Yil O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi samarqand qishloq xo’jaligi instituti



Download 21,3 Mb.
bet66/94
Sana13.06.2022
Hajmi21,3 Mb.
#660692
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94
Bog'liq
Fizika usl.ko\'rs

Sinov savollari.

  1. Yarim o’tkazgichlar elektr o’tkazuvchanligini zonalar nazariyasi yordamida tushuntiring.

  2. Yarim o’tkazgichlar o’tkazuvchanligi nimalarga bog’liq?

  3. Yarim o’tkazgichlar elektr o’tkazuvchanligi aktivasiya energiyasi nima?

  4. Yarim o’tkazgichli asboblar nima vazifasida ishlatilishi mumkin?

  5. Yarim o’tkazgichli asboblarning qishloq xo’jaligida ishlatilishiga misollar keltiring.



Laboratoriya ishi №23
INDUKTIV G’ALTAK O’ZINDUKSIYA KOEFFISIYENTI VA KONDENSATOR SIG’IMINI ANIQLASH


Mashg’ulotning maqsadi: o`zgaruvchan tok zanjirini yig`ish va unda bo`ladigan hodisalar bilan tanishish, g`altak induktivligi va kondensator sig`imini aniqlash.
Ish rejasi:
1. Ishni bajarish qurilmasini yig`ish
2. O`zgaruvchan tok zanjiri bilan tanishish.
3. g`altak induktivligi va kondensator sig`imini aniqlash .


Kerakli asbob va materiallar: Induktiv g’altak, ferromagnit sterjen, surgichli reostat, o’zgaruvchan tok ampermetri va voltmetri, chastotasi 50 Gs bo’lgan o’zgaruvchan tok manbai, kondensator.
Ishning qisqacha nazariyasi
Kontur yuzini kesib o’tuvchi magnit oqimining har qanday o’zgarishi elektromagnit induksiya xodisasini vujudga keltiradi. Konturni o’rab turuvchi S yuzani perpendikulyar holda kesib o’tuvchi Ф magnit oqimi B magnit induksiyasining S yuzaga ko’paytmasiga tengdir.
ya’ni
(1)
Uzunligi l va n ta o’ramlar soniga ega bo’lgan solenoidning (g’altakning) magnit oqimini aniqlaymiz. n-ta o’ramlar soni bo’lgan holda magnit oqimi
(2)
Solenoid magnit maydoni induksiyasi
B=µµ0n (3)
Demak, I tok kuchi oqayotgan solenoid magnit oqimi quyidagicha aniqlanadi:
(4)
Berllgan solenoid uchun qavs ichidagi ifoda o’zgarmas bo’lgani uchun u L harfi bilan belgilanadi va solenoid induktivligi deyшladi.
 (5)
(5) ifodani e’tiborga olgan holda (4) ni quyadagicha, yozish mumkin:
(6)
Bu ifoda nafaqat solenoid uchun balkim ixtiyoriy yopiq kontur uchun o’rinlidir. (6) ifodadan ko’rinadiki, agarda konturdagi tok kuchi (I) o’zgarmasa, u holda tok hosil qilayotgan magnit oqimi (Ф) o’zgarmas bo’ladi. Agarda konturdagi tok kuchi o’zgarsa, u holda mos ravishda konturni kesib o’tuvchi magnit oqimi ham o’zgaradi. Magnit oqimining o’zgarishi konturda induksion elektr maydonining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu induksion maydon konturdagi erkin elektronga ta’sir qiladi va Lens qoidasiga binoan undagi tokning o’zgarishiga to’sqinlik qiladi. Agarda tok kuchi oshib borsa, u holda induksion elektr maydoni uning oshib borishini sekinlashtiradi. Tok kuchinning kamayib borishida esa u tokni saqlab turishga harakat qiladi.
Konturdagi xususiy magnit oqimining o’zgarishi natajasida induksion elektr maydonining hosil bo’lish xodisasiga o’zinduksiya xodisasi deyiladi.
Solenoidlarda o’zinduksiya xodisasi to’g’ri o’tkazgichlardagiga qaraganda ancha jadal bo’ladi. Solenoidga ferromagnit o’zak kiritish esa o’zinduksiya hodisasini yanada kuchaytiradi.
O’zinduksiya xodisasi tufayli zanjir ulangan paytda tok kuchi o’zining maksimal qiymatiga birdaniga emas, balki biror vaqt davomidagina erishadi. Zanjir uzilgan paytda esa tok birdaniga magnit minimum qiymatga tushmasdan, ma’lum vaqt davomidagina tushadi. Zanjirni uzish paytida induksiyasi asosiy tok yo’nalishi bilan mos keluvchi oniy tok hosil bo’ladi va u rubilnikda yoki simlar orasida uchqun kabi namoyon bo’ladi.
Konturda tok kuchining o’zgarishi tufayli unda o’zinduksiya EYuK hosil bo’ladi. Faraz qilaylik g’altakdagi tokning qiymati I1 dan I2 gacha o’zgarsin, u holda magnit oqimi Ф1 dan Ф2 gacha o’zgaradi. G’altak o’ramlarini kesib o’tuvchi magnit oqimining o’zgarishi quyidagiga teng bo’ladi.
Ф=Ф21 (7)
(6)ga asosan (7) ni quyidagicha yozish mumkin.
Ф=LI2-LI1=L(I2-I1)=LΔI (8)
(8)dagi qiymatni elektromagnit induksiya qonuniga qo’yib quyidagini olamiz:
(9)
O’zinduksiya EYuK tok kuchining birlik vaqt ichida o’zgarish tezligiga to’g’ri proporsionaldir. Proporsionallik koeffisiyenti L ga o’zinduksiya koeffitsiyenti deyiladi.
Elektromagnit o’zagi bo’lgan g’altakdan iboratdir. Uni tayyorlashda g’altak induktivligini e’tiborga olish zarur. Induktivlikni etiborga olgan holda tayorlangan elektromagnitlar qishloq xo’jaligida ham ishlatiladi. elektromagnitlar tozalagich mashinalarga o’rnatiladi. Ular yordamida xashak, silos va boshqa ozuqalarga tushib qolgan gayka, bolt, shayba, mix, simlar va boshqa begona temir va pulat buyumlardan tozalanadi. Agarda xas-xashak, silos bilan birga temir yoki pulat buyumlar aralashib qolsa mashina buzilib qolishi mumkin. Buning oldini olish uchun kuchli elektromagnit qo’yiladi va u mashinaga begona temir buyumlarining tushishidan saqlaydi. Shunga o’xshash mashinalar (EMS-IA) urug’larni tozatashda ham ishlatiladi.
Nasos qurilmalarini avtomatik yoqish va o’chirish uchun elektromagnit relelar qo’llaniladi.
C horvachilikda xayvonlar oshqozoniga tasodifan tushib qolgan temir buyumlarni chiqarib olish uchun magnit zondlar qo’llaniladi. Induktiv g’altakning o’zgaruvchan tokka qarashligi o’zgaruvchan tokka nisbatan qarshiligidan kattadir, shu sababli uni ketma-ket ulan­gan sof aktiv (R0) va induktiv(RL) qarshiliklar kabi tasvirlash mumkin.
RL R0

Ketma-ket ulangan aktiv va induktiv qarshilikdan tuzilgai zanjir uchun Om qonuni quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi:


 (10)
kattalikka to’la qarshilik deyiladi. Oxirgi formuladan sof induktiv qarshilik quyidagiga teng bo’ladi.
(11)
Shunday qilib, induktiv qarshilik induksiya koeffitsiyenti va o’zgaruvchan tokning aylanma chastotasiga to’g’ri proporsionaldir. O’zgaruvchan tok chastotasi bo’lgani uchun bo’ladi.
Amalda o’zgaruvchan tok ampermetrlari va voltmetrlari maksimal (amplituda) qiymatlarini emas balki effektiv qiymatlarini o’lchaydi. Effektiv kattaliklar maksimal kattaliklar bilan quyidagicha bog’langandir:
, (12)
 ifodani o’zinduksiya koeffisiyentini topish uchun uni kvadratga ko’taramiz  va undan
yoki (13)
ifodani olamiz
(13) ifoda shu ish uchun ishchi formula hisoblanadi. Unda
(14)
Agar aktiv qarshiligi R0 bo’lgan o’tkazgichning uchlarga xar bir t paytdagi kattaligi
(15)
Tenglamadan topiladigan o’zgaruvchan elektr yurituvchi kuch berilayotgan bo’lsa (bunda E0-EYuKning amplitudasi, -doiraviy chastota) o’tkazgichda Om qonuni bilan aniqlanuvchi elektr toki vujudga keladi:
bunda (16)
Agarda o’zgaruvchan tok zanjiriga R0 qarshilikdan tashqari C sig’im xam ulansa, u holda zanjirdagi tok kuchi quyidagiga teng bo’ladi:
(17)
bunda.

Bu holda zanjirning to’la qarshiligi
 (18)
Teng bo’ladi , bunda  =RC sig’im qarshilik deyiladi. (18) formuladan sig’im uchun quyidagi formulani hosil
kilamiz.
(19)
EE kuchlanish bevosita kondensator qoplamalarida o’lchanayotgan bo’lsa R0=0 bo’ladi va (20)



Download 21,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish