
Mavzuni yoritishda va talabalar bilimini nazorat qilishda “Aqliy xujum”, “Blits so‘rov”, “Klaster” usullardan foydalanib, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llaganligini bildirdilar. Amaliy mashg‘uloti materiallarini tayyorlash va dars jarayonida quyidagi kamchiliklar kuzatildi: taqdimot materiallarining ba’zi slaydlarida asosiy mavzudan ba’zi bir chetlashishlar bo‘ldi, talabalarni baholashda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi.
Ammo bu kamchiliklar darsning sifati va mazmuniga, amaliy mashg‘ulotining o‘tilish metodikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Umumiy xulosalanganda amaliy mashg‘uloti mazmuni to‘liqligicha yoritib berildi.
Qaror qilindi:
1. 70721803-“Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash” mutaxassisligi I-kurs magistratura talabasi Halimov Shohrux Komoljon o’g’lining “Qiya yo‘naltirilgan quduqlarni burg‘ilash” mavzusida ilmiy pedagogik ishi darsi qoniqarli deb hisoblansin.
“Neft va gaz ishi” kafedra mudiri: dots. L.X.Sattorov
Kotib: D.D.Ataqulova
Do'stlaringiz bilan baham: |