Sinov savollari
To’lqin deb nimaga aytiladi? To’lqin tenglamasini yozing.
To’qinning tarqalish tezligi va to’lqin uzunligi orasidagi bog’lanish qanday?
Turg’un to’lqin nima? Turg’un to’lqin hosil bo’lish jarayoni va tenglamasini tushuntiring. Erkin va majburiy tebranishlar nima?
Shovqin nima? Uning tirik organizm uchun qanday ahamiyati bor?
Tovush qishloq xo’jaligining qaysi sohalarida ishlatiladi?
Laboratoriya ishi №11
SUYUQLIK YOPISHQOQLIK KOEFFITSIYENTINING TEMPERATURAGA BOG’LIQLIGINI VISKOZIMETR
YORDAMIDA ANIQLASH
Mashg’ulotning maqsadi: Suyuqliklar yopishqoqlik koeffitsiyentining temperaturaga bog’liqligini viskozimetr yordamida tajribada aniqlash.
Ish rejasi:
1.Yopishqoqlik koeffitsiyentini aniqlash usullari bilan tanishish.
2.Viskozimetr tuzilishi bilan tanishish.
3.Viskozimetr yordamida yopishqoqlik koeffisentini aniqlash.
Kerakli asbob va materiallar: Viskozimetr ВПЖ-2, nasos, termometr, sekundomer, elektroplitka, suvli stakan.
Ishning qisqacha nazariyasi
Suyuqlik yoki gazning nay orqali oqib o’tishi uchun ma’lum bosimlar farqi bo’lishi zarur. Suyuqlik hajmi , nay uzunligi , nay uchlaridagi bosimlar farqi ∆P va suyuqlikning oqib o’tish vaqti orasidagi bog’lanish Pauzeyl formulasi bilan ifodalanadi
(1)
bunda nay radiusi, suyuqlikning yopishqoqlik koeffitsiyenti. (1) formula yordamida yopishqoqlikni aniqlash uchun oqim laminar bo’lishi kerak, ya’ni suyuqlik qatlamlari bir-biri bilan aralashmasin. Turbulent oqim uchun Puazeyl formulasi o’rinli emas. Odatdagi hollarda oqim laminar bo’lishi uchun nay diametri kichik bo’lishi zarur. Yopishqoq suyuqlikni to’la xarakterlaydigan kattalik kinematik yopishqoqlikdir.
bunda suyuqlik zichligi.
Qurulmaning tavsifi. Yopishqoqlikni aniqlaydigan qurilmalarga viskozimetrlar deyiladi. Pauzeyl formulasidagi kattaliklarni aniqlash qiyin, shuning uchun taqqoslash usulidan foydalaniladi. Kopellyar naycha ichiga oldin suv, so`ng yopishqoqligi aniqlanuvchi suyuqlik solinadi. So’ng nasos yordamida suyuqlik ustuni m1 belgidan ozgina yuqoriga ko’tariladi va 1-jo’mrak yopiladi. Bu vaqtda 2-jo`mrak yopiq bo’ladi. Keyin 2-jo’mrak ochilib suyuqlik sathi m1 nuqtadan o’tayotganda sekundomer yurgiziladi. Suyuqlikning yuqorigi sathi m2 nuqtaga yetganida sekundomer to’xtatiladi. Shu yo’l bilan suvning m1 va m2 nuqtalar orasini o`tish uchun ketgan vaqt aniqlanadi. Xuddi shu yo’l bilan noma’lum suyuqlikning oqib o’tish vaqti aniqlanadi.
Noma’lum suyuqlik hajmi suv hajmiga tengdir. Suyuqlik kopellyarda gidrostatik bosim ta’sirida harakatlanadi. Kapellyardan oqib o’tuvchi teng hajmlar uchun quyidagilarni yozish mumkin:
Bulardan
yoki (2)
Ikkinchidan , larni (2) formulaga qo’ysak, u holda yoki bundan (3) ni hosil qilamiz.
Bunda tekshirilayotgan moddaning kinematik yopishqoqligi, - Suvning kinematik yopishqoqligi, - suvning oqib o’tish vaqti, - noma’lum suyuqlikning oqib o’tish vaqti.
Asbob doimiysini (4) deb belgilb olsak, u holda (3) formula quyidagi ko’rinishga keladi:
(5)
yoki kinematik yopishqoqlik uchun quyidagini hosi qilamiz
(6)
bunda erkin tushush tezlanishi, viskozimetr doimiysi bo’lib mm2/s larda ifodalanadi. Qurilmaning umumiy ko’rinishi 1-rasmda ko’rsatilgan.
1 – jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |